Investitsiya risklari
Download 68.2 Kb.
|
риск презинтация
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya risklari
- Investitsiya faoliyatida risk
Iqtisodiyotda investitsion loyihalarni amalga oshirish turli xil risklar bilan bog‘liq bo‘ladiki, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni hamda investitsiyaviy risklarni samarali boshqarishni taqozo etadi. Lekin har qanday sharoitda ham, eng avvalo, investitsiyalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo‘lgan risklarni baholash, tahlil etish eng dastlabki qadam bo‘lib hisoblanadi.Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda investorlarning xarajatlarini, inflatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo, amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan va rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri – investitsiya risklarining mavjudligidir.Investitsiya risklari deganda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonida rejalashtirilgan foydani olmaslik ehtimoli tushuniladi. Bu holatda risk obyekti sifatida loyihaga o‘z mablag‘larini u yoki bu shaklda kiritgan shaxs – investorning mulkiy manfaatlari namoyon bo‘ladi.Investitsiya faoliyatida risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, kutilgan foydaga, investitsiya yo‘naltirilgan loyihadan ko‘zlangan maqsadlarga erisha olmaslik ehtimolidir.Investitsiyalash mohiyati kelgusida foyda olinishini ta’minlaydigan aktivlarning muayyan turlariga o‘z yoki qarz kapitalini joylashtirishdan iborat. Investitsiyalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. nvestitsiyalar odatda qimmatli qog‘ozlarni sotib olishdan iborat moliyaviy investitsiyalar va ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish obyektlariga yo‘naltirilgan real investitsiyalarga ajratiladi. Yana aytish mumkinki, real investitsiyalar – bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlarida asosiy fondlarni yaratishga yo‘naltirilgan kapital qurilish va kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishdir.
Download 68.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling