31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur»


Biz “Adolat – qonun ustuvorligida


Download 76.9 Kb.
bet27/29
Sana08.03.2023
Hajmi76.9 Kb.
#1251284
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma

58. Biz “Adolat – qonun ustuvorligida” degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz.

Bu borada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun avvalo mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi va mas’uliyatini oshirish, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini ko‘rishimiz darkor.

Huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun biz fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yamiz.

Ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zlari tomonidan qonunni buzish bilan bog‘liq har qanday holatga prinsipial baho beriladi va qat’iy chora ko‘riladi. Bunga hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak.

Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir. Bunday xatarga qarshi kurashish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni tezroq amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rishimiz lozim.

Bularning barchasi o‘z navbatida inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga, xalqimizning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda.

Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvlarida men bir narsaga amin bo‘ldim. Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qo‘ydik. Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi o‘ringa tushib qoldi.
Hozirgi vaqtda odamlar davlat idoralaridan nimani istayapti? Bu haqda gapirganda, e’tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman.

Xabaringiz bor, shu yil 25-sentabrda Bosh vazirning internet tarmog‘ida elektron qabulxonasi tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda ushbu qabulxonaga fuqarolarimizdan 218 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning qariyb 59 foizi yechimini topgan bo‘lsa, 41 foizi ko‘rib chiqilmokda.

Download 76.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling