Elektr o'lchashlarning fan texnika taraqqiyotidagi o'rni Reja


Download 48 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi48 Kb.
#1213444
Bog'liq
Elektr o\'lchashlarning fan texnika taraqqiyotidagi o\'rni


Elektr o'lchashlarning fan texnika taraqqiyotidagi o'rni


Reja:



  1. Elektr o`lchash asboblari haqida ma’lumotlar.

  2. O`lchash va o`lchash usullari.

  3. Metrologiya haqida umumiy tushuncha.

  4. O`lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari.

Har xil turdagi elektrotexnik qurilmalarning holatini va ishlashini baholash uchun elektr o`lchovi asboblaridan foydalaniladi.Elektr o`lchash asboblari yuqori sezgirligi, o`lchashning aniqligi, ishonchliligi va tuzilishining oddiyligi bilan ajralib turadi.


Elektr kattaliklari-tok kuchi, kuchlanish, elektr energiyasining quvvati, magnit oqimi, sig`imi, chastotasi va boshqalar bilan bir qatorda ular yordamida noelektrik kattaliklarni ham o`lchash mumkin.
Elektr o`lchov asboblarining ko`rsatishini uzoq masofalarga uzatish mumkin (tele o`lchash), ular ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ta’sir etishi uchun ishlatilishi mumkin. (avtomotik boshqarish) yoki ular yordamida nazorat qilinuvchi jarayonlarni qayd qilib berish mumkin (masalan, magnit lentasiga yozish orqali).
Yarim o`tkazgichli texnikaning qo`llanilishi orqali elektr o`lchov asboblarining qo`llanilish sohalari ancha kengaydi.
Biror fizik kattalikni o`lchash deganda maxsus texnik o`lchov vositalari yordamida uning qiymatini tajriba yuli bilan aniqlashga aytiladi.Har xil fizik kattaliklarni o`lchash uchuch amalda turli o`lchash usullaridan foydalaniladi.Natijani olish usuliga ko`ra hamma o`lchashlar bevosita va bilvosita turlarga bo`linadi.
Bevosita o`lchashda fizik kattaliklar qiymati to`g`ridan to`g`ri-tajriba natijasida olinadi.
Bilvosita o`lchashda o`lchanayotgan kattalik bilan bevosita o`lchanishi mumkin bo`lgan kattaliklar orasidagi bog`lanishdan foydalaniladi.Misol uchun zanjirning bir qismidagi qarshilikni o`lchash uchun, undagi kuchlanish va tok kuchi bevosita o`lchanadi hamda Om qonunidan foydalanib qarshilik hisoblanishi mumkin.
Elektr o`lchash texnikasida taqqoslash usuli ham qo`llaniladi.Bu usulda o`lchanayotgan kattalik qaytariladigan o`lchov bilan taqqoslanadi.
Taqqoslash usuli kompensatsion va ko`prik usullarga bo`linadi.
Kompensatsion taqqoslash usuliga misol sifatida kuchlanishni normal element E.Yu.K.si qiymati bilan taqqoslab o`lchashni keltirish mumkin.
Ko`prik sxemali taqqoslash usuliga misol sifatida ko`prik sxema yordamida noma’lum qarshilikni o`lchashni ko`rsatish mumkin.
O`lchashning taqqoslash usuli juda aniq, lekin ularni bajarish uchun murakkab o`lchov texnikasi talab qilinad


Metrologiya haqida.
Metrologiya grekcha metron (o`lchov) va logos (tushuncha) so`zlaridan olingan.Metrologiya fizik kattaliklarni aniq va takomillashtirilgan yagona tizimli o`lchashlar haqidagi fandir.Fizik kattaliklarni o`lchash nazariyasi, fizik kattaliklar birligi va birliklar tizimi, o`lchash vositalari v o`lchash uslublari etalonlar va namuna o`lchash vositalari, shuningdek birlik o`lchamni ishchi o`lchash vositalariga o`tkazish uslublari metrologiyaning asosiy mazmuni hisoblanadi.Metrologiya fani texnika taraqqiyoti asosida aniqligining eng yuqori darajasi qayd etilgan vositalarni yaratadi, o`lchash ishlarining universal usullarini ishlab chiqadi va natijada tizimi jihatidan birxillashtirilgan o`lchov asboblarni yaratadi.Metrologiya talablari Davlat standartlari asosida amalga oshiriladi.Shu sababli metrologiya va standartlashtirish hamisha biri ikkinchisini to`ldiradi va takomillashtiradi.
Metrologiya va metrologik ta’minot ilmiy texnik va tashkiliy yo`nalishda rivojlanib boradi.Metrologiya fizik kattaliklarni nomlashda dunyo ilmiy-texnik atamalaridan foydalanish yo`llarini o`rgatadi.Xalqaro birliklar tizimi SI ni jahon miqyosida yagona qonunlar asosida qo`llash tadbirlarini ishlab chiqadi.
3.O`lchash vositalarining eng muxim xarakteristikalaridan biri metrologik xarakteristikalardir.
Metrologik xarakteristikalarga o`lchashning aniqligi va intervali, sezgirligi, stabillik, ishonchlilik va boshqalar kiradi.
O`lchash aniqligi o`lchash vositalarining metrologik imkoniyatlarini asosiy aniqlovchi xarakteristika bo`lib hisoblanadi.
O`lchash aniqligi deganda o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga o`lchash natijasining qanchalik yaqinlik darajasi tushuniladi.
Biroq o`lchash aniqligini baxolash amaliy jihatdan o`lchash xatoligi orqali ifodalanishi qulay hisoblanadi.
O`lchash xatoligi ko`pgina faktorlarga bog`liq bo`lib, bu faktorlarga o`lchash metodini xatoligi, o`lchash vositasining mukammal emasligi, operatorning sub’yektiv xatoliklari, o`lchash ob’yektini o`lchash vositasi bilan aloqa kanalining ta’siri va boshqalar kiradi.Xatoliklar absolyut va nisbiy turlarga bo`linadi.
Absolyut xatolik quydagicha aniqlanadi:
(1) - asbobning ko`rsatishi
-haqiqiy qiymat.
Nisbiy xatoliklar esa:
yoki (2)

O`lchash vositalari o`lchash intervali qo`llanishi sharoitlari, sezgirlik, tez ishlay olish (inertsiyasiz), stabillik, shovqin va halaqit signallarga himoya qobiliyati, ishonchlilik, iste’mol quvvati va shunga o`xshash parametrlar bilan xarakterlanadi.




Adabiyotlar.



  1. A.S.Karimov “Elektrotexnika va elektronika asoslari” Toshkent-1995 yil. 106-109 betlar.

  2. V.A.Kuznetsov “Izmereniye v elektronika” Moskva-1985 god. 9-21 str.

  3. A.T.Morozov “Elektrotexnika” Moskva-1987 god.146-148 betlar.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling