35-bilet jahon Otin Uvaysiyning pedagogik qarashlari va otinlar maktabi haqida


Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda maktab va pedagogik fikrlar. (AQSH, Yaponiya)


Download 22.57 Kb.
bet2/2
Sana09.05.2023
Hajmi22.57 Kb.
#1449685
1   2
Bog'liq
35-bilet

Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda maktab va pedagogik fikrlar. (AQSH, Yaponiya)

Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, uchrashuvlar o’tkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o’rganish bilan shug’ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy instiutida bir qator kafedralar ish bilan shug’ullanmoqdalar.


O‘rta Osiyoga Islom dinining kirib kelishi va ta’lim tarbiyaga ta’siri.

Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoga arab yurishlari 643-644 yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida O‘rta Osiyo ikki qismga bo‘lindi: 1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig‘i») va 2) Arodi at-turk («Turklar erlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar erlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.


Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo‘zg‘oloni davrigacha O‘rta Osiyoda islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o‘z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar. Umaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o‘lpon mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya (boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jiz’ya yig‘ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi omil Umaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinining qabul qilinishiga monelik qilishlari bilan bog‘liqdir. CHunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko‘ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardilar.
Bu holda mahalliy musulmonlardan jiz’ya olmaslik, arab va arab bo‘lmagan musulmonlarning teng huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murji’iylar diniy-siyosiy harakati g‘oyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniga ega bo‘ldi. CHunki o‘lkada arab bo‘lmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. Murji’iylarning faol harakatlari VIII asrning 20-40 yillariga to‘g‘ri keladi. Murji’iy al-Horis ibn Surayj qo‘zg‘oloni (734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. VII asrda shakllana boshlagan murji’iylarning aynan imon va amalning ayri-ayri ekanligi haqidagi qarashlari bu hududda erli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul qilishlariga, shuning barobarida, yangi shakllanayotgan islom jamiyatida teng huquqlilikka erishishlariga qulay sharoit yaratib berdi; keyinchalik esa – ular garchi arab tilini, qiyin diniy amallarni, o‘zlariga butkul yot muhitni to‘la anglab etmasalar-da, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Abu Muslim (749 yil) harakati g‘alabasi oqibatida arab bo‘lmagan musulmonlarning arablar bilan teng huquqlilikka erishishi natijasida murji’iylik g‘oyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani jabhasiga ko‘cha boshladi.
Download 22.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling