BEVOSITA TA’SIR ETUVCHI BALG‘AM KO‘CHIRUVCHI
VOSITALAR.(mukolitiklar)
Ushbu gurux preparatlarning balg‘am ko‘chirish xossasi ichilgandan so‘ng (rezorbtiv ta’sir)
bronx bezlarining maxsuloti tarkibida ajralgandan so‘ng yuzaga chiqadi.Unda ular bezlar
sekretsiyasini oshiradi va balg‘am suyuqlashadi. Shu bilan bir qatorda ular ta’sirida bronx
epiteliysini kipriksimon o‘simtalarining xarakati kuchayadi, balg‘am xalqum to-mon tezroq
suriladi. Demak, mukolitik preparatlarning asosiy xossasi balg‘amni suyul-tirish (eritishdan)
tufayli, uning yopishqoqligini kamaytirishdan iboratdir. SHu sabab-li bu gruxga ba’zi
fermentlar ham kiradi. Lekin mukolitik preparatlarning ta’sir me-xanizmi har xil
bo‘lganligidan ularning samaradorligi balg‘am turiga ko‘ra bir xil emas. O‘pka xastaliklari
tabobat amaliyotida ko‘p uchraydi, shuning uchun yuqori nafas yo‘llarini balg‘amdan xalos
etish katta axamiyatga ega. Buning uchun juda ko‘p preparatlar tavsiya etil gan bo‘lib,
statsionar va ambulator amaliyotda xam keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |