35-вариант (Хамдамов Исломбек)


Download 22.2 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi22.2 Kb.
#134659
Bog'liq
Hamidov Islombek Yakuniy


35-вариант (Хамдамов Исломбек)

  1. ЭИҲларни ташкил этиш қандай тамойилларининг мазмуни ва аҳамитятини тушунтириб беринг.

  2. Ўзбекистонда логистика марказларини шакллантиришга бўлган эътибор ва ёндашув ҳақида нималарни биласиз?

  3. Хитойда ташкил этилган 6 та ЭИҲнинг ихтисосликлари ва фаолияти кўрсаткичларига изоҳ беринг.

Жаҳон иқтисодиёти”



кафедраси мудири Н.Исмаилова
1. EIHlarni tashkil qilish va ularni rivojlantirish aniq bir dolzarb muammoga ega bo’lgan iqtisodiy masalani echishga, strategik dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi.

O’z hududida EIHni tashkil qilayotgan davlat uchun, EIHlar pirovard maqsad hisoblanmaydi. Ko’pgina hollarda, EIHlar mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishning umumiy strategiyasiga qo’shilib ketadi. EIHlarni tashkil qilishdan umumiy maqsad ommaviy ahamiyatga ega bo’lgan makroiqtisodiy masalalarni yechimiga qaratilgan bo’ladi:

- iqtisodiy o’sish darajasini tezlashtirish;

- sanoatni yangilash va zamonaviylashtirish;

- ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan to’yintirish.

Biroq, bu maqsadlarga to’g’ridan-to’g’ri erishish har doim ham amalga oshmaydi. Dunyo amaliyoti ko’rsatishi bo’yicha, EIHlar bu masalani xalqaro bozorga mahsulot va xizmatlarni chiqarish orqali valyuta kirib kelishini ko’payishi hisobiga hal qilish imkonini beradi. Xuddi mana shu vaqtning o’zida EIHlar qabul qilayotgan mamlakatlar uchun ham bir qancha masalalarni hal qiladi: mamlakatga xorij hamda mahalliy kapitalni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, sanoat va xizmat ko’rsatish sohalarida ish bilan bandlik darajasini oshiradi, boshqaruv hamda marketing tizimida yetakchi malakaga ega bo’lish imkonini beradi, zamonaviy infratuzilmani yaratadi.

EIHning maqsadi uni tashkil qilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, strategik yo’nalishlariga va ularni amalga oshirish imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham EIHni tashkil qilish sabablari va maqsadlari alohida hollarda bir-biridan farq qiladi.

Rivojlangan mamlakatlarda, misol uchun AQShda, Buyuk Britaniyada, Fransiyada EIHlar, ko’pincha, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish, mahalliy siyosatni amalga oshirish orqali depressiv tumanlardagi kichik va o’rta biznesni jonlantirishga va buning natijasida hududlararo rivojlanish farqlarini yo’qotish, ya’ni rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarga yordam berish maqsadida tuzilgan. Xuddi mana shu maqsadlarda bu yerda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlarga, tadbirkorlarga mamlakatning boshqa tumanlaridagiga qaraganda, faoliyat erkinligi va anchagina sezilarli moliyaviy imtiyozlar berilgan. Bu dasturlar xorij kapitalini jalb qilish yo’nalishlariga ega emas edi.

Shularga o’xshash maqsadlarda EIHlar rivojlanayotgan mamlakatlarda ham tashkil etilgan. Biroq, ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlardan farqi shundaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHni, eng avvalo, xorij kapitalini, texnologiyasini jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishchi kuchi kvalifikatsiyasini oshirish maqsadlarida tashkil qilingan.

Yuqorida aytib o’tilgan maqsad va sabablardan tashqari, EIHni tashkil qilishda yana uch asosiy masalaga e’tibor qaratiladi:

- ishlab chiqarish eksportini oshirish va natijasida valyuta kirib kelishini ta’minlash;

- ish bilan bandlik ko’rsatkichini oshirish;

- hududni xo’jalikda yangi usullarni qo’llash bo’yicha poligonga aylantirish va milliy xo’jalikning o’sishiga erishish.

Shuni ham e’tiborga olish kerak, rivojlanayotgan mamlakatlar EIHlarni faqatgina xorij investitsiyalarini jalb qilish maqsadidagina tashkil qilmaydilar. Ko’rsatiladigan turli xildagi imtiyozlar xorij kapitalining kirib kelishiga yo’l ochib beradi, ular yordamida esa mamlakatlar o’zlarining bir qancha maqsadlarini amalga oshiradilar – milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, markazdan yiroqroqda joylashgan, iqtisodiy qoloq tumanlarni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish, Davlat budjetiga doimiy ravishdagi qo’shimcha daromad manbalarini yaratish. Mamlakat xorij investitsiyalariga butunlikcha yo’l ochib berishni istamagan holda yoki investitsiyalarni ma’lum bir sohaga yo’naltirish niyatida mamlakatning ba’zi yerlarida EIHlarni tashkil qiladi.



2. Logistika – transport va tovar, axborot oqimini yo’lga qo’yadigan, optimallashshtiradigan va boshqaradigan soha.

Logistika (yun. logistike – hisoblash, muhokama san’ati) – 1) matematik mantiq tushunchasining sinonimi; 2) B. Rassel va uning maktabi vakillarining asarlarida bayon etilgan matematik mantiq taraqqiyotidagi bosqichning nomi. Nazariy matematikaga qarama-qarshi qo’yiladigan hisoblash va geometrik o’lchovlar “san’ati” qadimiy matematikada “logistika” deb atalgan.

Ma’lumki, har bir mamlakatning milliy iqtisodiyotini rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishda xorijiy investitsiyalar bilan bir qatorda ushbu tarmoqlarga xizmat ko’rsatuvchi mavjud infratuzilma holatining o’rni beqiyosdir. Infratuzilma kompleksi iqtisodiyotimizning butun tuzilmasi tayanadigan poydevordir. Respublika butun xalq xo’jalik kompleksi ishining uyg’unligi, uning samaradorligi, shuningdek, chet el sarmoyalarini jalb qilish va o’zlashtirish imkoniyati butunlay infratuzilma tizimi rivojining holatiga va darajasiga bog’liqdir. Shunday ekan, infratuzilmaning dolzarbligini ko’rib chiqish uchun, avvalo, unga ilmiy-iqtisodiy kategoriya sifatida yondoshish lozim.

Mamlakatimiz dengiz va okean portlariga bevosita chiqish imkoniyatiga ega emas. Shu munosabat bilan 1996-yil aprelda “TRASEKA” dasturiga muvofik idoralararo ishchi guruhi tuzilib, bu guruh transport koridorlarini tashkil qilish va ularni umumlashtirish masalalarini hal qildi. Ulardan kuyidagi transport koridorlari qurilishi amalga oshiriladi:

- Tashkent – Ashgabad – Turkmanboshi porti – Baku porti.

- Almata – Toshkent – Istambul avtomagistrali.

- Markaziy Osiyo mamlakatlari – Sharqiy Xitoyning portlaridan birigacha.

- Markaziy Osiyo mamlakatlari – Tedjen – Seraxs – Mashhad – Bandar Abbas porti (Eron).

- Markaziy Osiyo mamlakatlari – Eron Islom Respublikasi – Turkiya Istambul porti. Bugungi kunda xalqaro yuk tashuvlari bilan shug’ullanayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari quyidagi transport koridorlaridan foydalanib kelmoqdalar:

1-yo’lak – Boltiqbo’yi davlatlari portlari yo’nalishida (tranzit bilan Qozog’iston va Rossiya orqali) – Klaypeda (Litva), Riga, Liepaya, Ventspils (Latviya), Tallin (Estoniya);

2-yo’lak – Belarus va Ukraina orqali (tranzit bilan Qozog’iston va Rossiya orqali) – Chop (Ukraina) va Brest (Belarus) chegara o’tishlari, keyinchalik Yevropaga;

3-yo’lak – Ukrainaning Ilichevsk portiga (tranzit bilan Qozog’iston va Rossiya orqali), Qora dengizga chiqish bilan;

4-yo’lak – Gruziyaning Poti va Batumi portlariga (tranzit bilan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali), Qora dengizga chiqish bilan, TRASEKA yo’lagi deb nom olgan;

5-yo’lak – Eronning Bandar-Abbos portiga (tranzit bilan Turkmaniston orqali) Fors ko’rfaziga chiqish bilan;

6-yo’lak – Sharqiy yo’nalishda Xitoy orqali (tranzit bilan Qozog’iston orqali) Sariq dengizga;

7-yo’lak – sharqiy yo’nalishda Uzoq Sharqning Naxodka va Vladivostok portlari orqali (tranzit bilan Qozog’iston va Rossiya orqali) Sariq dengizga.

8-yo’lak – Turkiya va Yevropaga (“Baku-Axalkalaki-Kars” yangi temir yo’lida tranzit bilan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali);

Hozirgi kunda yana quyidagi yo’nalishlar rivojlantirilmoqda:

– Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyo yo’nalishida (Turkiyaning Mersin porti orqali tranzit bilan Turkmaniston va Eron orqali);

– Xitoy portlariga (tranzit bilan Qirg’iziston orqali) Sariq, Sharqiy-Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlariga chiqish bilan.

Xalqaro ekspertlarning baholariga ko’ra, loyiha amalga oshirilgan yo’lakning o’tkazish qobiliyati, ichki tashishlarni hisobga olmasdan, 12-14 mln. tonna yukkacha etadi hamda Shanxaydan Lissabongacha uzluksiz er usti aloqasi imkoniyati paydo bo’ladi. Tomonlar Andijon, O’sh va Qashg’ar o’rtasidagi xalqaro avtomobil yo’lini qayta qurish va rivojlantirish bitimini imzolagan.

– Afg’on muammosi tartibga solinishi munosabati bilan tranzit bilan Afg’oniston orqali Eronning Bandar-Abbos va Chaxbahor portlariga chiqadigan janubiy muqobil transport yo’laklarini ishlab chiqish bo’yicha yangi istiqbollar ochilmoqda.

Mamlakatimizning logistika ko’rsatkichlari indeksiga nazar tashlasak, eng yuqori natijalar aynan infratuzilma va o’z vaqtida yetkazib berish indikatorlarida nisbatan ijobiyligini kuzatish mumkin. Ushbu ko’rsatkichlar Xitoyda o’rtacha 4,07 ni, Singapurda 4,14 ni, qo’shni Qozog’iston Respublikasida esa 2,75 ni tashkil etadi.
3. Bugungi kunda Xitoyda 6 ta erkin iqtisodiy hududlar faoliyat olib borib, ulardan 4 tasi mamlakatning Janubi-Sharqiy qirg’oqlarida joylashgandir:

- Shantou EIH Shantou erkin iqtisodiy zonasi Guandun shahrining Shantou shahrida joylashgan. U ikki qismdan iborat: Birinchi qism Shantou shaxrining sharqiy qismini o’z ichiga olib 22,6 km2 maydonni egallaydi va ikkinchi qism Shantouning janubiy qismida joylashgan Guanjou yarim oroli bo’lib, 30 km2 maydonni egallaydi.

Unda neft-kimyo, port infratuzilmasi, kiyim-kechak, oyoq-kiyim, elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi 3000 dan ortiq loyihalar amalga oshiriladi. Iqtisodiy hududiga jalb qilinayotgan investitsiyalarning 95 %i Gonkong, Tayvan va Singapurga tegishlidir.

- Shenjen EIH Xitoydagi eng yirik iqtisodiy hudud hisoblanadi va u Guandun provinsiyaning janubida joylashgandir. Hudud 327,5 km2 maydonni egallaydi. Unda umumiy hajmi 22,4 mlrd. AQSH doll.hajmidagi 17,5 mingta korxona faoliyat ko’rsatmoqda va ularning 85% i Gonkong kapitaliga asoslangandir. Ulardagi sarmoya kiritilgan asosiy sohalar yadro energetikasi, elektronika, mashinasozlik, xizmat ko’rsatish, moliya, yuqori texnologiyalar sohasi hisoblanadi.

- Chjuxay EIH ham Guandun provinsiyasining janubida joylashgan. U G’arb tomonidan Marvarid daryosi bilan, Janubda Makao (Aomen) bilan chegaradosh. EIH 15,16 km2 maydonni egallaydi. Unda xorijiy kapital ishtirokidagi 4980 tadan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda. Xorijiy investitsiyalar xizmat ko’rsatish, og’ir sanoat, elektronika, port va yo’l qurilishi sohalariga jalb qilinib, ularning 80 %i Gonkong, Makao, Tayvan va Singapur hissasiga to’g’ri keladi.

- Syamen EIHda Futszyan provinsiyasining Syamen shahrida joylashgan. U o’z ichiga Syamen orolini va Gulan orolchasini oladi, umumiy maydoni 131 km2 ni tashkil etadi. Unga 15 mlrd. AQSh doll.hajmida xorijiy sarmoya asosan, Tayvandan elektronika, tekstil, oziq-ovqat va kimyo sanoatlariga (80%) kiritilib, unda 4150ta korxona faoliyat ko’rsatmoqda.

- Xaynan EIH alohida orol hududi bo’lib, uning maydoni 34 ming kv.km.dan iboratdir. Unda 7320 tadan ortiq korxonalar faoliyat olib borib, horijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 22,3 mlrd. AQSh doll.ni tashkil etadi.

- Yangi Pudun tumani Shanxayning tarkibiy qismi sifatida 1990-yillar boshida tashkil etildi. 1992-yildan boshlab, bu hudud xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha, katta muvaffaqiyatlarga erishib, bugungi kunga qadar unda avtomobilsozlik, elektronika, uskunasozlik, telekommunikatsiya, yuqori texnologiyalar va energetika sohalari bo’yicha 27,3 mlrd. AQSh dollardagi 5405 ta loyihalar amalga oshirildi.

Xitoy hukumati maxsus iqtisodiy hududlar faoliyatining shart-sharoitlari yuzasidan doimiy monitoring olib borib, MIHlarning ijobiy tomonlaridan yuqori darajada foydalanish va salbiy ta’sirini kamaytirishga harakat qiladi. Buning natijasi o’laroq, Xitoy EIHlarining mintaqaviy yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqarishida turli tarmoqlar hissaning ta’minlanishi va rivojlanishiga erishilmoqda.

2017-yilda 5 ta MIH tomonidan yaratilgan yalpi ichki mahsuloti hajmi bo’yicha Shenjen MIH eng asosiy ulushni egallaydi. Undagi yaratilgan yalpi hududiy mahsulotlarning esa 58,6 %i xizmatlar sohasiga to’g’ri keladi. Keyingi ulushni (41,3 %) sanoat va qurilish sohani tashkil etadi. Qolagn qismi qishloq xo’jaligi (0,1 %) hissasiga tegishlidir. Bu tarmoqlar boshqa MIHlarda boshqa nisbatdagi ulushlarni tashkil etgan. Umuman olganda, Xitoyda EIHlar rivojida tarmoqlar, ayniqsa xizmatlar sohasining ulushi ortib bormoqda. Bu esa EIHlar iqtisodiy yuksalishida muhim omilga aylanmoqda.

Tadqiqotlarga ko’ra, Xitoy iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlar o’rnining yildan-yilga oshib borishi quyidagilar bilan izohlanadi:

- EIHlarda faoliyat yurituvchi xorijiy investorlar uchun bojxona to’lovlari va soliqlar bo’yicha imtiyozlarning berilganligi;



- EIHlarda yuqori xorijiy texnologiya asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali, yaratilgan mahsulotlarni keng ko’lamli eksport qilishning samarali mexanizmi tashkil etilganligi;

- oddiy va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonlari o’zaro uyg’unlikda rivojlanishi ta’minlanganligi;
Download 22.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling