35-Mavzu: Al-Xorazmiy asarlarining Yevropada tarqalishi. Xorazmiy asarlari 12-asr boshidayoq


Download 0.85 Mb.
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1719518
1   2   3
Bog'liq
Al-Xorazmiy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti“ bilan matematika sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy izlanishlari natijalariga koʻra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlar, shu jumladan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yakka tartibda taqdirlanadi. Mukofot bilan taqdirlash bir shaxsga matematika sohasidagi bir yoki bir nechta yutuqlari uchun amalga oshirilishi mumkin.
Mukofot jamgarmasi: Taqdimnoma Kengash tomonidan maqullangan taqdirda mukofotga sazovor boʻlganlarga 50 ming AQSh dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti topshiriladi.
Mukofotlash tartibi: Mukofot 2 yilda bir marta Prezident tomonidan Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining (Kengash) taklifiga koʻra quyidagi 3 yoʻnalish boʻyicha beriladi:

  • fundamental sohadagi tadqiqot;

  • yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot;

  • iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqot.

Matematika sohasidagi yutuqlarni aniqlash va mukofot bilan taqdirlanadigan nomzodlarning dastlabki roʻyxatini tayyorlash uchun Matematika jamiyatida doimiy asosda faoliyat olib boruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotiga nomzodlar boʻyicha takliflarni tayyorlash Qoʻmitasi tuziladi.
Qoʻmita Matematika jamiyatiga aʼzo boʻlgan ekspertlardan iborat tarkibda tuziladi va Matematika jamiyatining umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanadi. Qoʻmita tarkibiga Matematika jamiyati aʼzosi boʻlgan matematika sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Qoʻmita matematika sohasidagi ilmiy yutuqlarni aniqlash uchun doimiy kuzatuvlar oʻtkazadi.
Kuzatuv natijalariga koʻra aniqlangan tegishli ilmiy yutuqlar boʻyicha Qoʻmita a’zolari tomonidan ekspert baholash asosida xulosalar tayyorlanadi.
Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar roʻyxati Matematika jamiyatining umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan tasdiqlanadi.
Unda fundamental sohadagi tadqiqotlar boʻyicha:

yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot boʻyicha:

  • ilmiy nashrlar jamlangan axborot resurslari, jumladan, umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida;

  • davriy chop etiladigan ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda;

  • yoshlarning ilmiy taklif va tavsiyalari toʻgʻrisida Internet jahon axborot tarmogʻida;

iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqotlar boʻyicha:

  • ilmiy nashrlar jamlangan axborot resurslari, jumladan, umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridagi jurnallarda;

  • davriy chop etiladigan ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda;

  • iqtisodiyotning real sektoridagi muayyan muammoning yechimini taʼminlagani toʻgʻrisida Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan ilmiy natijalar koʻrib chiqiladi.

Istisno holatlar:

  • avval mukofot bilan taqdirlanganlar;

  • avval koʻrib chiqilgan, biroq Kengash tomonidan mukofot bilan taqdirlash uchun tavsiya etilmagan ilmiy yutuqlar;

  • manfaatdor tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar tomonidan mukofot bilan taqdirlash uchun ilgari surilgan nomzodlar boʻyicha murojaatlar.

Mukofot 1 ta yoʻnalish boʻyicha 1 ta olimga yoki olimlar jamoasiga teng taqsimlanish asosida beriladi. Shu bilan birgalikda, Mukofot har 2 yilda 3 ta yoʻnalishga ham beriladi degani emas, agar mukofot talablariga mos nomzodlar boʻlmasa yoʻnalishlar boʻyicha mukofot taqdim etilmasligi mumkin.
40-Mavzu: Respublikamizda barpo etilgan Al-Xorazmiy yodgorliklari.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling