33-dars. (11-sinf). Vii-bo`lim. Tibbiy bilim asoslari


Download 464.75 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi464.75 Kb.
#1789978
Bog'liq
11-sinf. 33-dars. Kengaytirilgan bayonnoma


33-dars. (11-sinf).
VII-bo`lim. Tibbiy bilim asoslari.
3-bob. Yarador bo`lganda va yopiq jarohatlanishlarda 1-tibbiy yordam ko`rsatish.
4-mashg`ulоt. Amaliy. Ko`z, quloq, burun, tomoq jarohatida 1-tibbiy yordam ko`rsatish.
Maqsadi. Oquvchilarga ko`z, quloq, burun, tomoq jarohatida 1-tibbiy yordam ko`rsatishni o`rgatish, ularni qaltis vaziyatlarda o`zini tuta bilish rixida tarbiyalash.
Uslubi. Ko`rsatib tushuntirish.
O`quv savollari. 1. Ko`z jarohatida birinchi tibbiy yordam. 2.Burun jarohatida birinchi tibbiy yordam. 3. Quloq jarohatida birinchi tibbiy yordam. 4. Tomoq jarohatida birinchi tibbiy yordam.
Vaqti. 45 daqiqa.
Joyi. TBA xonasi.
O`MT. CHQBT fani darsligi, jgut, shinalar, qo`lbola vositalar, mavzuga oid plakatlar.


Darsni o`iish tartibi va uslubiy tavsiyalar
Kirish qismi


Asosiy qism.
1-o`quv savoli. Ko`z jarohatida birinchi tibbiy yordam.
Ko`z – odam organizmidagi eng nafis va sezgir organdir. Xattoki arzimagan kattalikdagi narsa ham ko`z konyukturasiga tushib qolsa katta yuqumli yirinli yara hosil qilishi va kozni yoq bo`lishiga olib kelishi mumkin.
Agar ko`zga biror predmet sanchilsa ko`zga sterillangan bog`lm qo`yib qonni toxtatish va zudlik bilan jabrlanuvchini oftalmologga (ko`z mytaxassisiga) olib borish kerak.
Shikastlanmagan ko`zning harakati shikastlnagan ko`z jarohatini murakkablashtirib yuborishi mumkin. Chunki ikkala ko`z birgalikda sinxron harakatlanadi. Shu sababdan bog`lamni ikkala kozga qo`yish kerak.
Ko`zdan begona predmetni o`zboshimchalik bilan olib tashlash mumkin emas. Buni mutaxassislar ixtiyoriga qo`yish kerak.
Bunday holatlarda begona jism atrofiga bint yoki tampondan kolbasa ko`rinishida qilib qo`yish va bog`lmni mahkamlab jilmayigan qilib qo`yish kerak.
Kozga tushgan predmet qirrasiz bo`lsa uni olib tashlash mumkin.
Agar ko`zga zararli suyuqlik (kraska, suyultirgich) kabi narsalar to`1kilib ketsa oddiy suv bilan yuvib tashlash kerak.



1-rasm. Ko`z jarohatida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish.



2-o`quv savoli. Burun jarohatida birinchi tibbiy yordam.
Odamning shilliq parda juda nafis, yupqa bo`lib kapilyar qon tomirlari ko`p joylashgan bo`ladi. Sport bilan shug`ullanishda trvma olish, yiqilib tushish holatlarida burun jarohat olib qon ketishi mumkin.
Burundan qon ketayotganda:
1.Jarohatlangan bolani tinchlantirish kerak.
2.Uni gorizontal holatda yotqizish va boshini pastga tashlash mumkin emas.
3.Uni burniga paxta tampon tiqib qo`yish mumkin emas. Buning uchun 3 foizli vodorod perekisi shimdirilgan tampondan foydalanish kerak.
4.Jarohatlangan bolani holatini taxlil qilib, uni hyotiga xavf soluvchi bosh aylanishi, ko`ngil aynishi bor yoki yo`qligi tekshiriladi.
5.Burunga begona predmet sanchilgan bo`lsa albatta tibbiy yordam punktiga olib borish yoki tez yordamni chaqirish kerak.
6.Birinchi tibbiy yordam ko`tsatilgach 20 daqiqa ichida xam samara ko`rinmasa albatta statsionarga murojaat qilish kerak.


3-o`quv savoli. Quloq jarohatida birinchi tibbiy yordam.
Quloqning eshitish yo`lagi jag`ni pastki qismi singanda, o`qotar quroldan jarohat olganda, bosh chanogi travmasida sodir bo`ladi. Ko`p holatlarda shular sababli quloq pardasi yirtiladi.
Quloqning eshitish yo`lakchasidan qon sizib chiqishi og`ir travma – bosh chanogi asosini singanligi belgisidir. Bunda eshitish qobiliyati keskin pasayib ketadi.
Bunday holatlarda quloqqa steril bog`lam qo`uiladi va jabrlanubchini gorizontal holatda kasalxonaga olib boriladi.
Agar quloqqa birorta mauda jonivor kirib ketgan bo`lsa, bir necha tomchi iliq suv quyiladi va quloq chayib tashlanadi.
O`rta va ichki quloq travmasi bosh miya travmasi tufayli yuzaga keladi. Quloq pardasi yirtilgan quloq shang`illaydi va eshitish yo`qoladi.
Yuqoridagi holatlarda quloqqa aseptic bog`lam qo`yiladi va kasalxonaga olb boriladi.


4-o`quv savoli. Tomoq jarohatida birinchi tibbiy yordam.
Tamoq jarohatlari qonni ko`p ketishi va qonni nafas yo`llariga tushishi bilan kuzatiladi. Bu esa o`pkani shamollashini keltirib chiqarishi va o`limga xam olib borishi mumkin.
Bunday travmalarda birinchi navbatda qonni to`xtatish va bo`g`ilib qolishni oldini olish zarur. Jarohatga sterilmbog`lam qo`yish kerak.
Shikastlangan odam xushsiz bo`lsa, uni yon tomonlama yotqizib og`ziga to`planib qolayotgan qonni qo`l bilan tozalab turish kerak.


Yakuniy qism.
23-IDUM CHQBT raxbari: A.Bo`tayev.



Download 464.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling