31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur»


kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari


Download 76.9 Kb.
bet25/29
Sana08.03.2023
Hajmi76.9 Kb.
#1251284
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma

55. kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini izchil amalga oshirish doirasida aholi keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, xalqimiz tarixidan chuqur o‘rin egallagan mustaqil ish olib boradigan, barqaror fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish hamda rivojlantirish uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy va moddiy sharoitlar yaratilgan.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori E.Solihov o‘z ma’ruzasida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida mazkur institutda ushbu ijobiy demokratik jarayonni chuqur o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. Monitoring tadqiqotlari natijalari mamlakatimizni demokratik modernizatsiya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyati muttasil oshayotgani, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning fuqarolik ongi hamda siyosiy-huquqiy madaniyatining barqaror o‘sayotganidan dalolat beradi. Bu esa kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim shartidir.
Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va jamg‘armalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Ular O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining institutsional tuzilmasini tashkil etadi va fuqarolarning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni bajarishda faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi, fuqarolik institutlarining huquq hamda qonuniy manfaatlariga rioya qilish kafolatlari, ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishga oid tamoyillar mustahkamlab qo‘yilgan. Bu borada qabul qilingan jami ikki yuzdan ortiq qonun hujjatlari mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini izchil rivojlantirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Download 76.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling