Q A R O R Q I L A D I
1. Ma'rufxonov Muhammadjonni darsni na'munali tarzda tashkil etdi. Zamonaviy pedtexnologiyadan foydalanilgan holda o’tildi.
2. Dars davomida barcha usullardan foydalanildi. Fanlar aro bog’lash, o’quvchilarni jalb etish dars metodini ommalashtirish o’qituvchilar zimmasiga yuklatilsin.
3. Dars a'lo baxolandi. O’qituvchining yutuk va kamchiliklarini bartaraf etish o’qituvchi zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu dars ishlanma maktab metodik kengashida ko’rib chiqildi va tumanda ommalashtirish uchun tavsiya etildi.
Yig’ilish raisi O’.I.B.D.O’: _____________ K. Abduvoxidov
Kotiba: ____________ ______________
33-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida Ijtimoiy fanlar metodbirlashma a’zolari tomonidan 2020-yil 19-dekabr kuni 9-Vsinf o’quvchilari bilan tarix fanidan o’tkazilgan "Ochiq dars" taxlili yig’ilishi
B A Y O N N O M A S I
Nanay qishlog’i 2020-yil ___-dekabr
Yig’ilish raisi: M. Ma’rufxonov
O’tilgan fan: O’zbekiston tarixi
O’tilgan dars mavzusi: “Xiva xonligi ustidan Rossiya protektoratining o’rnatilishi”.
Dars o’tgan o’qituvchi: Ma'rufxonov Muhammadjon
Eshitildi:
Men darsim davomida ko’zlagan maqsadimga erishdim. Dars davomida o’quvchilarda tarixiy taqqoslashni o’rgatish, yangi bilimlar hosil qilish kabi maqsadlarni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. Dars davomida qiziqarli savollar va mavzuga oid ma’lumotlar darsni yanada qiziqarli bo’lishini ta’minladi. O’quvchilar dars davomida o’tilgan mavzuni yangi pedagogik usul orqali “KLASTER” tushuntirishlari dars sifatli tashkil etishda katta yordam bo’ldi.
Shundan so’ng dars taxliliga kirgan o’qituvchilarning dars to’g’risidagi fikrlari tinglandi.
So’zga chiqqan metodbirlashma a’zosi Rahmatova Orzixon quyidagilarni gapirib o’tdi;
Ko’rgazmali qurollardan foydalandi. Xarakatdagi modellardan, mavzuga oid slayd va video rolik, slayd asosida ishlangan savollar hamda test bankidan foydalandi. Darsni “Kichik guruh” larga bo’linib tashkil etilganligi o’z samarasini berdi. Dars davomida yangi mavzu mustaxkamlanib”Aqliy hujum” usulidan foydalanib savol-javob o’tkazildi.
Dars Kichik guruhlarga bo’linib tashkil etildi. Har ikki guruh tomonidan o’tilgan mavzular asosida vatman qog’ozga tayyorlangan "Krassvor"dan foydalanilib turli xil qiziqarli savollar berildi. "Aqliy hujum" usulida o’yin tashkil qilindi. O’quvchilarning tarix darsida krassvord yechishlari maqsadga muvofiq. Noutbukda fanga oid slayd va video lavxalar namoyish etildi.
- Yangi mavzu fanlarga bog’landi. Dars ilmiy jixatdan to’la tushuntirildi. Mavzuga doir ko’rgazmalar, testlardan foydalanildi. Noutbokda o’tilgan mavzularga oid “ZAKOVAT” savollari va testlar va bajarildi.
Dars davomida yangi mavzuni tushuntirish va mustaxkamlash uchun ma’ruza, Klaster usullaridan foydalanildi va bu o’z navbatida darsni qiziqarli o’tilishida, mavzuni esa o’quvchilarga tushuntirilishida o’z samarasini berdi.
Yuqoridagilarning fikrlarini inobatga olib yig’ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |