31-modda. Sudyaning vakolatlari


Download 56.59 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi56.59 Kb.
#1482111
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
protses ishtirokchilari

391-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar
Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
1) ichki ishlar organlari;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi to‘rtinchi xatboshisi.
2) harbiy qismlar, qo‘shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy o‘quv yurtlarining boshliqlari — ularga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek o‘quv mashqlari o‘tkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bog‘liq jinoyatlari yoki qism, qo‘shilma, muassasa yoxud o‘quv yurti joylashgan erda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
3) davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga ko‘ra ularning yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha;
(391-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
4) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha;
5) davlat yong‘indan nazorat qilish organlari — yong‘inlarga doir va yong‘inga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
6) chegarani qo‘riqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
7) olis safarda bo‘lgan dengiz kemalarining kapitanlari;
Oldingi tahrirga qarang.
8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
(391-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga 4-ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida Nizom”ning 9-bandi uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari — budjet, soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikka doir ishlar, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;
(391-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son Farmoniga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti to‘g‘risida nizom”ning 12-bandi o‘n sakkizinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
10) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga, sud hujjatini ijro etmaslikka, sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashishga, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar bo‘yicha;
(391-modda birinchi qismining 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga 4-ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risidagi nizom”ning 11-bandi a) kichik bandining yigirma to‘rtinchi xatboshisi.
11) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha.
Oldingi tahrirga qarang.
(391-modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha.
(391-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-iyuldagi O‘RQ-548-sonli Qonuniga asosan o‘n uchinchi band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar bo‘yicha.
(391-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘rtinchi band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar ko‘rish vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so‘ng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar ko‘rish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi bo‘linmalari shu maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga haqli.
(391-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Tezkor-qidiruv faoliyatini o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Download 56.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling