Fuqarolik jamiyati

Download 239 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2020
Hajmi239 Kb.
#166130
  1   2   3
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati 1-ON savollari

FUQAROLIK JAMIYATI” FANIDAN

1-ORALIQ NAZORAT UCHUN TEST TOPSHIRIQLARI
(Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun)
1. … – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi.

Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘ying.

A. Qonun ustuvorligi

B. Fuqarolik jamiyati

C. Milliy g‘oya

D. Demokratik jamiyat

2. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyatining asoslaridan biri emas?

A. iqtisodiy

B. ijtimoiy-siyosiy

C. huquqiy

D. ma’rifiy

3. Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini belgilang.

A. inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi; yuridik tenglikning ta’minlanishi hamda ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi; “Adolat - qonun ustuvorligida” tamoyilining amal qilishi

B. mustaqil davlatlarning tashkil topishi; iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi; insonlarning o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi; hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlanishi; davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi

C. shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi; ko‘p ukladlilik; erkin bozor munosabatlari; jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi; xususiy mulkning daxlsizligi

D. insonlar o‘z qadr-qimmati, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan, zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari; vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish; yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi

4. Fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini belgilang.

5. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy asoslarini belgilang.

6. Fuqarolik jamiyatining ma’naviy asoslarini belgilang.

7. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari emas?

A. inson uchun ahamiyatli bo‘lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi

B. yuridik tenglikning ta’minlanishi hamda ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun yo‘li bilan tan olinishi

C. hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlanishi

D. “Adolat - qonun ustuvorligida” tamoyilining amal qilishi

8. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy asoslari emas?

A. mustaqil davlatlarning tashkil topishi

B. insonlarning o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi

C. erkin bozor munosabatlari

D. siyosiy plyuralizm

9. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari emas?

A. davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi

B. xususiy mulkning daxlsizligi

C. jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi

D davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi

10. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyatining ma’naviy asoslari emas?

A. vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish

B. insonlar o‘z qadr-qimmati, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan, zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari

C. iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi

D. yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi

11. Fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari, fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi fuqarolik jamiyatining … asoslaridan biridir.

Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zni qo‘ying.

A. iqtisodiy

B. ijtimoiy-siyosiy

C. huquqiy

D. ma’naviy

12. so‘z erkinligi, shu jumladan, tanqid qilish erkinligi, oshkoralik, har xil axborotlar olish erkinligi, erkin kirish va chiqish huquqi, boshqa mamlakatlar bilan keng miqyosda, doimiy asosda axborot, ta’lim texnologiyalari almashinuvi, chet davlatlar va jamoat tashkilotlari bilan madaniy va ilmiy hamkorlik, xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiq xalqaro xorijiy birlashmalar faoliyatiga ko‘maklashish ta’minlanadi. Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zni qo‘ying.

A. Demokratik davlatda

B. Fuqarolik jamiyatida

C. Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda

D. Inson huquqlari ustuvor bo‘lgan jamiyatda

13. o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi va o‘zini o‘zi boshqaruvchi tizim. Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zni qo‘ying.

A. Qonun ustuvorligi

B. Fuqarolik jamiyati

C. Milliy g‘oya

D. Demokratik jamiyat

14. Fuqarolik jamiyatini shakllantiruvchi omillarni belgilang.

A. fuqarolik jamiyati institutlari, tashkilotlar, guruhlar

B. ozini-ozi boshqarish organlari

C. siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar

D. davlat hokimiyati va uning organlari

15. Haqiqiy fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi va qaror topishining bosh omili quyidagilardan qaysi biri?

A. fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishlashi

B. iqtisodiy va siyosiy hokimiyatni ajratish

C. inson huquqlarini ta’minlab berish

D. hokimiyatning uch tarmoqqa bo‘linishi

16. Insoniyat taraqqiyotining Aristotel, Platon, Sitseron va boshqa mutafakkirlar yashagan tarixiy bosqichida fuqarolik jamiyati deganda nima tushunilgan?

A. davlat tushunilgan

B. jamiyat tushunilgan

C. insonlar bir-birini qo‘llaydigan jamiyat tushunilgan

D. inson shaxsining ozodligi tushunilgan

17. Fuqarolik jamiyatining ba’zi bir unsurlari antik dunyoning qaysi mamlakatlarida mavjud bo‘lgan?

A. Misr va Bobil

B. Qadimgi Turon

C. Hindiston va Xitoy

D. Yunoniston va Rim

18. XVII asr o‘rtalaridan boshlab davlat va jamiyat hayotida qanday o‘zgarishlar yuz bera boshladi?

A. jamiyatning turli jabhalarini tabaqalashishi, ularni davlat hokimiyati boshqaruvidan chiqarish, uzviy huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan erkin va mustaqil individni kamol toptirish jarayoni boshlandi

B. davlatda hokimiyatning uchga bo‘linishi, siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlari (kasaba uyushmalari, ommaviy axborot vositalari va h.k.) paydo bo‘lishi

C. jamiyat boshqaruvi dunyosiga yangi ishtirokchi institutlar kirib kela boshladi, ular siyosiy qarorlar qabul qilish, fuqarolik jamiyati strategiyasini ishlab chiqish, shaxs faoliyatining umumiy maqsad va mazmunini shakllantirish jarayoniga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsata boshladi

D. barcha javoblar to‘g‘ri

19. Fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishi jarayonida …

Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zni qo‘ying.

A. hozirgi davr huquqi va davlati vujudga keldi

B. davlatda hokimiyatning uchga bo‘linishi, siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlari (kasaba uyushmalari, ommaviy axborot vositalari va h.k.) paydo bo‘ldi

C. eng rivojlangan mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlik, tadbirkorlik erkinligi va shaxsiy tashabbusga asoslangan dastlabki kapitalizm paydo bo‘ldi

D. zamonaviy jamiyatlar gurkirab rivojlandi

20. Fuqarolik jamiyati tushunchasi qaysi davrdan boshlab o‘rganila boshlandi?

A. XIX asrga kelib

B. XV-XVI asrlardan boshlab

C. XVIII-XIX asrlarga kelib

D. XX asrdan boshlab

21. “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur yetkazadi” jumlasi qaysi mahbada keltirilgan?

A. Avestoda

B. Qadimgi hind manbalarida

C. Qadimri yunon manbalarida

D. Qur’onda

22. “O Spitama, ahdingni buzma...” g‘oyasi qaysi mahbada keltirilgan?

A. Rim huquqida

B. Qadimgi hind manbalarida

C. Avestoda

D. Qadmgi yunon manbalarida

23. Qaysi manbaning “Yashtlar”, “Vispirat”, “Vididod” qismlarida oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh ekanligi o‘z ifodasini topgan?

A. Vedalarning

B. Avestoning

C. Qadmgi yunon manbalarining

D. Rm huquqining

24. Avestodagi fuqarolik jamiyatini qurishning birlamchi omili bu…

A. oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kechish katta gunoh ekanligi

B. qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi

C. odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh ekanligi

D. erkak va ayolning teng huquqliligi, oilaning barqarorligini ta’minlash g‘oyasi

25. Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining Yevropacha an’anasi dastlab kimlarning qarashlarida aks etgan?

A. Platon, Sitseron

B. N.Makiavelli, T.Gobbs

C. Kant, Gegel, Lokk

D. Platon, Aristotel, Sitseron

26. Qaysi manbada fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan?

A. Avestoda

B. Platonning “Davlat” dialogida

C. Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlarida

D. Aristotelning asarlarida

27. Qaysi muttafakkirni ko‘proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi?

A. Aristotelni

B. Sitseronni

C. Platonni

D. Demokritni

28. Qaysi mutafakkirlar eng mukammal jamiyat g‘oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratganlar

A. Platon, Sitseron

B. N.Makiavelli, T.Gobbs

C. Kant, Gegel

D. Platon, Aristotel

29. Platondan farqli o‘laroq, Aristotel nimani e’tirof etadi?

A. mutlaq monarxiyani

B. erkaklar va ayollarning teng huquqligini

C. xususiy mulkni

D. barcha kishilarning teng huquqli ekangini

30. Aristotelning fikricha nima inson tabiatiga xos bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zagini tashkil etadi?

A. jamiyat hayotining siyosiy jihatlari

B. huquq

C. xususiy mulk

D. barcha kishilarning teng huquqli ekangini

31. Qadimgi davr mutafakkirlardan qaysi biri mulk huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv shakli xavfsizligi, qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi, lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish, sud organlari ishidagi rolini atroflicha o‘rgangan?

A. Platon

B. Aristotel

C. Sitseron

D. Demokrit

32. Aristotel nimani adolat mezoni deb hisoblagan va unga ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza qiluvchi institut sifatida yondashgan?

A. xususiy mulkni

B. huquqni

C. fuqarolik jamiyatini

D. axloqni

33. Kimning fikriga ko‘ra, siyosiy boshqaruv – bu odamlarning emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg‘ular va hissiyotga beriluvchan bo‘ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir?

A. Platonning

B. Aristotelning

C. Sitseronning

D. Demokritning

34. Qaysi qadimgi davr mutafakkiri jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi?

A. Platon

B. Aristotel

C. Sitseron

D. Demokrit

35. “Davlat umumiy manfaatlar bilan o‘zaro bog‘langan odamlar majmui sifatida xalqning umumiy mulki hisoblanadi va odamlar birgalikda yashashga tabiiy ehtiyoj sezadi” jumlalarining muallaifi kim?

A. Sitseron

B. Geraklit

C. Platon

D. Aristotel

36. Sitseronning fikricha …

A. davlatning vazifasi mulkni muhofaza qilishdan iborat, davlat ayni shu maqsadda tashkil etiladi

B. siyosiy boshqaruv – bu odamlarning emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg‘ular va hissiyotga beriluvchan bo‘ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir

C. odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh

D. huquq adolat mezoni bo’lib u ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza qiluvchi institut

37. Qaysi antik mutafakkirning fikriga ko‘ra uch boshqaruv shakli (monarxiya, aristokratiya va demokratiya) unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan aralash davlat eng ideal davlatdir?

A. Aristotelning

B. Platonning

C. Geraklitning

D. Sitseronning

38. Abu Nasr al-Forobiyning qaysi asarlarida sharqona siyosiy-huquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat, davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan?

A. “Davlat”, “Qonunlar”

B. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”

C. “Siyosatnoma”, “Qutadg‘u bilig”

D. “Fozil odamlar shahri”, “Davlat arbobining aforizmlari”

39. “Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar” jumlasi kimning qaysi asaridan olingan?

A. Abu Nasr al-Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridan

B. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan

C. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridan

D. Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asaridan

40. Abu Nasr Forobiy fikricha adolatli jamiyat qurish uchun nima qilish lozim?

A. ma’naviy axloqiy qadriyatlarning yuksak qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda adolat va barqarorlikni ham ta’minlaydi

B. uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, odamlarga yovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim

C. amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslik, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish kerak

D. davlatni boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy - axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirish lozim

41. Abu Nasr Forobiyning fikricha adolatli davlatning hukmdori qanday talablarga javob berishi kerak?

A. ma’rifatli bo’lishi, ma’naviyat, adolat yetakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim

B. bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish uquvi bilan ham siylaydi

C. davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijroni ta’minlash

D. rahbar uchun barcha ishlarda adolatga amal qilishi kerak, u sotilmaydigan va fazilat egasi bo‘lgan odamni vazirlikka tayinlashi lozim

42. Abu Rayhon Beruniyning qaysi asarlarida adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g‘oyalar ilgari surilgan?

A. “Mahbub ul qulub”, “Payg‘ambarlar va donolar tarixi”

B. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”

C. “Fozil odamlar shahri”, “Davlat arbobining aforizmlari”

D. “Siyosatnoma”, “Qutadg‘u bilig”

43. Qaysi mutafakkirning fikricha jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi?

A. Alisher Navoiyning

B. Amir Temurning

C. Nizomulmulkning

D. Abu Rayhon Beruniyning

44. “Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim. Davlat rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va kuchsizlar o‘rtasidagi siyosiy va huquqiy adolat mezonlarini o‘rnatishdadir. Bunga ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi” jumlalarining muallifini aniqlang?

A. Alisher Navoiy

B. Abu Nasr Forobiy

C. Abu Rayhon Beruniy

D. Nizomulmulk

45. “Iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ko‘ra tengliksizlik – inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi” deb ta’kidlagan mutafakkirni aniqlang.

A. Yuaf Xos Hojib

B. Abu Nasr Forobiy

C. Abu Ali ibn Sino

D. Nizomulmulk

46. Abu Ali ibn Sinoning fikricha …

A. amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslik, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish lozim

B. tajriba, menga shuni ko‘rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o‘zining buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin bo‘lgan na tomi, na eshigi, na panjaralari bor uyga o‘xshatish mumkin

C. ma’naviy axloqiy qadriyatlarning yuksak qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda adolat va barqarorlikni ham ta’minlaydi

D. shohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar

47. Yusuf Xos Hojib o‘zining qaysi asarida davlatni boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy - axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishga e’tibor qaratgan?

A. “Payg‘ambarlar va donolar tarixi”

B. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”

C. “Siyosatnoma”

D. “Qutadg‘u bilig”

48. «Shohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish uquvi bilan ham siylaydi» deb ta’kidlagan mutafakkirni aniqlang.

A. Yusuf Xos Hojib

B. Abu Nasr Forobiy

C. Abu Ali ibn Sino

D. Nizomulmulk

49. Amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan mash’hur o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobini aniqlang.

A. Yusuf Xos Hojib

B. Nizomulmulk

C. Alisher Navoiy

D. Amir Temur

50. «Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak» deb ta’kidlangan asarni aniqlang.

A. “Payg‘ambarlar va donolar tarixi”

B. “Siyosatnoma”

C. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”

D. “Qutadg‘u bilig”

51. Ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivoji va huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy sharti – qonun ustuvorligi tamoyilini amaliyotda qo‘llash tajribasini davlat arbobi … ning boy ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy merosi asosida ko‘rish mumkin.

Nuqtalar o’rniga tegishli so’zni qo’ying.

A. Amir Temur

B. Nizomulmulk

C. Alisher Navoiy

D. Yuaf Xos Hojib

52. Temur tuzuklarida qaysi masalalar aks etgan?

A. davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi

B. tabaqalarning toifalanishi, harbiy qo‘shinlarning tashkil etilishi, jang olib borish mahoratlari

C. davlat xizmatchilari rag‘batini tashkil etish omillari, adolatli soliq turlarining joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish tadbirlari

D. barcha javoblar to’g’ri

53. “Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlarni mamlakatiimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o‘zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda hadlaridan oshishlariga yo‘l qo‘ymadim. Ulug‘larini va sharaf-e’tiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim” deb ta’kidlangan asarni aniqlang.

A. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari

B. Abu Nasr al-Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari

C. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari

D. Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari

54. “Tajriba, menga shuni ko‘rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o‘zining buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin bo‘lgan na tomi, na eshigi, na panjaralari bor uyga o‘xshatish mumkin. Shuning uchun men o‘z saltanatimni islom arkonlari va boshqaruvda o‘zim qat’iy amal qiluvchi qonunlar asosida qurdim”

A. Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari

Download 239 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling