36-Buyuk Ipak yo'li - 1. Buyuk Ipak yo’li qachon vujudga kelganligini aniqlang?
- mil.avv.II asrda
- 2. Buyuk Ipak yo’li dastlab qanday nomlangan edi?
- «Buyuk meridianal yo’l»
- 3. «Buyuk meridianal yo’l»ga «Ipak yo’li» nomi qachon berilgan edi?
- 1877-yil
- 4. «Buyuk meridianal yo’l»ga «Ipak yo’li» nomini kim berganligini aniqlang?
- F.Rixtgofen
- 5. O’rta Osiyoda «La’l yo’li» qachon vujudga kelgan edi?
- mil.avv.3-2 mingyillikda
- 6. «La’l yo’li» qayerdan o’tganligini aniqlang?
- Pomir tog’laridan boshlab Eron, Old Osiyo, Misr orqali o’tgan
- 7. Qadimda yarim nodir la’l toshi(lojuvard) qaysi tog’dan olinar edi?
- Pomir
- 8. Mil.avv.VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O’rtayer dengizi bo’yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxti - Suza shahri bilan bog’lagan yo’lni aniqlang?
- «Shoh yo’li»
- 9. Buyuk Ipak yo’lining uzunligini aniqlang?
- 12 ming km
- 10. Buyuk Ipak yo’li orqali So’g’diyonadan Xitoyga qanday mahsulotlar olib borilar edi?
- jun gazlama, gilam, zeb-ziynat va qimmatbaho toshlar
- 11. Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoyga tuyalar qayerdan olib borilganini aniqlang?
- Baqtriyadan
- 12. Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoyga Farg’onadan qanday mahsulot olib borilar edi?
- zotli otlar
- 13. Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoyga la’l qayerdan olib borilganini aniqlang?
- Badaxshondan
- 15. Buyuk Ipak yo’li orqali O’rta Osiyoga ip-gazlama va paxta chigiti qayerdan olib kelingan?
- Hindistondan
- 16. Buyuk Ipak yo’li orqali O’rta Osiyoga Xitoydan qanday mahsulot keltirilganini aniqlang?
- guruch
- 17. Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoyga uzum, yong’oq, anor va boshqa mahsulotlar qayerdan olib kelinar edi?
- O’rta Osiyodan
- 18. Xitoy imperatori U-Di qachon elchi Chjan Syanni ittifoqchi topish uchun jo’natgan edi?
- mil.avv.138-yil
- 19. Xitoy elchisi Chjan Syan xunnlar qo’liga asir tushib necha yil hibsda yotgan edi?
- o’n yil
- 20. Xitoy elchisi Chjan Syan qayerda xunn qabilalariga asir tushgan edi?
- Oloy vodiysida
- 21. Xitoyliklar qayerning otlarini «samoviy» deb nomlaganlar?
- Farg’ona otlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |