Mavzu: Bo`g`im turlari. Organizmdagi bo`g`imlarning harakati


Download 19.57 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2023
Hajmi19.57 Kb.
#1135921
  1   2   3   4
Bog'liq
Bo`g`im turlari. Organizmdagi bo`g`imlarning harakati


Mavzu: Bo`g`im turlari. Organizmdagi bo`g`imlarning harakati
Kuzda ba’zi kasalliklar qo‘zg‘alishidan xabardormiz. Havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadigan shamollash va yuqumli kasalliklardan tashqari, bo‘g‘im xastaliklari ham ayni shu davrda bosh ko‘taradi. Ular sirasiga bod (revmatizm), artrit, osteoartroz, bo‘g‘im (larning) yemirilishiga olib keladigan yuqumli va tug‘ma kasalliklar kiradi.
Bo‘g‘imlarga shikast yetkazadigan yana bir kasallik mavjud. U ilmiy tilda ankilozlashgan spondiloartrit deyiladi. Uning yana bir nomi bor: Bexterev kasalligi.
Kasallik mashhur rus olimi, iqtidorli nevropatolog V.M.Bexterev sharafiga qo‘yilgan. Mazkur kasallik nafaqat qo‘l-oyoq, balki umurtqa bo‘g‘imlarini zararlab, harakatning cheklanishiga olib keladi.
Kasallikni sharhlashdan avval bo‘g‘imlarning vazifasi va ularni sog‘lom saqlash uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligi haqida ma’lumot bersak.
Bo‘g‘im o‘zi nima?
Tanamizda suyaklardan mustahkamroq a’zo yoxud to‘qimaning o‘zi yo‘q. Ularni bir-biriga biriktirib turuvchi va harakatimizni belgilab turadigan bo‘g‘imlarni aytmaysizmi? Ular yordamida qo‘l-oyoqlarni egib-rostlashimiz, ikki tomonga aylantirishimiz mumkin. Har bir odamda naq 187 dona bo‘g‘im mavjud. Bo‘g‘imlarni suyaklar birlashgan joylarda topasiz. Ular uchga bo‘linadi.
Birinchilari suyaklarning bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Misol uchun, tirsak, tizza, barmoq bo‘g‘imlari, elka va tos-son bo‘g‘imlari doimiy harakatda bo‘ladi.
Ikkinchi guruhdagi bo‘g‘imlar esa qisman harakatda bo‘ladi. Ularga umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlari kiradi.
Uchinchi guruh bo‘g‘imlar umuman harakatlanmaydi. Ular bosh miyani o‘rab turuvchi kalla suyagi bo‘g‘imlaridir.
Bo‘g‘imlar bir-biriga ishqalanib turganligi uchun harakatlanishimizni bilasizmi?
Bu holat kuch bilan 5 10 daqiqa davom etsa bormi, suyaklardan asar ham qolmasdi. Baxtimizga bo‘g‘imlarimiz maxsus suyuqlik bilan namlanib, parchalanishdan saqlanadi. Bu suyuqlikning miqdori atigi 0,1-4 millilitr bo‘lsada, bemalol harakatlanishimiz, uy yumushlarini bajarishimiz, kerak bo‘lsa, sport bilan muntazam shug‘ullanishimiz uchun etib ortadi. Olimlar uni sinovial suyuqlik deb nomlaydi. U bo‘g‘imlar joylashgan kapsulada bo‘lib, harakat paytida bo‘g‘imlarni namlab turadi. Kapsula suyaklar bilan birlashadi.

Download 19.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling