Nafas olishni kuchaytiruvchi vositalar


Download 30.24 Kb.
bet1/20
Sana08.01.2022
Hajmi30.24 Kb.
#243342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
NAFAS OLISHNI KUCHAYTIRUVCHI VOSITALAR


NAFAS OLISHNI KUCHAYTIRUVCHI VOSITALAR

Ushbu vositalar o‘z navbatida uchta guruxdan iborat:

1.Nafas markazini bevosita qo‘zg‘otuvchi vositalar:

( Bemegridum Coffeinum Aethimizolum )

2.Nafasni reflektor (bilvosita ) yo‘l bilan stimullovchi vositalar:- 265 -



( Cytitonum, Lobelini hydrochloridum )

3.Aralash ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar: (Cordiaminum, Carbogenum)



Aethimizolum —kuchli nafas analeptigi g‘isoblanadi, antidepressiv, antiallergik va

yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Bundan tashqari qisqa vaqtli xotira va aqliy mehnat

qobiliyatini oshiradi, mo‘tadil spazmolitik xossasiga ega. Etimizol bosh miya po‘stloq osti

va uzunchoq miyadagi makazlarni faolllashtiradi. Boshqa analeptiklardan farqli o‘laroq

etimizol bosh miya po‘stloq qavatiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli uni nafaqat

nafas analeptigi, balki tinchlantiruvchi vosita sifatida ruxiy xastaliklar da (ayniqsa

hayajonlanish, bezovtalanish, toqatsizlik bilan kechadigan) qo‘llaniladi.

Etimizol gipotalamik markazlarni qo‘zg‘otib gipofizning oldingi bo‘lagidan AKTGni

qonga ajralishini (chiqishini ) va shu tufayli buyrak usti bezining po‘stloq qavatidan

gormonlar (glyukokortikoid, mineralokortikoidlar) sintezini kuchaytiradi. SHu sababli

etimizol gipofizadrenal sistemasining kuchli stimulyatori xisoblandi. Ushbu xolat eti mizolni

antiallergik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmining apsosida yotadi.

Ta’sir mexanizmi:fosfadiesteraza fermenti faolligini susaytirib to‘qimalarda sAMF

miqdorini oshiradi sAMF xujayrada ikkilamchi mesenjer bo‘lib glikogenoliz, metabolik

jarayonlarni kuchaytiradi. Qo‘llashga ko‘rsatmalar: operatsiya va undan keyingi davrda

nayaas olishni kuchaytirish , narkotik analgetiklar, uyqu vositalari bilan o‘tkir zaxarlanganda,

chaqaloqlar asfiksiyasi va undan keyingi davrda nafas olishning buzilishlarini bartaraf etish

uchun, artiritlar, poliartritlar va boshqa xolatlarda yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida,

bronxial astmada (chunki o‘rtacha spazmalitik ta’sirga ega).

Noxush ta’siri: dispepsiya, ba’zan bezovtalanish, bosh aylanish, uyquni buzilishi;

Bezovtalanish va qo‘zg‘alish bilan kechuvchi ruxiy xastaliklarda qo‘llash mumkin emas.

Nafas olishni reflektor (bilvosita) kuchaytiruvchi vositalarga sinokarotid koptokchalardagi

N-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘otuvchi s i t i t o n va l o b e l i n kiradi. Ikkala preparat-ning

ham ta’siri qisqa (10-20 min.).Faqat venaga sekin (1 ml.ni 1-2 minut davomida) kiritiladi,

chunki tez kiritilsa apnoe bo‘lishi mumkin.Bu preparatlarni reflektor qo‘zg‘oluvchanlik

saqlangan xoldagina nafas analeptigi sifatida qo‘llash kerak.Masalan: chaqaloqlar asfiksiyasi,

is gazi bilan zaxarlanganda infeksion kasalliklarda, shok (karaxtlik) va shu kabi xolatlarda.

Simpatik gangliyalarning va buyrak usti bezining mag‘iz qismini ham ushbu prepa

ratlar qo‘zg‘otadilar va qon bosimini oshiradilar. Sititonni qon aylanish tezligini o‘lchash

uchun ham qo‘llash mumkin (tomirga kiritilgan vaqtdan, to birinchi chuqur nafas olguncha).

Aralash ta’sir mexanizmiga ega preparatlarning bosh miya markaziga bevosita qo‘zg‘otuvchi

ta’siri ularning reflektor (karotid koptokchalarining ximioretseptorlari) ta’sirlari bilan

birgalikda kechishidan iborat. Masalan K o r d i n a m i n .,K a r b o n a t a n g i d r i d i

(CO2). Ma’lumki CO2 nafasni fiziologik stimulyatori (kuchaytiruvchi), modda

almashinuvi-ning oxirgi maxsulotlaridan biridir. Nafaqat nafas, balki qon aylanishini ham

boshqa-rishda katta ahamiyatga ega. SO2 ning xavodagi miqdori odatda 0,03 % tashkil

etadi.Uning katta konsentratsiyasi bilan nafas olinsa alveolalarda va shunga mos ravishda

qondapreparatning miqdori ortadi va nafas soni xamda uning chuqurligini ortishi xisobiga

o‘pkani ventelyasiya xajmi ortadi. Masalan: xavoda SO2 ning miqdori 3% gacha oshirilsa

o‘pka ventelyasiyasi xajmi 2 marta ko‘payadi.

Ta’sir mexanizmi: nafas markazini bevosita qo‘zg‘oatish bilan birga sinokarotid koptok

chadagi ximioretseptorlarni qitig‘lab nafas markazini reflektor yo‘l bilan ham qo‘zg‘ota- di.

Tabobatda “KARBOGEN” qo‘llaniladi.U 5-7% CO2 va 93-95% O2 iborat gaz aralashma

sidir. Karbogen bilan nafas olinsa sog‘lom odam nafasi 5-8 marta ortadi. Nafasni kuchay

tirishi odatda birinchi 5-6 daqiqada rivojlanadi va bir vaqtning o‘zida umumiy va miyada

(qon tomirlar kengayadi) qon aylanishi yaxshilanadi, qon bosimi ortadi.- 266 -




Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling