I.Bronxlarni bo‘shashtiruvchi vositalar (bronxolitiklar)
1.Betta ikki adrenoretseptorlarni stimullovchi moddalar (izadrin, orsiprenalin
sulfat, salbutamol, fenaterol, terbutalin, adrenalin, efedrin)
2. M- xolinoblokatorlar (atropin sulfat, metatsin, ipratropiya, bromid,
troventol, soventol)
3. Miotrop ta’sirli spazmolitiklar (teofillin, eufillin , diprofillin)- 271 -
P.yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi ta’sir etuvchi vositalar.
1.Streoid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalar (gidrokortizon,
deksametazon, tramsinolon, beklometazon, budesonit, flyutikazon)
2.Allergiyaga qarshi vositalar (kromolin natriya, ketotifen)
Bronxospazmalarni bartaraf etishda bronxlarning betta ikki adrenoretseptorlarini qo‘z-g‘otish
yaxshi natija beradi.Bu preparatlar adenilatsiklaza faolligini oshirib xujayra ichkarisida
sAMF miqdorini ko‘paytiradilar.Natijada xujayra ichidagi Ca++ ionlari miqdori kamayadi va
silliq mushaklar tonusi pasayadi. Bir vaqtning o‘zida “semiz” xujay- ralardan bronxiolalarni
spazmini chaqiruvchi moddalarning (gistamin, MRS-A- allergiyaning sekin ta’sir etuvchi
substansiyasi, LTS4, LTD4 va LTE4 -leykotrenlar) ajralishi kamayadi.
Isadrinum—betta bir va betta ikki adrenoretseptorlarni qo‘zg‘otib bronxospazmni daf etadi.
Tabletka sifatida til ostiga qo‘yiladi yoki ingalyasion yo‘l bilan qo‘llaniladi. Arterial qon
bosimini o‘zgartirmasa ham yurakning qisqarish kuchi va sonini oshiradi Aritmiya
rivojlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |