33-dars. (11-sinf). Vii-bo`lim. Tibbiy bilim asoslari
Download 20.79 Kb.
|
11-sinf. 33-dars. Kengaytirilgan bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv savollari
- Kirish qismi Asosiy qism. 1-o`quv savoli. Ko`z jarohatida birinchi tibbiy yordam
- 2-o`quv savoli. Burun jarohatida birinchi tibbiy yordam
- 3-o`quv savoli. Quloq jarohatida birinchi tibbiy yordam
- 4-o`quv savoli. Tomoq jarohatida birinchi tibbiy yordam
- Yakuniy qism.
33-dars. (11-sinf). VII-bo`lim. Tibbiy bilim asoslari. 3-bob. Yarador bo`lganda va yopiq jarohatlanishlarda 1-tibbiy yordam ko`rsatish. 4-mashg`ulоt. Amaliy. Ko`z, quloq, burun, tomoq jarohatida 1-tibbiy yordam ko`rsatish. Maqsadi. Oquvchilarga ko`z, quloq, burun, tomoq jarohatida 1-tibbiy yordam ko`rsatishni o`rgatish, ularni qaltis vaziyatlarda o`zini tuta bilish rixida tarbiyalash. Uslubi. Ko`rsatib tushuntirish. O`quv savollari. 1. Ko`z jarohatida birinchi tibbiy yordam. 2.Burun jarohatida birinchi tibbiy yordam. 3. Quloq jarohatida birinchi tibbiy yordam. 4. Tomoq jarohatida birinchi tibbiy yordam. Vaqti. 45 daqiqa. Joyi. TBA xonasi. O`MT. CHQBT fani darsligi, jgut, shinalar, qo`lbola vositalar, mavzuga oid plakatlar. Darsni o`iish tartibi va uslubiy tavsiyalar Kirish qismi Asosiy qism. 1-o`quv savoli. Ko`z jarohatida birinchi tibbiy yordam. Ko`z – odam organizmidagi eng nafis va sezgir organdir. Xattoki arzimagan kattalikdagi narsa ham ko`z konyukturasiga tushib qolsa katta yuqumli yirinli yara hosil qilishi va kozni yoq bo`lishiga olib kelishi mumkin. Agar ko`zga biror predmet sanchilsa ko`zga sterillangan bog`lm qo`yib qonni toxtatish va zudlik bilan jabrlanuvchini oftalmologga (ko`z mytaxassisiga) olib borish kerak. Shikastlanmagan ko`zning harakati shikastlnagan ko`z jarohatini murakkablashtirib yuborishi mumkin. Chunki ikkala ko`z birgalikda sinxron harakatlanadi. Shu sababdan bog`lamni ikkala kozga qo`yish kerak. Ko`zdan begona predmetni o`zboshimchalik bilan olib tashlash mumkin emas. Buni mutaxassislar ixtiyoriga qo`yish kerak. Bunday holatlarda begona jism atrofiga bint yoki tampondan kolbasa ko`rinishida qilib qo`yish va bog`lmni mahkamlab jilmayigan qilib qo`yish kerak. Kozga tushgan predmet qirrasiz bo`lsa uni olib tashlash mumkin. Agar ko`zga zararli suyuqlik (kraska, suyultirgich) kabi narsalar to`1kilib ketsa oddiy suv bilan yuvib tashlash kerak.
2-o`quv savoli. Burun jarohatida birinchi tibbiy yordam. Odamning shilliq parda juda nafis, yupqa bo`lib kapilyar qon tomirlari ko`p joylashgan bo`ladi. Sport bilan shug`ullanishda trvma olish, yiqilib tushish holatlarida burun jarohat olib qon ketishi mumkin. Burundan qon ketayotganda: 1.Jarohatlangan bolani tinchlantirish kerak. 2.Uni gorizontal holatda yotqizish va boshini pastga tashlash mumkin emas. 3.Uni burniga paxta tampon tiqib qo`yish mumkin emas. Buning uchun 3 foizli vodorod perekisi shimdirilgan tampondan foydalanish kerak. 4.Jarohatlangan bolani holatini taxlil qilib, uni hyotiga xavf soluvchi bosh aylanishi, ko`ngil aynishi bor yoki yo`qligi tekshiriladi. 5.Burunga begona predmet sanchilgan bo`lsa albatta tibbiy yordam punktiga olib borish yoki tez yordamni chaqirish kerak. 6.Birinchi tibbiy yordam ko`tsatilgach 20 daqiqa ichida xam samara ko`rinmasa albatta statsionarga murojaat qilish kerak. 3-o`quv savoli. Quloq jarohatida birinchi tibbiy yordam. Quloqning eshitish yo`lagi jag`ni pastki qismi singanda, o`qotar quroldan jarohat olganda, bosh chanogi travmasida sodir bo`ladi. Ko`p holatlarda shular sababli quloq pardasi yirtiladi. Quloqning eshitish yo`lakchasidan qon sizib chiqishi og`ir travma – bosh chanogi asosini singanligi belgisidir. Bunda eshitish qobiliyati keskin pasayib ketadi. Bunday holatlarda quloqqa steril bog`lam qo`uiladi va jabrlanubchini gorizontal holatda kasalxonaga olib boriladi. Agar quloqqa birorta mauda jonivor kirib ketgan bo`lsa, bir necha tomchi iliq suv quyiladi va quloq chayib tashlanadi. O`rta va ichki quloq travmasi bosh miya travmasi tufayli yuzaga keladi. Quloq pardasi yirtilgan quloq shang`illaydi va eshitish yo`qoladi. Yuqoridagi holatlarda quloqqa aseptic bog`lam qo`yiladi va kasalxonaga olb boriladi. 4-o`quv savoli. Tomoq jarohatida birinchi tibbiy yordam. Tamoq jarohatlari qonni ko`p ketishi va qonni nafas yo`llariga tushishi bilan kuzatiladi. Bu esa o`pkani shamollashini keltirib chiqarishi va o`limga xam olib borishi mumkin. Bunday travmalarda birinchi navbatda qonni to`xtatish va bo`g`ilib qolishni oldini olish zarur. Jarohatga sterilmbog`lam qo`yish kerak. Shikastlangan odam xushsiz bo`lsa, uni yon tomonlama yotqizib og`ziga to`planib qolayotgan qonni qo`l bilan tozalab turish kerak. Yakuniy qism. 9-maktab CHQBT raxbari: A.Tajiboyev Download 20.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling