Qo‘llashga ko‘rsatmalar:-o‘pka orqali ajraluvchi moddalar bilan zaxarlanganda ( ularni
eliminatsiyasini oshirish uchun )
- kollapslarda (bradikardiya, sistolik xajmi oshadi, arterial bosim oshadi).
- narkotik analgetiklar, is gazi bilan zaxarlanganda
- chaqaloqlar asfiksiyasida
- operatsiyadan keyingi davrda atelektazni oldini olish uchun
CO2 katta miqdori bilan ko‘p nafas olinsa zaxarlanish yuzaga keladi. Bunda atsidoz kuchli
xansirash, es xushni yo‘qotish, tirishish, koma, nafas markazining falaji rivojlanadi.
CO2 ni maxalliy qo‘zg‘otuvchilik ta’siri me’da shirasini sekretsiyasini oshirishda ham
qo‘llaniladi (gazli ichimliklar, mineral suvlar ovqat xazm bo‘lishini va so‘rilishini
kuchaytiradi).CO2 terini xam qitig‘lab to‘qimalar trofikasi va yurak tomir sistemasini
yaxshilaydi (CO2 vannalar asab, yurak- tomir xastaliklarida ).
CO2 qattiq xolda ( quruq yax) krioxirugik muolajalarda qo‘llaniladi (so‘gal, terining boshqa
o‘simtalarini yo‘qotish uchun).
Do'stlaringiz bilan baham: |