Ining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo
Download 18.45 Kb.
|
Документ-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqa rol ik jamiyat i g ‘ oyalari evolyusiyasi
- ob ’ ekti
- predmeti
Savollarga javob Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat: iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi. ijtimoiy-siѐsiy asos – mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siѐsiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siѐsiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Fuqarolik jamiyati g‘oyalari evolyusiyasi Insoniyat taraqqiѐtining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliѐtga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatlari mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona ѐndashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiѐtning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan.Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘rat umumbashariydir. Dunѐ xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazar uning rivojiga hissalarini qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlarni bir ѐqlama bo‘rttirish ѐki kamsitish noto‘g‘ri ѐndoshuvdir. Fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi Markaziy Osiѐ mutafakkirlari ijodida o‘rganilganligi I.A.Karimovning 2014 yilda Samarqandda o‘tkazilgan O‘rta asr SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosi zamonaviy sivilizatsiyada o‘rni va ahamiyati mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqidaOlim va tadqiqotchilar fikricha, SHarq xususan Markaziy Osiѐ, IX-XII va XIV-XV asrlarda bo‘lganilmiy hamjamiyat tomonidan Buyuk SHarq uyg‘onishi deya nom olgan yirik ilmiy madaniy uyg‘onish uchun asos sifatida xizmat qildi deb alohida ta’kidlagan. Darhaqiqat, Markaziy Osiѐ uyg‘onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar ijodida keng tahlil qilingan. Xususan, Abu Nasr al-Farobiy (870–950) ning Fozil odamlar shahri, Davlat arbobining aforizmlari asarlarida sharqona siѐsiy-huquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siѐsat, davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan. Abu Nasr Farobiy fikricha adolatli jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, odamlargaѐvuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. U davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolatetakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar ѐki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. SHuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar, deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi Abu Rayhon Beruniy Qadimgi xalqlardan qolgan ѐdgorliklar, Hindiston asarlarida adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha,jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiѐji va intilishlari sabab bo‘ladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim.. Davlat rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va kuchsizlar o‘rtasidagi siѐsiy va huquqiy adolat mezonlarini o‘rnatishdadir. Bungauning fikricha ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi. 4. Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jaraѐni hisoblanadi. Bu jaraѐn ijtimoiy-siѐsiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zar uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalaridan iboratdir.Fanni o‘qitishdan maqsad - talaba ѐshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning vazifalari quyidagilarda namoѐn bo‘ladi: Download 18.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling