31-modda. Sudyaning vakolatlari


Download 56.59 Kb.
bet1/7
Sana15.06.2023
Hajmi56.59 Kb.
#1482111
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
protses ishtirokchilari


31-modda. Sudyaning vakolatlari
Sudya yakka o‘zi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi.

32-modda. Sud majlisi kotibi
Oldingi tahrirga qarang.
Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifalarini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 90-moddasining ikkinchi qismi, 92-moddasining ikkinchi qismi, 202-moddasining oltinchi qismi, 426-moddasining birinchi qismi, 429-moddasining birinchi qismi, 443-moddasining birinchi qismi.
Sud majlisi kotibi jinoyat ishini sud majlisida ko‘rish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida protsess ishtirokchilarini xabardor qiladi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi, hozir bo‘lmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga ma’lum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yuritadi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Sud majlisi kotibi bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, arizalari, iltimosnomalari, ko‘rsatuvlarini to‘liq va to‘g‘ri bayon qilib borishi shart.
35-modda. Tergovchi
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlarining va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)

Download 56.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling