32-mav zu: 43-44-va 45-mavzu. Quyosh energetikasining ijtimoiy-ekologik xarateristikalari. Quyosh energetik qurilmalarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Download 230.92 Kb. Pdf ko'rish
|
16-Ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH BILAN BO`G`LIQ EKOLOGIK MUAMMOLAR.
32-mav zu: 43-44-va 45-mavzu. Quyosh energetikasining ijtimoiy-ekologik xarateristikalari. Quyosh energetik qurilmalarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari. 32.1. Energetika va ekologiyaning o„zaro ta‟siri natijasidagi muammolar. 32.2. Quyosh energetika rivojining ekologik oqibatlari. Quyosh energetikasining atrof muhitga ta‟siri. 32.3. Quyosh energetik qurilmalardan foydalanishda ekologik ko„rsatkichlar o„zgarishi. 32.4. Energetika va ekologiyaning o„zaro ta‟siri natijasidagi muammolar. 32.5. Quyosh energetika rivojining ekologik oqibatlari. Quyosh energetikasining atrof muhitga ta‟siri. 32.6. Quyosh energetik qurilmalardan foydalanishda ekologik ko„rsatkichlar o„zgarishi. Energetika va ekologiyaning o‘zaro ta’siri natijasidagi muammolar. Quyosh elektr stansiyalari bulutli ob-havo sharoitida yomon ishlaydi, kechqurungi qorong„ulik uning salbiy tomoni hisoblanadi. Afsuski shamoldan ham, quyoshdan ham elektr energiyasi iste‟molchilarining talab va ehtiyojlariga bog„liq holda foydalanib bo„lmaydi. Issiqlik yoki atom elektr stansiyasilarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashqi faktorlarga bog„liq emas va doimo o„zgarmasdan qoladi. Ushbu elektrostansiyalarni osonlik bilanboshqarish mumkinligi ularning ustun tomonlaridan dalolatdir. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi mazkur muammoni faqatgina kata energiya akkumulyatorini qurish, elektr energiyasi oz miqdorda ishlab chiqarilgan paytda, zaxira manbadan qo„shimcha ta‟minlash orqali hal qilish mumkin. Ammo bu holda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan butun tizimning juda qimmatlashuviga olib keladi. ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH BILAN BO`G`LIQ EKOLOGIK MUAMMOLAR. Tabiat bilan jamiyat o„rtasidagi munosabatlarning buzilishi har xil ekologik ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Xususan, Amudaryo quyi qismida hosil qilingan ekologik fojia, ya‟ni har xil o„ta zaharli moddalarning dehqonchilikda ishlatilishi, daryo suvlaridan to„g„ri foydalanmaslik, mineral o„g„itlardan foydalanishning buzilishi, yerlarning ko„plab o„zlashtirilishi, to„qayzorlarning yo„qolishi, ko„llarning quritilishi mintaqada ekologik muvozanat buzilishiga olib keldi. Ha, tabiat bitmas-tuganmas xazina, undagi jonsiz va jonli tabiatni, turli-tuman o„simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh avlodning tabiatdagi xilma-xillikni, ular o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni to„g„ri tushunishida muhim manba bo„lib xizmat qiladi. Ammo tabiatni muhofaza qilishga e‟tibor bermaslik yoki uni ikkinchi rejaga surishning o„zi insoniyatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash bo„yicha uzoq muddatga tuzilgan rejaning bajarilishiga to„sqinlik qiladi, xuddi shuningdek, u sanoatni har xil mahsulotlar bilan ta‟minlashni buzadi va oqibatda odamzodning yashashi uchun zarur bo„lgan sharoitning yomonlashishiga olib keladi. Ekologik muammolar qachonlardir milliy va mintaqaviy muammolardan chiqib butun insoniyatning muammosiga aylangan. Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir. Sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko„p jihatdan ekologik muammoning hal qilinishiga bog„liqdir. Hozir sayyoramizda quyidagi global ekologik muammolar o„z yechimini kutmoqda: O„zbekiston Respublikasi dunyodagi barcha mamlakatlar, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlik va hamjihatlikda tabiatni, atrof muhitni himoya qilish, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalalariga kata e‟tibor va ahamiyat berib kelinmoqda. Buning natijasi o„laroq, atrof-muhitni muhofaza qilishni ta‟minlashga qaratilgan qonun hujjatlari Respublikamizda ko„plab qabul qilingi. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida belgilab qo„yilganidek “Fuqarolar atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga majburdirlar”. Shunga o„xshagan boshqa bir qator murakkab muammolar tufayli dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi sekin kechmoqda. Chunki qazilma yoqilg„ini olib yoqish hali ham oson va arzon. Qayta tiklanuvchan energiya manbalari haqida fikr yuritishdan oldin bunday tushuncha fanga qachon va qanday kirib kelganligi haqida ma‟lumotga ega bo„lish maqsadga muvofiqdir. Buning tarixi uzoq, qadimda neft va gaz kashf etilmagan sharoitda ham insonlar quyosh nuridan suv isitish, quritish va boshqa ishlarda foydalanishgan. Qayta tiklanuvchi energiya tushunchasi fanda o„tgan asrning boshlarida qo„llanila boshlandi. Buning asosiy sabablari shundaki neft, gaz, ko„mir zaxiralarining ma‟lum bir davrdan so„ng tugashini insonlar tushunib etib, energiya olishning qayta tiklanuvchi yo„llarini qidira boshladi. Undan tashqari, yoqilg„ilardan chiqayotgan million tonnalab CO 2 uglerod gazi ozon qatlami emirilishiga sabab bo„lmoqda. Jahonda birinchilardan bo„lib qayta tiklanuvchi energiyadan Yaponiya, Germaniya va boshqa davlatlarda keng foydalanila boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri bu davlatlarda yoqilg„i qazilma boyliklari deyarli yo„q. 2011 yilda Yaponiyada bo„lgan tabiiy ofat natijasida atom elektr stansiyalari hamda yirik to„g„onlardan foydalangan holda elektr energiya olishdan voz kechilib, energiya olishning qayta tiklanuvchi yo„llariga o„tilmoqda. - O„zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya borasidagi ilk tajribani kimlar o„tkazgan? - O„zbekistonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni birinchilardan bo„lib akademiklar Ubay Oripov, Sodiq Azimovlar 1950-yillardan boshlab uylarni isitish, issiq suv bilan ta‟minlash uchun quyosh kollektorlarini ishlab chiqdi va bir necha uylar qurilib tajriba sinovlari o„tkazilgan. Jahonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishda quyidagi mamlakatlar etakchilik qilmoqda: Dunyoning 37 mamlakatida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid qonun qabul qilingan, 70 ga yaqin mamlakat qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ishlash hajmini ko„paytirishga harakat qilmoqda. Hozirgi kunda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish bo„yicha Germaniya, YAponiya, Xitoy, Ispaniya va AQSH davlatlari etakchilik qilmoqda. Germaniya atom elektr stansiyalaridan foydalanishdan voz kechmoqda, 2020-yilgacha elektr energiyaning 20 foizini qayta tiklanuvchi energiyadan olishni rejalashtirgan, har yili esa 100 ming uyning tomini quyosh panellari bilan qoplamoqda. Bunday usuldan foydalanish har tomonlama qulaylik tug„diradi, hech qanday ortiqcha joy talab qilmaydi, aksincha tom bekiladi va uyni xohlagan vaqtda isitish, xonadon ehtiyojini to„laligicha elektr energiya bilan ta‟minlash mumkin. Ko„pgina davlatlarda shamol energetikasi qurilmalari dengiz bo„ylariga o„rnatilmoqda. Shveysariyada yo„lovchilarni tashish avtobuslari bioyonilg„ida ishlaydi. Yaponiya hukumati quyosh energetikasi texnologiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdi. Bugungi kunga kelib, jahonda quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchi quvvatlarni o„rnatish 50 foizga oshdi. Download 230.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling