36-mavzu: Sodda hujjatlar. Murakkab hujjatlar. Hujjatning zaruriy qismlari(rekvizit) ni o‘rganish Режа


Download 316.52 Kb.
bet1/3
Sana04.05.2023
Hajmi316.52 Kb.
#1424320
  1   2   3
Bog'liq
36-mavzu


36-mavzu: Sodda hujjatlar. Murakkab hujjatlar.Hujjatning zaruriy qismlari(rekvizit) ni o‘rganish
Режа:

  1. Hujjatlarning turlari va uning xususiyatlari

  2. Sodda va murakkab hujjatlarga xos jihatlar

  3. Hujjatning zaruriy qismlari



Tayanch tushunchalar:

  1. rasmiy-idoraviy uslub, sodda, murakkab hujjatlar, hujjatning zaruriy qismlari

( hujjat rekvizitlari:kirish, asosiy, xulosa)
.
Rasmiy-idoraviy (ish qog‘ozlari) uslub- shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan davlat idoralari orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi. Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog‘ozlari uslubining asosiy belgilaridir.
Bayon qilingan fikrlarning izchillik bilan uzviy bog‘langan bo‘lishiga alohida e’tibor qilinadi.
Idoraviy yozishmalarga oid qog‘ozlar, chunonchi, ma’lumotnoma, tilxat, chaqiriq hati, tushuntirish xati, taklifnomalar qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Tildagi muayyan nutqiy shtamplar, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllar idoraviy yozishmalarga xos xususiyatlar sanaladi. Bu holat idoraviy ish qog‘ozlarining vazifasi va xarakteridan kelib chiqadi. Nutqiy shtamplar matnga rasmiylik tusini kiritadi. Rasmiy e’lon va xabarlar ham qisqa, sodda, ravon va tezda anglashilarli bo‘lishi talab qilinadi.





Hujjat va uning turlari. Hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.
Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Biror muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi.
Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).
Bundan tashqari hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi.
Mazmuniga ko‘ra: sodda hujjatlar (bir masalani o‘z ichiga oladi), va murakkab hujjatlar (ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi).
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra: xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga xos, betakror, erkin bayon; namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi; qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.

Download 316.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling