O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI MEHNAT VA IJTIMOIY
MUNOSABATLAR AKADEMIYASI
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI : SEVARA XALILOVA
TOSHKENT 2023
Huquqiy munosabatlarning tushunchasi tuzulishi va turlari .
Reja :
Kirish.
Huquq tushunchasi .
II. Asosiy qism:
Huquqning mohiyati .
Huquqning funksiyalari ..
Huquqiy ong .
III. Xulosa.
Huquq tushunchasi (yuridik ma’noda)- bu davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan, o‘zida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, bajarilishi umummajburiy bo‘lgan yurish - turish qoidalari yig‘indisi.
Huquqning mohiyati deganda uning mazmuni va maqsadi tushuniladi. Huquqning mazmuni va mohiyati uning asosiy va barqaror xususiyatlarini namoyon etadi. SHu bilan birga, huquqning mohiyatini belgilashda quyidagi ikkita jihat, ya’ni, har qanday huquq eng avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita vazifasini bajarishi hamda mazkur vosita kimning manfaatlariga xizmat qilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Huquqning mohiyati davlatning ijtmioiy-iqtisodiy tuzumi, siyosati, axloq, madaniyat va boshqa hodisalar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra huquq umumijtimoiy xarakterga ega. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
o‘zaro kelishilgan umumijtimoiy irodani ifoda etadi;
aholining barcha qatlamlari manfaatlariga xizmat qiladi;
ijtimoiy aloqalarning tashkiliyligi va rivojlanib borishini ta’minlaydi;
huquqiy munosabatlar sub’ektlarining erkinligi va javobgarligining o‘lchovi hisoblanadi;
turli tuman ehtiyoj va manfaatlarni qondirish vositasi sifatida maydonga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |