KARBOTSISTEIN (mukodin, bronxokod) preparati tuzilishi va ta’siri bo‘yicha atsetil
sisteinga o‘xshash.
Bromhexinum - sintetik modda.Shilliq tarkibidagi mukoprotein va mukopolisaxarid
tolalarini depolimerizatsiyalab balg‘amni suyultiradi va qovushqoqligini kamaytirib
ajralishini osonlashtiradi. Bundan tasho‘ari kuchsiz darajada yo‘talni kamaytiradi. Ikkala
preparat xam o‘pka alveolalarida surfaktant, immunologbulin G, lizotsim miqdorini
oshiradilar.Parenteral, enteral va ingalyasiya yo‘li bilan qo‘llash mumkin. MIT dan yaxshi
suriladi lekin biologik o‘zlashtirish (ya’ni preparatning ta’sir ko‘rsatadigan a’zoga etib
boruvchi qismi ) kam taxminan 20%, chunki tez parchalanadi, asosan jigarda faol meta bolit
ambroksolga aylanadi. Ikkalasi xam zardob oqsillari bilan bog‘lanadi (80-90 %). To‘qimalar
va suyuqliklarga (likvor, sut) yaxshi o‘tadi.Ichilgandan so‘ng ikkala preparatning xam ta’siri
1-2 soatdan keyin boshlanadi va 6-12 soat davom etadi. Ambroksolni biologik o‘zlashtiri-lish
darajasi bromgeksinnikidan yuqori-70% .Ambroksol jigarda biotransformatsiyaga uchraydi
va dibromantranil kislotasi va uning glyukuronidlari xosil bo‘ladi. Metabolit lar asosan
peshob tarkibida ajraladi. Preparatning T1/2 qonda taxminan 1-soat,to‘qimalarda 7-15 soat.
Atsetilsisteinga
o‘xshash ko‘rsatmalar bo‘yicha
qo‘llaniladi.
Antibakteri
al,bronxodilyatatorlar bilan birgalikda qo‘llash mumkin. Noxush ta’siri:davomli qo‘l
langanda dispepsiya, me’da va 12 –barmoq ichak yara xastaligini kuchayishi. Ba’zan allergik
reaksiyalar. Tomirga kiritilsa gipotenziya, xansirash gipertermiya isitmalash chaqirishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |