Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayoti
Download 0.74 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarjimaning XIV asrda koʻchirilgan yagona qoʻlyozmasi Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi.
- Savol va topshiriqlar
- 3. Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg‘oniyning matematika fanida tutgan o‘rni nimalardan iborat
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783–850) Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi. Algebra fanining asoschisi boʻlgan Xorazmiy dunyo faniga gʻoyat katta hissa qoʻshdi. “Algebra” soʻzining oʻzi esa uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan boʻlib, hozirgi kunda biz foydalanadigan oʻnlik pozitsion hisoblash tizimi va shu tizimdagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab boʻldi. Olimning ismi — “al-Xorazmiy” esa “algoritm” shaklida fanda abadiy oʻrnashib qoldi. Uning geografiyaga doir asari arab tilida oʻnlab geografik asarlarning yaratilishiga asos boʻldi.Xorazmiyning “Zij”i Yevropada ham, Sharq mamlakatlarida ham astronomiyaning taraqqiyot yoʻlini koʻrsatib berdi. Lekin, afsuski, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan, “oʻz davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar inobatga olinsa, hamma davrlarning ham eng buyuklaridan biri” (J. Sarton) boʻlgan bunday siymoning hayoti haqida maʼlumotlar deyarli saqlanmagan. Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan asarlari tahlili shuni koʻrsatadiki, u yunon, hind va eron astronomiyasi hamda matematikasini yaxshi bilgan. Maʼlumki, al-Maʼmun 809-yildan Marvda dastlab xalifa Horun ar-Rashidning noibi, soʻng 813-yildan boshlab xalifa boʻladi va 819-yili Bagʻdodga koʻchadi. Al-Maʼmun Marvdaligida Xorazmiyni, movarounnahrlik va xurosonlik boshqa olimlarni oʻz saroyiga jalb qilgan. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Marvdan Yahyo ibn Abu Mansur, al-Fargʻoniy, Habash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Forobdan Abul Abbos al-Javhariy va boshqa olimlar ham bor edi. Maʼmun Bagʻdodda otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz — “Bayt ul-hikma” faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi tusini berdi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi. Marvlik mashhur astronom va matematik Habash al-Hosib (“Hisobchi habash”) laqabi bilan maʼlum boʻlgan Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy ham Bagʻdodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan. U ikkita “zij” tuzgan boʻlib, bulardan oʻrta asr astronomlari keng foydalangan. Tadqiqotchilarning koʻrsatishicha, u tangens va kotangens, kosekans funsiyalarini kiritib, ularning jadvallarini ham keltirgan. Xorazmiy bilan Bagʻdodda, keyinchalik “Maʼmun akademiyasi” deb tanilgan “Bayt ul-hikma”da ijod etgan olimlarning barchasini ham markaziy osiyolik yoki xurosonlik deyish xato boʻlardi. U yerda Suriya, Iroq, Eron va xalifalikning boshqa yerlaridan kelgan olimlar ham ishlagan. Biroq ular orasida markaziy osiyoliklar salmoqli oʻrin egallagan. Xorazmiy ana shunday ilmiy muhitda yashab ijod qildi va 850-yilda Bagʻdodda vafot etdi. Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular: “Aljabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” — algebraik asar; “Hind hisobi haqida kitob” yoki “Qoʻshish va ayirish haqida kitob” — arifmetik asar; “Kitob surat-ul-arz” — geografiyaga oid asar. Shuningdek, “Zij”, “Asturlob bilan ishlash haqida kitob”, “Asturlob yasash haqida kitob”, “Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida”, “Kitob ar-ruhoma”, “Kitob at-taʼrix”, “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola”. Bu asarlarning toʻrttasi arab tilida, bittasi Fargʻoniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas. Tarjimaning XIV asrda koʻchirilgan yagona qoʻlyozmasi Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi.Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani nomaʼlum. Biroq unda olim algebraik risolasini esga oladi. Demak, bundan Xorazmiy arifmetik risolani algebraik risoladan keyin yozgani maʼlum boʻladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Risola “Diksit Algorizmi”, yaʼni “Al-Xorazmiy aytdi” iborasi bilan boshlanadi. Bundan keyin Xorazmiy toʻqqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi. Asarning lotincha qoʻlyozmasida hind raqamlari koʻpincha yozilmay, ularning oʻrni boʻsh qoldirilgan yoki ahyon-ahyonda 1, 2, 3, 5 sonlarga mos keladigan hind raqamlari yozilgan. Koʻpincha esa hind raqamlari oʻsha davrda Yevropada keng tarqalgan rim raqamlari bilan almashtirilgan. Savol va topshiriqlar:1. “Bayt ul-hikma” qaysi shaharda tashkil etilgan? “Bayt ulhikma” haqida O‘zbekiston milliy ensiklopediyasidan qo‘shimcha ma’lumotlar topib daftaringizga yozib oling.2. Ayting-chi, nima uchun IX–XII asrlarda yurtimizda ilm-fan yuksak taraqqiy etdi?3. Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg‘oniyning matematika fanida tutgan o‘rni nimalardan iborat?4. “Ma’mun akademiyasi” qaysi yillardafaoliyat yuritgan? “Ma’mun akademiyasi” haqida O‘zbekiston milliy ensiklopediyasidan qo‘shimcha ma’lumotlar topib daftaringizga yozib oling.Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling