36. Bozor nima, bozorning zaif tomonlari nima? 36. Bozor


Yakka tartibdagi tadbirkor hamda kooperativ haqida gapiring ?


Download 82.55 Kb.
bet15/18
Sana09.06.2023
Hajmi82.55 Kb.
#1473756
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Mikro javoblar 36-70

64. Yakka tartibdagi tadbirkor hamda kooperativ haqida gapiring ?
64. YAkka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o’zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi.
Kooperativ tadbirkorlik – jamoa mulkiga asoslanib, kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli.

65. Ishlab chiqarish jarayonining yoki mahsulot ishlab chiqarishning asosiy elementlari ?
65. Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorlik faoliyati texnika bazasining o’sishi va ishlab 


chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan aniqlanadi. 
Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi. Uning asosiy 
vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish soha ida – mineral xom ashyolarni va 
yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash soha ida – xom ashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni 
iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan 
chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Texnologik 
jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik 
holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda 
jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi, materiallar yoki 
detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada 
kishilar nazorati ostida olib boriladi. 
Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati 
yaratishga qaratilgandir. 
Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning 
yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xom ashyo 
va materiallarning tarkibi, me’yordagi bosim va boshqa ishlab chiqarish omillari bo’lishi shart). 
Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun, ishlab 
chiqarish va mehnat vositalaridan tashqari, moddiy sharoit (ishlab chiqarish binosi, yoritish 
qurilmalari, omborlar va h.k.) amal qiladi. Bu sharoitlar bo’lmasa jarayonning yuz berishi yo 
mutlaqo mumkin emas yoki faqat takomillashmagan bir tusdagina yuz beradi. 
Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni: ijtimoiy-iqtisodiy (kishilar munosabati) va 
moddiy-texnika sharoitlari bilan xarakterlanadi. 
Bu omillarning ta’siri natijasida har qaysi korxonada ishlab chiqarish jarayoni tashkil topadi. 
Hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni ichki tuzilishi 
jihatdan bir xil emas: u mustaqil jarayonlardan tashkil topgan bo’lib, turli shakllarga va o’ziga xos 
xususiyatga ega. Bu ayrim mustaqil jarayonlar, odatda, asosiy va yordamchi jarayonlarga 
bo’linadi. SHuningdek, har qanday asosiy jarayonni ham tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin 
(mahsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallel va ketma-ket olib boriladi). Bunday 
qismlar asosiy mahsulotni tayyorlash bosqichi yoki bosqichsi deyiladi (har qaysi bosqich yoki 
bosqichsi texnologik jihatdan alohida ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil etadi). 
Ishlab chiqarish jarayonining bosqichsi bir-biridan qo’llaniladigan texnologik usullar, 
uskunalarning xarakteri va kadrlarning ixtisoslanishi bilan farq qilinadi. Masalan, mashinasozlik 
korxonalarining asosiy jarayoni uchta bosqichdan iborat: tayyorlash, qayta ishlash va yig’uv. 
Bosqichlar ayrim operatsiyalardan tashkil topadi. Operatsiya o’zgarmas ishlab chiqarish qurollari, 
mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi. 
Buyumlarning shakli yoki mehnat buyumlarining kimyoviy tarkibi bir necha o’rinlarda 
ishchilar nazorati ostida o’zgarishiga operatsiya deyiladi. Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining 
bir qismidir. 


Download 82.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling