329 til birligida taqlid so‘zlar
Download 328.28 Kb. Pdf ko'rish
|
yoldosheva-d.-til-birligida-taqlid-sozlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 329 TIL BIRLIGIDA TAQLID SO‘ZLAR Yo‘ldosheva Dilso‘z QarDU tadqiqotchisi. dilsoz.yoldosheva.93@inbox.ru Annotatsiya. Taqlid so‘zlar haqida bugungi kunda tilshunoslikda qarashlar har xil bo‘lib, ba’zi tilshunoslar mustaqil so‘z turkumi sifatida ham yondashmoqda. Taqlid so‘zlarning o‘rganilishi va taqlid so‘zlarga bo‘lgan bugungi kundagi qarashlar va tasniflashdagi farqli o‘rinlar ushbu maqolada yoritilgan. Shuningdek, bu so‘zlar atrofdagi muhitda uchraydigan ovozlarni qayta tiklab, tovush obrazi sifatida, predmetlar harakati tasvirini esa harakat obrazi sifatida ifodalaydi. Kalit so‘zlar: Taqlid so‘zlar, undov so‘z, modal so‘z, holat, harakat, tasviriy so‘zlar. Abstract. Today, linguistic views on sound-imitating words are differint, and some linguists see it as aninderpendent branch of science. Examples of sound words and differences in classification and current views on sound words are discussed in this article. It also reproduces sound found in the environment and presents images of object as movements, and images of object of movement. Key words: Imitation word, exclamation word, modal word,ststus, action, descriptive words. Tasviriy so‘zlar (70-yillar tilshunosligidan boshlab taqlid so‘zlar deb o‘rganiladi) an’anaviy ikki katta guruhga bo‘linadi: 1) Tovushga taqlid so‘zlar. 2) Obrazli (harakat-holatga taqlid) so‘zlar deb o‘rganiladi. Tilimizda tasviriy (taqlid) so‘zlarni tovush, harakat-holat bilan bir qatorda til birligiga ham taqlid so‘zlar mavjudligi zamonaviy tilshunoslik namunasi bo‘lgan “So‘z turkumlari paradigmasidagi o‘zaro aloqa hamda ko‘chish hollari” kitobida ta’kidlanadi. Xususan, asarda quyidagi mulohaza keltiriladi: “Hozirda biz juft so‘zlar sifatida qarayotgan hollarni yangicha qarashlar bilan tahlil qilsak, aslida taqlidiy so‘zlar faqat tovush va harakatga taqlid emas, u til birliklariga ham taqlid shaklida namoyon bo‘lishini ko‘ramiz, ya’ni tilimizdagi non-pon, qip-qizil, kata-matta, ertan-mertan, to‘lab-po‘lab, chalob-palob kabi so‘zlar ham taqlid va so‘zning birikuvidan hosil bo‘lgan va xiralashgan tasviriy so‘zlardir. Til birligiga taqlid bildiradigan so‘zlar juft so‘z sifatida u hech qachon konkret ma’no bermasligi va hech qachon tilda o‘sha holda leksema sifatida uchramasligi va har qanday so‘zga (p), (m) tovushlarini kerakli o‘rinlarda qo‘shish bilan uni taqlidini yasay olinishi fikrimizni isbotlashga harakat qiladi”-deyiladi (Eltazarov J. 2006. 134-b). Tilimizdagi barcha birliklarga bir (p), (m) tovushlari qo‘shilib, takrorlanib taqlid yasalishi bilan bir qatorda, ayrim so‘zlarga (s) tovushi almashib, takrorlanishi natijasida taqlidi yasalishi ham kuzatiladi: Pul-sul, patir-satir kabi. Unli tovush bilan boshlangan so‘zlarda ushbu tovushlar orttirilishi, undosh tovush bilan boshlangan so‘zlarda esa tovush almashishi hodisasi yuz berish natijasida til Download 328.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling