6-imtixon 3-guruh biologiya


Download 25.15 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi25.15 Kb.
#202994
Bog'liq
imtixon 6 katta guruh biologiya.doc


6-IMTIXON 3-guruh BIOLOGIYA
31. Zamburug‘lar (a) va viruslar (b) faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang.

1) transduksiya jarayonining sodir bo‘lishi; 2) yem-xashak o‘simliklaridan silos bostirish; 3) fotosintezni amalga oshirishi; 4) g‘o‘zada vilt kasalligining yuzaga kelishi

A) a-3; b-4 B) a-2; b-3 C) a-4; b-1 D) a-4; b-2
32. Achitqi (a) va xrokokk (b) uchun xos xususiyatlarni aniqlang. 1) geterotrof oziqlanadi; 2) ribosomaga ega; 3) produtsent;

4) bir hujayrali; 5) mitoz kuzatiladi; 6) prokariotlarga kiradi; 7) DNKsi oqsil bilan kompleks hosil qiladi; 8) mezosomaga ega

A) a - 2, 5, 7; b - 2, 3, 8 B) a - 2, 4, 8; b-3, 4, 6

С) a - 1, 4, 6; b - 2,5 ,7 D) a - 2 , 4 , 7; b-3,4, 5


33. Polinukleotidli zanjirda nukleotidlar fosfodiefir bog‘lari yordamida, ikkita zanjir o‘zaro vodorod bog‘lari yordamida bog‘langan. Translyatsiya jarayonida 310 ta t-RNK ishtirok etgan va DNK qo‘sh zanjiridagi guanin nukleotidlari soni 410 ta bo‘lsa, fosfodiefir (a) va vodorod bog`larining (b)

sonini toping.

A) a - 1338; b - 1750 B) a - 1858; b - 2270

C) a - 958; b - 2270 D) a - 1860; b - 2270


34. Lansetnik gastrulasining gidradan farqini aniqlang. 1) ektoderma va endodermaga ega; 2) tovoni bor; 3) botib kirish orqali hosil bog`ladi; 4) og‘iz atrofida paypaslagichlari

joylashgan; 5) hujayralarning ixtisoslashishi kuzatiladi; 6) blastotselda mezoderma shakllanadi. A) 1, 3 B) 2, 6 C) 4,5 D) 3, 6


35. Qalampir mikrosporasida hosil bo‘lgan generativ hujayra bo‘linishida mutatsiya sodir bo‘lib, mitoz bo‘linishining anafaza davrida ikkita nogomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari har xil qutbga tarqalmay, bir qutbga o‘tsa, hosil bo‘lgan spermiylar bilan urug‘langan normal tuxum hujayrada xromosomalar soni nechta bo‘ladi?

A) 46 yoki 74 B) 70 yoki 72 C) 46 yoki 48

D) 50 yoki 46
36. Retsessiv belgilarni ajrating.

1) odam barmoqlari sonining normal bo‘lishi; 2) no‘xat donining yashil rangi; 3) odam ko4zining ko‘k rangda bo‘lishi; 4) odam sochining to‘g‘ri bo‘lishi; 5) odamda ranglarni

normal ajratish; 6) sichqon yungining sariq rangi; 7) drozofila qanotining kalta bo‘lishi; 8) no‘xat poyasining uzun bo‘lishi

A) 1, 3, 6 В) 1, 3, 7 C) 4, 7, 8 D) 2, 5, 8


37. Odamning katta qon aylanish doirasida (a) va kichik qon aylanish doirasida (b) arterial qon harakatini ta’minlaydigan tomirlarini aniqlang. 1) pastki kovak vena; 2) buyrak arteriyasi; 3) yuqori kovak vena; 4) o‘pka arteriyasi; 5) buyrak venasi; 6) aorta; 7) o‘pka

venasi A) a-2; b-7 B) a - 2; b - 5 С) a - 1, b - 3

D) a - 6; b - 4
38. Gen injenerligi usuli bilan transgen organizm olish ketma-ketligini ko‘rsating.

1) gen xromosoma DNKsi bilan rekombinatsiyalanuvchi vektor bilan birikitirilib, vektor konstruksiya yaratiladi;

2) transgen hujayrani sun’iy sharoitda ko‘paytirib yetuk organizm olinadi; 3) vektor konstruksiya hujayraga kiritilib, transgen hujayra olinadi; 4) ahamiyatga molik genni ajratib olish A) 4,3,1,2 B) 4,1,3,2 C) 1,4,3,2 D) 1, 2, 3, 4
39. Floemaning (a) va ksilemaning (b) tarkibiy qismlarini aniqlang. 1) yo‘ldosh hujayralar; 2) o‘tkazuvchi nay; 3) traxeidlar;

4) lub tolalari; 5) elaksimon naylar; 6) yog‘ochlik tolalari.

A) a - 2, 4; b - 5, 6 B) a - 1, 4; b - 3, 6

C) a -4 , 5; b - 1,2 D) a - 1, 3; b - 5, 6


40. Funariyaning laminariyadan farqli belgilarni toping. 1) fotosintezning xromatoforda o‘tishi; 2) rizoid; 3) xromatofor; 4) jinssiz ko‘payish; 5) sporalarning ko‘sakchada yetilishi; 6) qo‘ng‘ir pigment; 7) barglari bir qavat hujayradan iboratligi; 8) mitoxondriya. A) 4,5,7 B) 5,7 С) 1,3 D) 2,6,8
41. Yo‘sinlarning sporofiti uchun mos keladigan to‘g‘ri javobni aniqlang.

A) jinssiz bo‘g‘in hisoblanadi, spora hosil qiladi

B)sporangiyband va sporangiydan iborat, zigota hosil qiladi

C)poya-bargli o`simlik, jinssiz bo‘g‘in hisoblanadi

D)jinsiy bo`g‘in hisoblanadi, zigota hosil qiladi
42. Ochiq urug^ilar bo‘limi (a), bir urug‘pallalilar sinfi (b) va ikki urugcpallalilar sinfi (c) ga mansub o‘simliklarni aniqlang.

A)a — qora qarag‘ay; b — olg‘i; с — itqovun

B)a — archa; b — xolmon; с — qora qarag`ay

C)a — qarag`ay; b — chuchmoma; с — shirach

D)a — saur; b — kakra; с — topinambur
43. Soyaga tegishli belgilarni aniqlang.

1) urug` murtagi ikki urug‘pallali; 2) popuk ildizga ega; 3) meva etida sklereid hujatralari mavjud; 4) floemada yo‘ldosh hujayralar bor; 5) yashil bargda xlorenxima mavjud; 6) to`g`ri gulga ega. A) 1,3,6 В) 1,4,5 C) 2,3,6 D) 2,4,5


44. Oyoqlari bir xil tuzilgan organizimlarni aniqlang. 1) temirchak; 2) mita, 3) podoliya; 4) go‘ngxo‘r qo‘ng‘iz; 5) buzoqboshi; 6) Osiyo chigirtkasi; 7) kolorado qo`ng‘izi; 8) suv qo`ng`izi A)1,3,4,7 B) 2,3,6,8 C) 2,3,4,7 D) 1,5,6,8
45. Yomg‘ir chuvalchangi va baqachanoq uchun umumiy belgilarini aniqlang. 1) tanasini mantiya teri o‘rab turadi; 2) tanasida nerv tugunlari mavjud; 3) tuxumidan lichinka rivojlanadi; 4) qon faqat tomirlar ichida oqadi; 5) maxsus sezgi organlari rivojlanmagan; 6) germafrodit hayvon A) 1,5 В) 2,6 С) 3,4 D) 2,5
46. Ildam kaltakesakning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan xususiyatni belgilang.

A)katta va kichik qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan boshlanadi

B)katta qon aylanish doirasi kislorodga boy o‘pka arteriyasidan boshlanadi

C)kichik qon aylanish dotasi o{pka arteriyasi orqali chap bo‘lmachalarda tugaydi

D)yuragi ikki kamerali bo‘lib, yurak bo`lmachasi va qorinchasidan iborat
47. Quyidagi hayvonlarning ikkinchi nomini va ularga xos belgilarni aniqlang. 1) bukri baliq; 2) gulmoyi

A)1-gorbusha, dengizda hayot kechiradi; 2- qilquyruq, to‘sh suyagiga ega emas

B) 1-gorbusha, miya qutisi suyakdan iborat; 2-forel, losossimonlar vakili

C)1-gorbusha, postembrional davrida o‘q skeleti xordadan iborat; 2-forel, suzgich kamari umurtqaga birikmaydi

D) 1-gorbusha, rivojlanishi chuchuk suvda boshlanadi; 2-forel, orqa suzgichi bitta
48. Qorayaloqning qashqaldoqdan farqli xususiyatlarini aniqlang.

1) bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalar mavjud; 2) quloq suprasi rivojlangan; 3) dum umurtqalari o`zaro birikib ketgan; 4) kloakaga ega; 5) nafas olishda diafragma muskuli ishtirok etadi; 6) embrionning rivojlanishi faqat tuxum sariqligidagi oziq hisobiga amalga oshadi

A) 2, 3, 4 B) 3, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 5
49. Quyida keltirilgan ta’riflarni ularga mos keluvchi sutemizuvchi hayvonlar bilan to‘g‘ri juftlab ko‘rsating. a) go‘shti uchun ovlanadi; b) in qazib tuproqni yumashatadi; c) jag‘ida popukli muguz plastinkalar osilib turadi;

d) yirtqichlarning oyoqlari kalta, tanasi ingichka.

A)a-karakatitsa; b-jayra; с-ko‘k kit; d-olaqo‘zan

B)a-tuvaloq; b-tipratikan; с-oqbiqin delfin; d-to`ng`iz

C)a-ohu; b-yumronqoziq; с-kashalot; d-latcha

D)a-sayg‘oq; b-ko‘rsichqon; с-ko`k kit; d-norka


50. Odam organizmidagi to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskuliga xos bolmagan xususiyatlarni to‘g‘ri belgilang. 1) harakatlanish oliy markazi yarimsharlar po‘stlog‘i tepa qismining oldingi markaziy egatida joylashgan;

2) retseptorlari proprioretseptorlar deyiladi; 3) hujayralarida glikogen to‘planadi; 4) retseptorlarining markazi yarimsharlar po‘stlog‘i tepa qismining orqa markaziy pushtasida joylashgan; 5) hujayralari butun umri davomida bo‘linib ko'payadi; 6) joylashuviga ko`ra ko‘krak muskullari guruhiga mansub A) 4, 5, 6 B) 1, 3, 6 C) 1, 2, 4 D) 2, 3, 5


51. Nuqtalar о‘nini to`ldiring.

a) III guruh qonli odamlar .. . guruhga donor bo‘ladi; b) IV guruh qonli odamlar ... guruhga donor bo`ladi; c) III guruh qonli odamlar ... guruh uchun retsipiyent bo‘ladi; d) IV guruh qonli odamlar ... guruh uchun retsipiyent bo`ladi A)a - II; b - IV; с - I; d - I

B)a - IV; b - IV; с - IV; d - II

C)a - III; b - II; с - III; d - III

D)a - IV; b - IV; с - III; d - IV
52. Simpatik nerv sistemasiga xos bo‘lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1) arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini pasaytiradi; 2) me’da va ichaklarning ishini kuchaytiradi;

3) bronxlarni kengaytiradi, nafas olishni osonlashtiradi; 4) ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi; 5) buyrak qon tomirini kengaytirib, siydik ajralishini ko`paytiradi

A) 4, 5 В) 3,4 С) 2, 4, 5 D) 1, 2, 5
53. Bosh miya katta yarimsharlari po`stlog`ining o`ng (a) va chap (b) qismlari hamda ularning funksiyalari o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1) gavdaning chap tomonidagi organlar ishini boshqaradi; 2) nutqdagi intonatsiyani boshqaradi; 3) so‘zlash, gapirishni ta’minlaydi; 4) mo‘ljal olish ni ta’minlaydi; 5) geometric shakllar haqidagi axborotlarni analiz qiladi; 6) gavdaning o‘ng tomonidagi organlar ishini boshqaradi; 7) o`qish qobiliyatini nazorat qiladi; 8) ohangni idrok qilishni nazorat qiladi. A) a-4,7; b-6,8 B) a-2,4; b-3,6 C) a-1,5; b-2,7 D) a-1,4; b-3,8
54. Yashash uchun kurash turlariga mos keladigan misollar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. a) turlararo kurash; b) tur ichida kurash; c) anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash; 1) bir turga mansub o‘simliklarning yorug‘lik uchun kurashi;

2) o‘simliklarning viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar ta’sirida nobud bo‘lishi; 3) o‘simlik urug`larining sovuqdan nobud bo‘lishi; 4) o`simliklarning namlik yetishmasligi oqibatida nobud bo‘lishi; 5) qush va sutemizuvchilarning o‘simlik urug`lari bilan oziqlanishi. A) a-5; b-1; с-3 В) a - 5; b - 2; с - 4

С) a - 5; b - 1; с - 2 D) a - 2; b - 5; с - 4
55. Tapir qaysi biogeografik viloyatlarda uchraydi? A) Hindomalay, Neotropik B) Avstraliya, Neoarktik C) Neotropik, Habashiston D) Avstraliya, Habashiston
56. Biokimyoviy evolyutsiya bosqichlari va ularga mos jarayonlarni muvofiqlashtiring.

A) biologik evolyutsiya; B) kimyoviy evolyutsiya. 1) atmosferada ozon ekranining hosil bo‘lishi; 2) atmosferaning kislorod bilan bo‘yishi; 3) abiogen usulda hosil bo‘lgan organik moddalar uchun raqobatning susayishi;

4) ATF va fermentlarning abiogen usulda sintezi; 5) koaservatlarda membrananing hosil bo‘lishi; 6) ATF va fermentlarning biogen usulda sintezi; 7) koaservatlarda bo‘linish xususiyatining paydo bo‘lishi; 8) protobiontlarning paydo bo‘lishi.

A) A-4,5,8; В-2,3,6 В) A - 2, 3, 6; В - 4,7, 8

C) A - 2, 5, 6; B - 3 ,4 ,8 D) A-1,3, 4; В - 5, 6, 8
57. Yong’oq mevaga (a) to’p mevaga (b) va pista mevaga (c) ega o’simliklarni aniqlang.

A) a-soxta kashtan b-yerbag’ir tugmachagul c-topinambur

B) a-seyshel palmasi b-tok c-kungaboqar

C) a-yeryong’oq b-gulxayri c-andiz

D) a-kamxastak b-gulxayri c-shirinmiya
58. Temurning ertalabki nonushtasidan hosil bo‘lgan jami energiya 3103 kJ ga teng. Temurning nonushtasida oqsil va yog‘ miqdori teng, ularning yig‘indisi esa uglevod miqdoridan 20 g kam bo‘lsa, nonushtadagi yog4dan hosil bo‘lgan jami energiya miqdorini (kkal) toping. A) 372 B) 558 C) 328 D) 279
59. Sulida A geni rang hosil bo‘lishiga ta’sir qilib, donning qora bo`lishini ta’minlaydi. a geni rang hosil bo‘lishiga ta’sir qilmaydi. В geni donning kulrang bo‘lishini, b ingibitor geni

esa donning oq bo`lishini ta’minlaydi. Genotiplari bir-biridan farq qiluvchi suli o‘simliklari chatishtirilganda 4120 ta o‘simlik olindi. Shulardan 1030 tasi kulrang, qolganlari qora donli bo‘ldi. Chatishtirish uchun olingan o`simliklarning genotipini aniqlang.



А) АаВВ x Aabb B) AaBb x aabb C) AABb x Aabb D) AaBb x Aabb
60. Odamlarda jingalak soch (A) silliq soch ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigotalilarda soch to`lqinsimon bo‘ladi. Sepkillilik (B) sepkilsizlik ustidan to`liq dominantlik qiladi, Gemofiliya esa X xromosomada joylashgan retsessiv belgi hisoblanadi. Barcha genlari bo‘yicha geterozigotali ayol va silliq sochli, sepkilsiz, sogclom erkak oilasida tug‘ilgan farzandlarning necha foizi A va В geni bo‘yicha geterozigotali ekanligini aniqlang. A) 50 B) 25 C) 12,5 D) 75

Download 25.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling