35-Mavzu: Al-Xorazmiy asarlarining Yevropada tarqalishi. Xorazmiy asarlari 12-asr boshidayoq


Download 0.85 Mb.
bet1/3
Sana25.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1719518
  1   2   3
Bog'liq
Al-Xorazmiy

35-Mavzu: Al-Xorazmiy asarlarining Yevropada tarqalishi.


Xorazmiy asarlari 12-asr boshidayoq Yevropa shaharlariga kirib borgani maʼlum. Kitoblarga ehtiyoj kuchayganidan soʻng ular lotinchaga tarjima qilingan. Xorazmiyning „Algebra“, „Arifmetika“, „Geografiya“si va „Zij“i 16-asrgacha darslik vazifasini oʻtagan. Xorazmiy asarlari oʻsha davrlarda Hindistonga ham olib ketilgani haqida dalillar mavjud.
19-asr boshlarida Xorazmiy merosiga tarixiy nuqtai nazardan qiziqish boshlangan. Xorazmiy „Algebra“sini 1817-yilda K. Koulbruk qisman, 1831-yilda F. Rozen toʻliq hajmda Londonda, 1838-yilda G. Libri Parijda chop ettiradi. Hozir bu asarning inglizcha (L.S. Karpinskiy, 1915-yil, AQSH), arabcha (A.M. Musharrafa, 1939-yil), ruscha (Yu.Xorazmiy Kopelevich, B.A. Rozenfeld, 1964-yil) va boshqa nashrlari mavjud.
Xorazmiyning „Arifmetika“sini birinchi marta B. Bonkompani Rimda (1857), Karrolyne Fogel Germaniyada (1963), Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich Moskvada (1954) chop ettirishgan.
Xorazmiy „Zij“ini oʻrganishga ham katta eʼtibor berilgan. Uni 1914-yilda N. Zuter, soʻng O. Neygebauer (1962), V.Millas, Goltsteyn (1963) va boshqalar nashr qilishgan. 1919-yilda F. J. Videman „Astrolyabiya bilan amallar haqida kitob“ini nashr etgan.
Xorazmiyning „Geografiya“si birinchi marta Xorazmiy fon Mjik (1926) tomonidan chop etilgan. Olimning boshqa qoʻlyozmalarini izlab topish, oʻrganish, chop etish va tarjima qilish — matematika tarixi sohasining dolzarb muammolaridan boʻlib qolmoqda.

36-Mavzu: Matematikaning keying rivojlanishida Xorazmiy asarlarining ro’li.


Keyingi asrlarda "Al jabr val-muqobala" sharq va g‘arbda ko‘plab matematiklar tomonidan sharhlandi va unga ilovalar bitildi. Xususan, Ibn Turk, Abu Komil, Al-Qaraji kabi matematiklarga sharhlar bag‘ishlashgani ma'lum. Pizalik Leonardo (Fibonachchi) ham o‘z asarlarini al-Xorazmiyning kuchli ta'siri ostida yozgan va umuman olganda "Al jabr val-muqobala" Algebra va tenglamalar nazariyasining keyingi rivojini asoslab unga tamal toshini qo‘yib bergan. Bir so‘z bilan aytganda al-Xorazmiyning "Al jabr val-muqobala" asari bugungi Algebraga asos solgan!
Hozirgi kunda esa "Algortim" so‘zi ijro mexanizmining (protsessor, dastur va ho kazolar) qo‘yilgan shart bo‘yicha natijaga erishish uchun bajariladigan amallar miqdoriy ketma-ketligini ifodalovchi atama sifatida, kompyuter va har qanday elektron hisoblash texnikasi, mobil aloqa apparatlari va maishiy texnika asboblaridan tortib, eng murakkab kibernetik loyihalar, kosmik apparatlar va yadro texnologiyalari sohasida keng miqyosda qo‘llanilmoqda.

37-Mavzu: Al-Xorazmiy jahon olimlari nigohida


Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Zamondoshlaridan Ahmad al-Fargʻoniy, Xuttaliy va boshqa uning asarlariga sharhlar yozishgan. Xorazmiy uzining „Zij“ini yozishda xind „Sindhanta“lariga va Ptolemeyning „Almagest“ asariga tayangan bulsa, „Algebra“, „Arifmetika“va boshqa asarlari batamom original asarlar sanaladi. Xorazmiy asarlarining mundarijasi, tuzilishi va bayon uslubi keyingi olimlar uchun namunaga aylanadi. Shu bilan birga uning ijodi fanning keyingi taraqqiyoti uchun muxim pogʻona vazifasini utadi. Masalan Beruniy Xorazmiyning „Zij“ iga atab uchta risola bitgan.
Xorazmiy ilmiy merosini oʻrganish va uning fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini targʻib qilishda olimlardan J. Sarton, E.S. Kennedi, D. King (AQSH), S.A. Nallino (Italiya), Xorazmiy Zemanek (Avstriya), A. Allar (Belgiya), R. Rashed (Fransiya), S. Brokelman, D. Samploinius (Germaniya), M. M. Rojanskaya (Rossiya) va boshqalar ham muhim hissa qoʻshgan. O'zbekistonda Xorazmiy hayoti va faoliyati bilan birinchi bo‘lib T.N. Qori-Niyoziy qiziqqan. 1960-yillardan S.H. Sirojiddinov va G.P. Matviyevskaya rahbarligida Yaqin va 0‘rta Sharq fani tarixi, jumladan, Xorazmiy merosini o'rganish va dunyo miqyosida targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko'lamda ilmiy tadqiqotlar olib boorish ishlari joriy qilingan.
Muhammad al-Xorazmiyning matematika va umuman, sivilizatsiya rivojidagi hissasi e’tirofga olingan, “algoritm”ga muhrlangan uning ismi va asarlaridan biridagi “algoritm” atamasi Sharq olimlari orasida u yagonaligining isbotidir. Olimning daholigini e’tirof etarkanmiz, al-Xorazmiyga ilm tarixida berilgan eng to‘g‘ri baho amerikalik tarixchi Dj.Sarton tomonidan bo‘lgan: “...zamonasining eng buyuk matematigi, barcha sharoitlarni hisobga olgan holda, barcha zamonning eng buyuk olimlaridan biri”!

38-Mavzu: Al Xorazmiy tavalludining 1200 yilligini nishonlanishi


1983-yilda buyuk olim tavalludining 1200 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan Xalqaro ilmiy anjuman (Moskva, Tosh­kent va Urganch shaharlarida) Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasida tutgan o'rnini belgilashda muhim tadbir bo’ldi. Hozirgi kunda Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oʻzbekistonning turli joylarida koʻplab maktab va boshqa obyektlar „Al-Xorazmiy“ nomi bilan atalgan.

1983-yilda Xorazmiy tavalludining 1200-yilligi munosabati bilan uning barcha asarlari rus tilida (A.Axmedov, Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich, B.A. Rozenfeld va boshqalar tarjimalarida) hamda tanlangan asarlari oʻzbek tilida (A. Axmedov tarjimasida) nashr etildi.


Eronning YUNESKO bo‘yicha milliy komissiyasi tomonidan Xorazmiy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan Tehronda “festshrift” (so’zlar ma’nolari, sinonimlari) nashr etildi. Eronda har oktyabr oyining yigirma oltinchi kuni Xorazmiy sharafiga «Algebra kuni» sifatida nishonlanadi.

39-Mavzu: “Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti”ning ta’sis etilishi. Al-Xorazmiy izdoshlari.Respublikamizdagi taniqli matematik olimlar.


Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi “O’zbekiston respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 676-son qarori qabul qilindi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling