31. Qo‘ziqorin zamburug‘i bug‘doy o‘simligi kabi a geterotrof oziqlanadi
Download 128.66 Kb.
|
Biologiya1
Biologiya 31. Qo‘ziqorin zamburug‘i bug‘doy o‘simligi kabi ... A) geterotrof oziqlanadi B) avtotrof oziqlanadi C) xloroplastga ega D) ribosomaga ega 32. Umurtqasiz (a) va umurtqali (b) konsument organizmlarni aniqlang. 1) termit; 2) losos; 3) martishka; 4) norka; 5) sariq chayon; 6) yashil qurbaqa; 7) yashil temirchak; 8) zubr A) a-2, 5; b-4, 7 B) a-7; b-2, 5 C) a-3, 8; b-4, 6 D) a-1, 7; b-3, 8 3 3. Bolalarda bo‘y o‘sishi (akseleratsiya) yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Gollandiyada 1890-1990 yillar oralig‘idagi 18 yoshli o‘smirlar bo‘yining o‘rtacha uzunligi tekshirilganda har o‘n yilda bu ko‘rsatkich 0,6 cm oshganligi va 1890-yilda o‘smirlar bo‘yining o‘rtacha uzunligi 166 cm bo‘lganligi aniqlandi. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib 1930-yildagi o‘smirlar bo‘yining o‘rtacha uzunligi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan? A) c B) d C) f D) e 34. DNK ning birinchi zanjiridagi nukleotidlar A1, T1, G1, C1 ko‘rinishida, ikkinchi zanjiridagi nukleotidlar esa A2, T2, G2, C2 ko‘rinishida ifodalanadi. A1 + A2 =20 % ekanligi ma’lum bo‘lsa, G1 + G2 ning qiymatini (%) aniqlang. A) 30 B) 10 C) 15 D) 20 35. Bir yillik o‘t o‘simliklarni aniqlang. A) sachratqi, yeryong‘oq B) beda, yerbag‘ir tugmachagul C) kovrak, zubturum D) mosh, sholi 36. Himoya funksiyasini bajaruvchi oqsilni aniqlang. A) mioglobin B) immunnoglobulin C) kollagen D) geparin 37. Berilganlardan qaysi belgi genlarning komplementar ta’siri tufayli yuzaga chiqadi? A) tovuqlarda patning jingalak bo‘lishi B) sichqonlarda yungning sariq rangi C) xoldor to‘tilarda patning yashil rangi D) g‘alladoshlarda boshoqning uzunligi 38. Odamda paratgormon ishlab chiqaruvchi bezni belgilang. A) ayrisimon bez B) qalqonoldi bezlari C) qalqonsimon bez D) gipofiz 39. Terisi, sochi, ko‘zining kamalak pardasida pigmentlari bo‘lmaydigan, qoni normal ivimaydigan odamning genotipini aniqlang. A) AaXHXh, AaXHY B) XaHXah, XaHY C) aaXHXh, aaXHY D) aaXhXh, aaXhY 40. Gidrobiont o‘simliklarga xos to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni belgilang. A)Kladofora tallomining shoxlanmasligi bilan spirogiraga o‘xshaydi. B)Xlorella fotosintez jarayoni xromatoforlarida kechishi bilan ulotriksga o‘xshaydi. C)Yapon laminariyasi qo‘ng‘ir suvo‘tlarga mansubligi bilan porfiraga o‘xshaydi. D)Suvo‘tlarni mikologiya bo‘limi o‘rganadi. 41.Yo‘sinlarning gametofiti uchun mos keladigan javobni aniqlang. 1) sporadan rivojlanadi, 2) zigotadan hosil bo‘ladi; 3) spora hosil qiladi; 4) poya-bargli o‘simlik; 5) tuxum hujayra va spermatozoid hosil qiladi; 6) sporangiyband va sporangiydan iborat; 7) jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi A) 2, 5 B) 3, 7 C) 4, 6 D) 1, 4 42. Quyidagi o‘simliklarga xos ma’lumotlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) murakkab to‘pgul hosil qiladi; 2) poyasi yog‘ochlashgan; 3) ko‘p yillik o‘simlik; 4) bargi oddiy; 5) guli to‘g‘ri; 6) chatnaydigan mevaga ega; a) beshyaproqli partenosissus; b) karam; c) yantoq A) a-4; b-6; c-5 B) a-2; b-5; c-4 C) a-3; b-1; c-2 D) a-4; b-1; c-5 43. Olimlarning biologiya fani rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. I) o‘z vaqtida paleontologik solnoma chala deb ko‘rsatib o‘tgan; II) barcha hayvonlarni 14 sinfga ajratgan A) I-Ch. Darvin; II- J. Kyuve B) I-Ch. Darvin; II-J. B. Lamark C) I-K.Linney;II-J.B.Lamark D) I-J. B. Lamark; II-Ch. Darvin 44. Qaysi javobda ko‘k kitning kit akulasidan farqli xususiyatlari ko‘rsatilgan? 1) gidrobiont organizm; 2) tog‘ayli baliqlar sinfi vakili; 3) ko‘krak qafasi diafragma parda orqali qorin bo‘shlig‘idan ajralgan; 4) yuragining chap qorinchasidan katta qon aylanish doirasi boshlanadi; 5) qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi; 6) konsument organizm; 7) kashalot bilan bir turkumga mansub A) 3, 5, 6 B) 1, 5, 6 C) 3, 4, 7 D) 2, 4, 5 45. Gigrofit o‘simliklarni aniqlang. 1) molodilo; 2) qo‘g‘a; 3) shakarqamish; 4) yantoq; 5) elodeya; 6) sholi A) 2, 5 B) 3, 6 C) 1, 5 D) 1, 4 46. Oilada ota sepkilsiz va gipertrixoz bilan kasallangan. Ona esa sepkilli va sog‘lom. Ushbu oilada fenotip jihatidan otasiga o‘xshash o‘g‘il farzand tug‘ildi. Farzandlarning necha foizi gipertrixoz bilan kasallanib tug‘ilish ehtimolini aniqlang. A) 0 B) 25 C) 50 D) 75 47. Panspermiya nazariyasini yaratgan olimni aniqlang. A) T.Shvann B) D.I.Ivanovskiy C) S.Arrenius D) R.Virxov 48. Quyidagi rasmda odam somatik hujayrasining ko‘payish usuli tasvirlangan. Rasmda ajratib ko‘rsatilgan qism uchun xromosoma sonini aniqlang. A) 48 B) 92 C) 46 D) 23 49. Bitta oilaga mansub o‘simliklar jufti to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) qo‘qongul va topinambur; 2) donasho‘r va bo‘znoch; 3) loviya va maxsar; 4) karrak va kakra; 5) ajriq va tak-tak A) 2, 5 B) 3, 5 C) 2, 4 D) 1, 4 50. Shimpanze (2n =48) spermatogenezining anafaza II bosqichidagi xromosoma holatini aniqlang. A) 46+XY B) 46+XX yoki 46+YY C) 47+X D) 90+XXYY 51. Meyozning profaza I (a) va anafaza II (b) davrining oxirida xromosomalar (n) va DNK (c) soni qanday bo‘ladi? A) a − 2n,4с; b − n,c B) a − 4n,4с; b − 2n,2c C) a − 2n,4с; b − n,2c D) a − 2n,4с; b − 2n,2c 52. Quyidagilardan organizmlarning ko‘payish va rivojlanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) suv shillig‘i germafrodit ekanligi bilan odam askaridasidan farq qiladi; 2) uy pashshasi tuxumidan boshi kichik va oyog‘i bo‘g‘imli bo‘lgan lichinka chiqadi; 3) nam tuproqda odam askaridasi tuxumida lichinkalar rivojlanadi; 4) tuxumdan chiqqan qirg‘ovul jo‘jasining ko‘zi yumuq, tanasi siyrak par bilan qoplangan bo‘ladi; 5) qum bo‘g‘ma iloni tirik tug‘ishi bilan mantadan farq qiladi; 6) bo‘rilar va tulkilar yo‘ldoshli hayvonlar A) 3, 4, 6 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 6 53. Jadvalning qaysi qatorlarida gormonlar, ularni ishlab chiqaradigan ichki sekretsiya bezlari va gormonlar funksiyalari bir-biriga muvofiq tarzda berilgan? A) 2, 3, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 4, 6 54. Qaysi javobda sterlyad haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan? A)Skeleti tog‘aydan iborat, jabra qopqoqlari va suzgich pufagi bo‘lmaydi. B)Urg‘ochilarda bir juft urug‘don, erkaklarida bir juft tuxumdon bo‘ladi. C)Jabra arteriyalaridan venoz qon qorin aortasi tomon oqadi. D)Suyakli baliqlar sinfi, bakra baliqlar turkumiga mansub. 55. Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi (a) va hasharotxo‘rlar turkumiga mansub hayvonlarning ba’zilari quruqlikda, suvda yoki yer ostida yashashga moslashganligi (b) qanday bilogik jarayon ekanligini aniqlang. A) a-idioadaptatsiya; b-idioadaptatsiya B) a-idioadaptatsiya; b-aromorfoz C) a-umumiy degeneratsiya; b-aromorfoz D) a-aromorfoz; b-idioadaptatsiya 56. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni belgilang. Kimyoviy evolutsiya . . . paydo bo‘lishi bilan o‘z o‘rnini biologik evolutsiyaga bo‘shatib bergan. A) matritsali sintezning B) aerob organizmlarning C) eukariot organizmlarning D) koatservatlarning 57. To‘g‘ri (I) va noto‘g‘ri (II) rivojlanuvchi ochiq qon aylanish sistemasiga ega (a) va yopiq qon aylanish sistemasiga ega (b) hayvonlarni aniqlang. 1) yomg‘ir chuvalchangi; 2) baqachanoq; 3) daryo qisqichbaqasi; 4) ko‘l baqasi; 5)gekkon; 6)nereida; 7)oqplanariya; 8)butli o‘rgimchak A) I: a − 8; b − 5; II: a − 6; b − 2 B) I: a − 3; b − 1; II: a − 2; b − 6 C) I: a − 3, 8; b − 7; II: a − 6; b − 4 D) I: a − 4; b − 1; II: a − 2; b − 6 58. Odam organizmi qon tomirlarida qon harakati yo‘nalishini aniqlang. а) yurakka qon olib keladi; b) yurakdan qon olib ketadi 1) kichik qon aylanish doirasi arteriyasi; 2) kichik qon aylanish doirasi venalari; 3) aorta; 4) katta qon aylanish doirasi venalari. A) a–2, 4; b–1, 3 B) a–3, 4; b–1, 2 C) a–1, 3; b–2, 4 D) a–1, 2; b–3, 4 59. Qaysi javobda olaqarg‘aning olaqo‘zandan farqli belgilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) bir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil bo‘lgan ilik suyagi mavjud; 2) yuragining o‘ng bo‘lmachasidagi qonda kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan past; 3) bosh miya yarimsharining po‘stlog‘ida ilonizi burmalari rivojlangan; 4) chanoq suyagi umurtqa pog‘onasining bel va dumg‘aza bo‘limlari hamda oldingi dum umurtqalari bilan harakatsiz birikkan; 5) bir marta olgan havosidan ikki marta nafas oladi A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 4 60. Qaysi aromorfozlar paleozoy erasida yuz bergan? A)suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi; yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi B)xaltali sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi; zamburug‘larning paydo bo‘lishi C)jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi D)jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi; suyakli baliqlar sinfining paydo bo‘lishi Download 128.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling