Investitsiya risklari

Download 68.2 Kb.
bet2/3
Sana22.02.2023
Hajmi68.2 Kb.
#1219591
1   2   3
Bog'liq
риск презинтация

Misol uchun, maksimal yillik dividend olishga intiladigan investor eng yuqori kutilgan foydaga ega kompaniyaning oddiy aksiyalarini sotib oladi. Agar ushbu aksiyani chiqargan firma bankrot bo‘lsa, u holda aksiyador barcha joylashtirgan mablag‘larini yo‘qotadi. Qo‘yilmalarni muvaffaqiyatli boshqarish uchun moliyaviy instrumentlarni diqqat bilan tanlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular qo‘yilgan maqsadga mos bo‘lishi va daromadlilik, risk va narxning qoniqarli darajalari bilan tavsiflanishi lozim. Investitsiya riski o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy yo‘qotishlar riski; - daromadlarni pasayish riski; - qo‘ldan chiqarilgan yutuqlar riski. Investitsion loyihalarning o‘zini oqlamasligi, rentabellik darajasini pasayishi to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi. Portfelli investitsiyalar bo‘yicha dividendlar va foizlar miqdorining kamayishi, depozitlar va kreditlar foiz stavkalarining pasayishi daromadlar pasayish riskining namoyon bo‘lish shakllari hisoblanadi. Qo‘ldan chiqarilgan yutuqlar riski deganda ma’lum bir investitsion loyihani amalga oshmay qolishi natijasida foyda olmay qolish riski tushuniladi. Masalan, moliyalashtirilayotgan obyektni sug‘urta qilinmaganligi oqibatida sug‘urta to‘lovini olishdan mahrum bo‘lish.

Investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq risklar doimo mavjud bo‘ladi, ularning ayrim turlari paydo bo‘ladi va kuchayadi, boshqa bir turlari esa asta-sekin kamayib boradi va yo‘qolib ketadi, uchinchi guruhi esa, o‘zaro birlashib, sifat jihatdan yangi riskni yuzaga keltiradi. Shuning bilan birga, investitsion loyihaning butun bir hayotiy sikli davomida investitsion risklarning yuzaga keladigan to‘rt davriy holatini aniq ajratib ko‘rsatish mumkin:

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling