- Bajardi: Norbekov A Qabul qildi : Boyeva O
- Mavzu:Elektr o'lchashlarning fan texnika taraqqiyotidagi o'rni
- Reja:
- Elektr o`lchash asboblari haqida ma’lumotlar.
- O`lchash va o`lchash usullari.
- Metrologiya haqida umumiy tushuncha
- Har xil turdagi elektrotexnik qurilmalarning holatini va ishlashini baholash uchun elektr o`lchovi asboblaridan foydalaniladi.Elektr o`lchash asboblari yuqori sezgirligi, o`lchashning aniqligi, ishonchliligi va tuzilishining oddiyligi bilan ajralib turadi.
- Elektr kattaliklari-tok kuchi, kuchlanish, elektr energiyasining quvvati, magnit oqimi, sig`imi, chastotasi va boshqalar bilan bir qatorda ular yordamida noelektrik kattaliklarni ham o`lchash mumkin.
- Elektr o`lchov asboblarining ko`rsatishini uzoq masofalarga uzatish mumkin (tele o`lchash), ular ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ta’sir etishi uchun ishlatilishi mumkin. (avtomotik boshqarish) yoki ular yordamida nazorat qilinuvchi jarayonlarni qayd qilib berish mumkin (masalan, magnit lentasiga yozish orqali).Yarim o`tkazgichli texnikaning qo`llanilishi orqali elektr o`lchov asboblarining qo`llanilish sohalari ancha kengaydi.
- Biror fizik kattalikni o`lchash deganda maxsus texnik o`lchov vositalari yordamida uning qiymatini tajriba yuli bilan aniqlashga aytiladi.Har xil fizik kattaliklarni o`lchash uchun amalda turli o`lchash usullaridan foydalaniladi.Natijani olish usuliga ko`ra hamma o`lchashlar bevosita va bilvosita turlarga bo`linadi.
- Bevosita o`lchashda fizik kattaliklar qiymati to`g`ridan to`g`ri-tajriba natijasida olinadi.
- Bilvosita o`lchashda o`lchanayotgan kattalik bilan bevosita o`lchanishi mumkin bo`lgan kattaliklar orasidagi bog`lanishdan foydalaniladi.Misol uchun zanjirning bir qismidagi qarshilikni o`lchash uchun, undagi kuchlanish va tok kuchi bevosita o`lchanadi hamda Om qonunidan foydalanib qarshilik hisoblanishi mumkin.
- Metrologiya talablari Davlat standartlari asosida amalga oshiriladi.Shu sababli metrologiya va standartlashtirish hamisha biri ikkinchisini to`ldiradi va takomillashtiradi.
- Metrologiya va metrologik ta’minot ilmiy texnik va tashkiliy yo`nalishda rivojlanib boradi.Metrologiya fizik kattaliklarni nomlashda dunyo ilmiy-texnik atamalaridan foydalanish yo`llarini o`rgatadi.Xalqaro birliklar tizimi SI ni jahon miqyosida yagona qonunlar asosida qo`llash tadbirlarini ishlab chiqadi.
- 3.O`lchash vositalarining eng muxim xarakteristikalaridan biri metrologik xarakteristikalardir. Metrologik xarakteristikalarga o`lchashning aniqligi va intervali, sezgirligi, stabillik, ishonchlilik va boshqalar kiradi.
- O`lchash aniqligi o`lchash vositalarining metrologik imkoniyatlarini asosiy aniqlovchi xarakteristika bo`lib hisoblanadi.
- O`lchash aniqligi deganda o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga o`lchash natijasining qanchalik yaqinlik darajasi tushuniladi.
- Biroq o`lchash aniqligini baxolash amaliy jihatdan o`lchash xatoligi orqali ifodalanishi qulay hisoblanadi.
- O`lchash xatoligi ko`pgina faktorlarga bog`liq bo`lib, bu faktorlarga o`lchash metodini xatoligi, o`lchash vositasining mukammal emasligi, operatorning sub’yektiv xatoliklari, o`lchash ob’yektini o`lchash vositasi bilan aloqa kanalining ta’siri va boshqalar kiradi.Xatoliklar absolyut va nisbiy turlarga bo`linadi. O`lchash vositalari o`lchash intervali qo`llanishi sharoitlari, sezgirlik, tez ishlay olish (inertsiyasiz), stabillik, shovqin va halaqit signallarga himoya qobiliyati, ishonchlilik, iste’mol quvvati va shunga o`xshash parametrlar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |