Tadqiqot maqsadi va amaliy faraziga kо‘ra quyidagi vazifalar belgilanadi:
Matematika darslarida miqdorlar tushunchasini berishning psixologik-pedagogik jihatlarini о‘rganish.
IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish mustahkamlash orqali о‘qitishning eng maqbul yо‘llarini ishlab chiqish va uni tajriba - sinov vositasida tekshirish.
Tadqiqot usullari:
1. Muammoga doir adabiyotlarni (psixologiya, pedagogika) tahlil qilish.
2. IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish, darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda metodist о‘qituvchilarning ish tajribalarini о‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish.
3. О‘tkazilgan tajriba-sinov natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.
Tadqiqot bosqichlari:
Birinchi bosqich mavzuga doir adabiyotlar о‘rganilib, tahlil qilish.
Bu davrda Boshlang‘ich sinf fan dasturlari, darsliklari, tarbiyaviy ishlarni о‘rganish asosida matematikaga oid tajribalarni tahlil qilish.
Tadqiqot yuzasidan tajriba-sinov ishlarining rejasi ishlab chiqiladi.
Ikkinchi bosqich O’qituvchini faoliyatim davrida boshlang‘ich sinflarda tajriba-sinov о‘tkazildi.
Tadqiqot natijalari matematik-statistik jihatdan tahlil qilindi va Boshlang‘ich sinf amaliyotiga joriy etishga oid bir qator ishlar amalga oshirildi.
Tadqiqotning_ilmiy_yangiligi'>Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
IV sinfda miqdorlarni o’qitish dars ishlanmalarini ishlab chiqildi.
IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish bilimlarni о‘zlashtirish darajasini belgilovchi mezon ishlab chiqildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:
IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish va bilimini mustahkamlashga doir tadbirlar mazmuni ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
Ishlab chiqilgan tavsiyalar tо‘rtinchi sinf matematika darslarining samaradorligini oshirish imkoniga ega.
IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish о‘quvchilarni bilimli va komil inson qilib tarbiyalashda, ota-onalar, о‘qituvchi va jamoatchilikda foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |