Nafas olishni kuchaytiruvchi vositalar


Download 30.24 Kb.
bet10/20
Sana08.01.2022
Hajmi30.24 Kb.
#243342
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
NAFAS OLISHNI KUCHAYTIRUVCHI VOSITALAR

Acetylcysteinum . Sistein aminokislotasining xosilasi, kuchli mukolitik ta’sirga ega.

Balg‘amni suyuqlashtirib, yallig‘lanishni kamaytiradi. Bir vaqtning o‘zida yiringni ham

suyultiradi.- 269 -

Ta’sir mexanizmi: preparat tarkibidagi erkin sulfgidril radikallar (SH) balg‘am tar-kibidagi

nordon mukopolisaxaridlarning disulfid bog‘larini uzib tashlaydi, natijada mukoproteinlar

depolimerazatsiyalanadilar va balg‘amning qovushqoqligi kamayadi. Prepa-ratni ingalyasiya

yo‘li bilan traxeyaga kiritiladi, agar iloji bo‘lmasa (bexush, koma, nafas yo‘llarining

travmasi) mushak ichiga kiritiladi .

Qo‘llashga ko‘rsatmalar: quyuq balg‘am ajralishi bilan kechuvchi o‘pka va nafas

yo‘llarining xastaliklarida, ayniqsa yiring aralashgan xollarda masalan: o‘tkir va surunkali

bronxit lar, zotiljam, bronxoektaziya, mukovissidoz, yiringli bronxitlar bilan asoratlangan

bronxial astma, o‘pkada operatsiyadan keyingi davrda asoratlarni oldini olish uchun.

Bronxografiyadan keyin kontract moddani ajralishini tezlashtirish uchun.

Noxush ta’siri:ba’zan ko‘ngil aynash (preparatning o‘ziga xos xidi tufayli) yoki bronxo

spazm chaqirish mumkin.

Davomli qo‘llanganda jigar va buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak.O‘pkadan qon ketish

xavfi bo‘lganda, buyrak va jigar xastaliklarida extiyot bo‘lib qo‘llash kerak. Preparat metal

buyum va asboblarga tegsa sulfidlar xosil qiladi. SHu sababli shisha idishlardan foydalanish

kerak. Atsetilsistein MITdan yaxshi suriladi lekin preparatning juda ko‘p qismi (90%) jigarda

tez parchalanib ketadi. Atsetilsistein jigarda parcha-lanib aktiv metabolit sistein xosil

bo‘ladi.U safro tarkibida ajraladi. SHuning uchun ingalyasiya, ba’zan parenteral yo‘l bilan

kiritiladi.Ushbu preparatni antibiotik va proteolitik preparatlar bilan birga qo‘shib qo‘llash

mumkin emas, chunki preparat inaktivasiyaga uchraydi. Xozirda davomli ta’sirli, ichiladigan

atsetilsistein - long sintezlangan.


Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling