31. Quyidagi qaysi misollar divergensiya hodisasiga mos kelmaydi?


Download 54.66 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi54.66 Kb.
#1391964
Bog'liq
2 5217559252234668122


BIOLOGIYA
31. Quyidagi qaysi misollar divergensiya hodisasiga mos kelmaydi?
1) yovvoyi bankiv tovug‘idan sertuxum zotlarning kelib chiqishi; 2) yovvoyi kaptar turidan kaptar zotlarining yaratilishi; 3) oddiy va xaltali krotning tashqi tomondan o‘xshashligi; 4) akula va ixtiozavr tanasining suyri shaklida bo‘lishi; 5) ixtiozavr va delfinning tana tuzilishining o‘xshashligi;
6) karam navlarining yovvoyi karam turidan kelib chiqishi.
A) 3, 4, 5 B) 3, 5, 6 C) 1, 2, 6 D) 1, 3, 4
32.Ilk bor moluskalarda paydo bo‘lgan belgilarni ko‘rsating? 1) ochiq qon aylanish sistemasi 2) yopiq qon aylanish sistemasi 3) yurak 4) so‘lak bezlari 5) jigar 6) buyrak 7) nafas olish organi 8) sezgi organlari
9) tashqi urug‘lanish A) 1,3,4,5,6,8 B) 2,3,4,5,6,9 C) 1,3,4,5,6,7 D) 1,3,4,5,6,9
33.Chakka suyagi qaysi suyaklar bilan chegaralangan.
1) yanoq suyagi; 2) tepa; 3) ensa; 4) yuqori jag’; 5) pastki jag’; 6) peshona
A) 1,4,5 B) 2,3,4 C) 4,6 D) 2,3,5
34.O`simlik-quyon-tulkidan iborat oziq zanjirida o`simlik biomassasi 25000kg. Bitta tulkining massasi 6kg ortgan bo`lsa, populatsiyadagi tulkilar sonini aniqlang.
A)10 B)20 C)100 D)tjy
35. O’simliklardagi suv tanqisligiga moslanishlar noto’g’ri berilgan javobni toping.
1) machin mevasining suv yuqtirmaydigan qobiqqa ega bo’lishi; 2) alp o’simliklarida bargning so’liganligi; 3) qorabaroqning sho’rlangan tuproqda o’sishi; 4) sershox qirqbo’g’im sporafilining boshoqda halqa hosil qilib joylashganligi; 5) plaunlarda suvni ko’p yo’qotganda ham hayot faoliyatini saqlanishi; 6) otquloqda barg sathining katta bo’lishi; 7) zuhrasoch anteridiyasida ko’p xivchinli spermatozoidning yetilishi; 8) sigirquyruqda bargning qalin tuklar bilan qoplanganligi; 9) yaltirboshda vegetatsiya davrining qisqa
bo’lishi
A) 1, 3, 8, 9 B) 2, 3, 5, 6 C) 2, 5, 8, 9 D) 1, 4, 6, 7
36.Hayvonlar haqida to`g`ri fikirni aniqlang.
1.Daryo qisqichbaqasi urg`ochisining qorin qismi boshko`krakka nisbatan kengroq bo`ladi
2.Chuchuk suv tikan balig`iling erkagi urchish davrida suv o`tlaridan uya yasaydi
3.Erkak baqalarning boshini ikki yonida rezanator bo`ladi
4.Yo`rg`a tuvaloq yirtqich hayvonlarni e`tiborini tortish uchun nayrang ishlatadi.
5.Erkak tuya qushning patlari qo`ng`ir-kulurang tusda bo`lganidan cho`l manzarasida uzoqdan ko`zga tashlanmaydi 6.ishchi arilar partanagenez usulida rivojlangan voyaga yetmagan urg`ochilardir
A)2,3,4 B)2,4,5 C)3,5,6 D)5,6
37.Gekkonning embrional rivojlanish ketma-ketligini aniqlang.
1.suyak 2.zigota 3.blastamer 4.blastula 5.nerv nayi 6.Eritrositlat tarkibiga kiruvchi gemoglobin oqsilini sintez bo`lishi 7.gastrula 8.ektodermani hosil bo`lishi
A)2,3,4,7,8,6,5,1 B)2,3,1,6,5,4,7,8
C)3,2,4,5,6,8,1,7 D)2,3,4,8,5,6,1,7
38.DNK 3/12 qismidan hosil bo`lgan aminokislota va DNK nukleotidlari farqi 1510 ta bo`lsa DNK
T nukleotidlari 15% tashkil qilsa A-T orasidagi vodorod bog`lar sonini aniqlang.
(nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm)
A)963 B)244 C)tjy D)1024
39.Turlarning politipikligini (I) va poliploidligini (II) ifodalaydigan hodisalarini aniqlang. 1) yetti nuqtali tugmachaqo‘ng‘izning 5,5-8 mm gacha bo‘lgan formalarining uchrashi; 2) ikki nuqtali xonqizining qizg‘ish va qoramtir formalarining mavjudligi; 2) ikki nuqtali xonqizining qizg‘ish va qoramtir formalarining mavjudligi; 3) xrizantema o'simligida 18, 36, 90 xromosomali turlarining uchrashi; 4) iloq avlodida 12-43 xromosomali 1turlarining uchrashi
A) 1-1; II-4 B) 1-4; II-l C) 1-3; 11-2 D) 1-3; II-4
40.Timin va guanin nukleotidlari soni 1:2 nisbatda bo‘lgan DNK fragmentidagi oqsil sinteziga javobgar gendan 87 ta peptid bog'iga ega bo'lgan oqsil hosil bo‘ldi. Ushbu DNK fragmentidagi A-T orasidagi vodorod bog’lar sonini aniqlang? A) 176 B) 704 C) 528 D) 522
41.Odamda interferon oqsilining hosil bo‘lishi dominant autosoma geniga bog'liq. Epilepsiya (tutqanoq) kasalligi esa X xromosomaga bog‘liq dominant belgi hisoblanadi. Ona digeterozigotali, ota dominant genlarni faqat onadan olgan bo'lsa, ushbu oilada tug'ilgan interferon oqsilini sintezlay olmaydigan farzandlarning necha foizi epilepsiya bilan kasallangan bo‘ladi?
A) 75 B) 25 C) 91,67 D) 56.25
42.Quyidagi berilgan hujayralarning qaysilari 24 tadan xromosomaga ega?
1) no‘xatning barg og’izchalarida; 2) shimpanzening jinsiy hujayrasida; 3) olxo’rining mikrospora hujayrasida; 4) tamaki diploid navining endosperm hujayrasi; 5) no‘xatning ildiz qinchasining so’ruvchi hujayralarida;
6) bug‘doy diploid navining barg eti hujayrasi.
A) 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 4, 6 D) 2, 3, 4
43.Quyida berilgan o‘simliklarga xos to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) sholi; 2) arpa
A) 1 — shingil to’pguli boshoqchalardan iborat; 2 — vatani Abissiniya markazi
B) 1 — vatani Janubiy Osiyo tropik markazi; 2 — Yog’och poyaga ega
C) 1- shingil to ‘pguli boshoqchalardan iborat; 2 — murtagi ildizcha, poyacha, kurtakcha va ikkita urug‘pallabargdan iborat
D) 1- mevasi k o ‘p urug‘li dukkak, poxol poyaga ega; 2 — shingil to ‘pguli boshoqchalardan iborat
44.Erkak va urg‘ochi qush tanasining birgalikdagi og'irligi 260 g. Erkagining massasi urg‘ochisinikidan 20 g ko‘p. Erkagining massasi 152 g ga yetishi uchun yana qancha g hasharot bilan oziqlanishi kerak?
A) 120 B) 170 C) 80 D) 150
45.Odamda qonning yo‘nalishi to‘g‘ri ko‘rsatilganjavobni aniqlang.
A)Bo‘lmachalar qisqarganda tavaqali klapanlarochiladi va qon qorinchalarga o ‘tadi
B)Qorinchalar qisqarganda tavaqali klapanlar ochiladi va qon chap qorinchadan o ‘pka arteriyasiga chiqadi
C)Bo‘lmachalar qisqarganda yarim oysimon klapanlar ochiladi va qon qorinchalarga o ‘tadi
D) Qorinchalar qisqarganda tavaqali klapanlar ochiladi va qon arteriya tomirlariga chiqadi
46.Kaltakesakda tangachalarning tekis\ taqsimlanishi va tanasining kulrang bo‘lishi tangachalarning notekis va tanasi yashilbo'lishiga nisbatan dominantlik qiladi. Bu belgilar faqat jinsiy X xromosomada birikkan holda irsiylanadi. Tangachalari tekis taqsimlangan yashil urg‘ochi organism digeterozigotali (dominant belgilarni faqat otasidan, yoki onasidan olgan) erkak kaltakesak bilan chatishtirilsa, nasllarning necha foizi kulrang, tangachalari tekis taqsimlangan bo‘ladi? (Krossingover foizi 8 ga teng.)
A) 48 B) 27 C) 69 D) 4
47.To’g’ri fikrni aniqlang.
A)no’xatsimon va yong’oqsimon tojli tovuqlar chatishsa oddiy tojli tovuqlar olish mumkin
B) oddiy va no’xatsimon tojli tovuqlar chatishsa yong’oqsimon tojli tovuqlar olish mumkin
C) oddiy va yong’oqsimon tojli tovuqlar chatishsa yong’oqsimon tojli tovuqlar olish mumkin
D) tjy
48.Assidiya individual rivojlanish jarayonida xordasi yo’qolidi, nerv nayi alohida hujayralarga parchalanib, natijada fagasitlar hosil qilidi, o’troq hayot kechirishga o’tadi. Bu o’zgarishlar nimaga misol bo’ladi?
A) ontogenetic o’zgaruvchanlik, regressive metamorfoz, modifikatsion o’zgaruvchanlik
B) idioadaptatsiya,biologic regress, umumiy degeneratsiya
C) umumiy degeneratsiya, biologic regress
D) biologic progress, ontogenetic o’zgaruvchanlik, regressive metamorfoz
49.O’simlik bargida fotoliz jarayonidan so’ng 20 ta gidroksil ionlari hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan vodorod ionlari qorong’ulik fazasiga yo’naltirilsa, shu fazada glukozadan tashqari qancha (mol) fosfat kislota (I) hamda dastlabki fotoliz jarayonidan so’ng yana necha (gr) suv (II) hosil bo’lishini aniqlang;
A) I-20; II-200 B) I-15; II-200
C) I-20; II-180 D) I-15; II-180
50.G’izolga xos belgi xossalarni aniqlang 1.cho’llarda yakka, juft-juft, poda hosil qilib yashaydi 2.adirda yakka, juft-juft, poda hosil qilib yashaydi 3.himoya rangiga ega 4.go’shti mazali 5.cho’llarda ovlanadi 6.oshqozoni 4 bo’lmali 7.oyoqlari uzun
A)1,2,5,6,7 B)1,4,6,7 C)1,4,5,6,7 D)3,4,6,7
51.Yong'oq, na'matak, qulupnay, shirinmiya kabi o'simliklarni umumiy birlashtiruvchi xususiyatni toping? A)bir oilaga mansub B) hayotiy shakllari bir xil C) barg bandida bir necha bargchalar tutadi D) vegetativ kurtaklari keyin ochiladigan o'simliklar
52. Zog’ora baliqning skeletni asosini tashkil qiladiga suyak haqidagi malumotlarni aniqlang.
A) bu suyak suzgichlarning kamar skeleti hisoblanib ,ularning soni 3 juft
B)to’liq harakatsiz birikkan bo’lib,ularning qo’shilishidan umurtqa nayi hosil bo’ladi
C) maksimal 84 ta minimal 78 ta umurtqa yoylari umurtqa nayini hosil qiladi
D)barcha javoblar to’g’ri
53. Tarkibida olma kislotasi bo’lgan o’simlik(lar) ning gullari haqidagi malumotni aniqlang.
A)to’g’ri ,ikki jinsli,hasharotlar yordamida changlanadi,gullari oddiy shingilda joylashgan.
B)qiyshiq,ayrim jinsli,murakkab shingilda joylashgan.
C)ikki jinsli,qalqon to’pgulda joylashgan,murakkab shingilda joylashgan.
D)chin meva va qo’zoqcha
54.Quyida keltirilgan organizmlarning odam bilan o'zaro munosabati to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
a) og'iz amyobasi; b) ichburug' amyobasi
1) simbioz - kommensalizm; 2) antibioz - o‘zaro raqobat;
3) neytralizm - hamtovoqlik; 4) antibioz - parazitizm;
5) simbioz - sinoykiya; 6) simbioz - parazitizm
A) a - 3; b - 4 B) a - 1; b - 4 C) a - 5; b - 2 D) a - 3; b – 6
55.To'g'ri fikrni aniqlang?
A) xongulda Mg elementi biologik katalizatorlar tarkibiga, xolmonda xlorofill pigmenti tarkibiga kiradi
B) tereska hujayrasida uglevod, teresken hujayrasida oqsil ko'p bo'ladi
C) yaguarda gastrulatsiya qat-qat joylashadi, kazuarda botib kirish bilan amalga oshadi
D) ko'lbuqada sitokinez markazda ferment hosil bo'ladi, ko'l baqada sitokinez hujayra o'rtasidan botiqlik xosil
bo'ladi.
56.. Qaysi organizmlarning oldingi va orqa oyoqlaridagi barmoqlar soni teng bo'lmaydi?
1) kanna; 2) jo'rji; 3) agama; 4) baqa; 5) qarchig'ay;
6) karkidon; 7) gaaga
A) 1, 4, 7 B) 2, 3, 5 C) 4, 5, 7 D) 1, 3, 6
57. A o'simlikning murtak xaltasi va B o'simlikning endospermasidagi xromosomalar yig'indisi 180 ta.
Ularning anafaza yakunidagi xromosomalar yig'indisi esa 140 ta bo'lsa, B o'simlikning arxeosporasidagi
xromosomalar sonini aniqlang.
A) 40 ta B) 36 ta C) 52 ta D) 90 ta
58. Dorivor xususiyatga ega bo'lgan to'g'ri gulli (a) va qiyshiq gulli (b) o'simliklarni aniqlang.
1) na'matak; 2) ermon shuvog'i; 3) dorivor gulxayri; 4) jag'-jag'; 5) qoqio't; 6) burchoq; 7) zangori sachratqi;
8) yerbag'ir tugmachagul
A) a - 1, 4; b - 2, 6 B) a - 3, 8; b - 2, 5
C) a - 1, 3; b - 4, 5 D) a - 2, 4; b - 5, 7
59. Tovuqlarda erta pat hosil qilish va chipor rang kech pat hosil qilish va qora rangga nisbatan dominantlik qiladi. Bu belgilar ni ifodalovchi noallel genlar autosomada birikkan holda irsiylanadi. Digeterozigota organizmlar chatshtirilganda kech pat hosil qiladigan qora rangli jo’jalar avlodni necha foizini tashkil qiladi?? (xo’roz bitta dominant genni otasidan, ikkinchisini onasidan olgan, krossingover 20%)
A) 5% B) 20% C) 50% D) 12,5%
60. To’g’ri fikrni aniqlang
A) organizmlar tashqi muhitga harakatlanish orqali javob beradi. O’simliklarda fototropizm, fotonastiya sifatida, sodda hayvonlarda fototaksis sifatida amalga oshadi
B) 20 ta aminokislotani 64 xil triplet kodon kodlaydi
C) har 4-5 sekundda orqa miyaning bo’yin va ko’krak segmentidan uzunchoq miyaga impuls o’tkaziladi
D) bitta aminokislotaga bitta triplet mos keladi



Download 54.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling