A. Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi


Download 297.63 Kb.
bet1/13
Sana19.06.2023
Hajmi297.63 Kb.
#1600776
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
A.Smit kurs ishim



KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. Bunda "iqtisodiy odam" tushunchasi keyinroq paydo bo`lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar. Iqtisodiy o`sishning pul shakli inkor etiladi va moddiy ne'matlar yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo`jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asarning 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo`yish yaxshiroq samara beradi deb o`qtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlarni narxi pasayish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxi esa o`sish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu xato). Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, ya'ni fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi. Olim o`z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog`liq emas, degan xulosaga asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo`lib, odamlar o`z xo`jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o`z shaxsiy manfaatini ko`zda tutadi, ammo bu holatda ko`p boshqa holatlardagi kabi, u "ko`rinmas qo`l" tomonidan uning niyatida ham bo`lmagan maqsad sari yo`naltiriladi... Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlariga intiladigan ko’ra ko’proq ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi.
"Ko`rinmas qo`l" - bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. 
Bu qonunlar odamlarning xohish-irodasidan qat'i nazar, odatda unga qarama-qarshi 
harakat qiladi. Har bir odam ko`proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o`zining shaxsiy manfaatini ko`zlaydi. Ammo, inson o`z shaxsiy manfaatini o`ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog`i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko`proq naf keltiruvchi mashg`ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug`ullanadi. Shunday qilib, Smitning ta'rifi bo`yicha, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (biz Sovet hokimiyati davrida uzoq yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib keldik). Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma'lum bo`lgan "ko`rinmas qo`l" iborasi bilan birga "iqtisodiy odam" tushunchasi ham kiritildi. Unga ko`ra , shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. Menga kerak bo’lgan narsani bersang, men senga kerak bo’lgan narsani beraman”, qabilida, ya’na shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish yo’li tutiladi, ya’ni gap kimningdir sahiyligida emas.

Download 297.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling