Zbekiston respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi


Materialistik (sinfiy) huquq nazariyasi


Download 184.32 Kb.
bet7/14
Sana14.05.2023
Hajmi184.32 Kb.
#1461463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
huquqiy munosabatlarning tushunchasi tuzulishi va turlari

Materialistik (sinfiy) huquq nazariyasi (K.Marks, F.Engels, V.Lenin XIX-XX asr). Ushbu nazariya marksizm-leninizm asoschilari va ularning izdoshlari asarlarida o‘z ifodasini topgan. Materialistik nazariya asosida huquq - iqtisodiy xukmron sinf irodasining ifodasi va mustahkamlanishidir, degan g‘oya yotadi. Mazkur ta’limot huquqning mohiyatini uning sinfiyligida va moddiy shart-sharoitga bog‘liqlikda ko‘radi.
Huquqning sotsiologik maktabi. Ushbu nazariya XX asr huquqshunosligining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. YUridik fanlar vazifasini amaldagi huquqni rasmiy mantiqiy o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatuvchi huquqiy pozitivizmdan farqli o‘laroq, sotsiologik maktab diqqat-markazini “jonli huquq”, ya’ni huquqiy munosabatlar tizimini, huquq doirasidagi odamlar xulq-atvorini o‘rganishga ko‘chirish kerak, degan fikr tashkil qiladi. Erlix ushbu yo‘nalishning asoschisi bo‘lib, uning “Xuquq sotsiologiyasi” (1911 yil) kitobida mazkur yo‘nalish asosiy g‘oyalarining tartibli bayoni berilgan. Rossiyalik olim G.F.SHershenevich ham sotsiologik maktab vakilidir.
Huquqning tarixiy maktabi. Ushbu nazariya XIX asr yuridik fanidagi sezilarli darajada rivojlangan yo‘nalish hisoblanadi. Huquqning tarixiy maktabi namoyandalari (G.Gugo, F.Savini, G.F.Puxta va b.) tabiiy huquq g‘oyalariga qarshi chiqqanlar. Bunda urf-odat, an’analar huquqning muhim manbai, deb e’lon qilingan. Kodifikatsiya va boshqa “sun’iy” metodlar rad etilgan, huquq esa “xalq ruhi”ning izchil rivojlanishi natijasi sifatida ifodalangan, huquqning rivojlanishi tilning rivojlanishiga o‘xshatilgan. Huquqning tarixiy maktabi asoschisi Gettingen universiteti professori, “Tabiiy huquq darsligi” muallifi Gustav Gugo (1764-1844)dir. Huquqning tarixiy maktabi doktrinasi nemis huquqshunos olimi, professor Fridrix fon Savini (1779-1861) tomonidan mukammal ishlab chiqilgan. Uning eng muhim qoidalari olimning “Egalik huquqi” (1803) asarida ilgari surilgan. Zo‘ravonlik, aql-idrok talablari, qonunchilik din yoki tilni yarata olmagani kabi, huquqni ham yarata olmaydi; huquq ichki zaruriyatga ko‘ra xalqning “tabiiy” rivojlanishidan, har bir xalqqa xos bo‘lgan milliy ongdan kelib chiqadi. Huquq ijodkorligi uzoq davom etadigan, xalq ongini o‘stiradigan tarixiy jarayondir; huquqni, xususan, Rim huquqini tarixiy o‘rganish mazkur jarayonning zarur bosqichlaridan biri hisoblanadi. O‘z ijtimoiy-siyosiy mazmuniga ko‘ra turg‘un bo‘lgan huquqning tarixiy maktabi yuridik fanga ma’lum darajada hissa qo‘shdi, chunonchi: tabiiy huquq maktabi namoyondalarining huquqning boqiyligi va harakatsizligi to‘g‘risidagi abstrakt, mushohadaga asoslangan qarashlarini tanqid qildi, huquq xalq ongi bilan ma’lum darajada bog‘liq bo‘lgan tarixan rivojlanuvchi hodisa, degan g‘oyani ilgari surdi. Nemis huquqshunoslari Gustav Gugo, Karl Savini, Fridrix Puxta va boshqalar tarixiy huquq maktabning ko‘zga ko‘ringan namoyondalari hisoblanadilar. Ayni chog‘da ijtimoiy hayotning tobora o‘sib boruvchi o‘zgarishida sub’ektiv omilning, qonun ijodkorligi va yangi qonunchilikning ahamiyatini inkor etgan mazkur nazariyaning konservatizmi va cheklanganligini qayd etish lozim. Tarixiy maktab urf-odatlarni qonundan yuqori qo‘yib, real mavjud huquqni qonunchilik yo‘li bilan o‘zgartirish mumkinligini inkor etadi, ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solish tizimida ushbu urf-odatlar ahamiyatini g‘oyatda bo‘rttirib yuboradi. Biroq, ushbu nazariyaning ijobiy tomonlarini ham ta’kidlamaslik adolatdan bo‘lmaydi. Aytaylik, mazkur nazariyaga ko‘ra, qonun chiqaruvchi o‘zining sub’ektiv xohishi bo‘yicha normalarni yarata olmaydi. Buning uchun u ijtimoiy rivojlanishning ob’ektiv ehtiyojlarini, alohida odamlar manfaatlarini bilishi va anglashi hamda ularni huquq normalarida to‘g‘ri ta’riflab berishi lozim bo‘ladi.

Download 184.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling