37-umumta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Jumasheva Nadiraning 7-b sinfda “Amaliy mashq va tatbiq”mavzusida o’tkazilgan OCHIQ DARS
ISHLANMASI
- I. Darsningmavzusi:Amaliy mashq va tatbiqlar
- II. Darsningmaqsadi:
- a) Ta’limiy maqsad:O’quvchilarda mavzu bo`yicha bilimlar, ma`lumotlar berish olgan nazariy bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olish
- b) Tarbiyaviy maqsad:o’quvchi shaxsini kamol toptirish
- Rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarni mavzu asoslari haqidagi olgan barcha bilimlarini rivojlantirish, ko`nikmalar hosil qilish
- Kompetensiyaturi:Bilimlarni amaliyotda qo’llash
- III. Darsni jihozi:Yozuv taxtasi, bo’r ,7-sinf geometriya darsligi, ko’rgazmali qurollar, turli rangdagi kartochkalar
- IV. Darsnimetodi:Yangi bilim berish
- V. Darsni borishi:
- O`quvchilar davomatini aniqlash, Uyga berilgan topshiriqlarni nazorat qilish ,o`tilgan mavzular yuzasidan savollar
1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni mantiqan to‘g‘ri so‘zlar bilan to‘ldiring. - 1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni mantiqan to‘g‘ri so‘zlar bilan to‘ldiring.
- 1. Agar uchburchakning ikkita tomoni teng bo‘lsa, u ... bo‘ladi.
- 2. Teng yonli uchburchakning ... uning ham medianasi, ham balandligi bo‘ladi.
- 3. O‘z-o‘zini kesmaydigan yopiq siniq chiziqdan iborat shakl ... deyiladi.
- 4. Hamma tomonlari o‘zaro teng bo‘lgan uchburchakning ... teng bo‘ladi.
- 5. ... uchburchakning medianalari, bissektrisalari va balandliklari o‘zaro teng.
- 6. ... asosiga yopishgan burchaklari teng.
- 7. Teng tomonli uchburchak ... uchburchak ham bo‘ladi.
2. Quyida keltirilgan jumlalardagi xatoni toping va tuzating. - 1. Teng yonli uchburchakning burchaklari teng.
- 2. Agar ikki uchburchakning burchaklari mos ravishda teng bo‘lsa, bu uchburchaklar teng
- bo‘ladi.
- 3. Teng yonli uchburchakning medianasi uning ham bissektrisasi, ham balandligi bo‘ladi.
- 4. Uchburchakning burchagidan chiqib, shu burchakni teng ikkiga bo‘luvchi nur “uchburchak bissektrisasi” deyiladi.
- 5. Mediana – uchburchak tomonini teng ikkiga bo‘luvchi chiziq.
- 6. Agar ikki uchburchakning bir tomoni va ikkita burchagi mos ravishda teng bo‘lsa, bu uchburchaklar teng bo‘ladi.
Birinchi ustunda berilgan geometrik tushunchaga ikkinchi ustundan tegishli xossa yoki talqinni toping. - Geometrik tushunchalar
- 1. Siniq chiziq
- 2. Ko‘pburchak
- 3. Uchburchak perimetri
- 4. O‘tkir burchakli uchburchak
- 5. Teng yonli uchburchak
- 6. To‘g‘ri burchakli uchburchak
- 7. Uchburchak medianasi
- 8. Uchburchak bissektrisasi
- 9. Uchburchak balandligi
- 10. Kesmaning o‘rta perpendikulyari
- Xossasi yoki talqini
- (A) bitta burchagi to‘g‘ri burchak.
- (B) uchburchak uchini shu uch qarshisidagi tomon o‘rtasi bilan tutashtiradi.
- (C) ikki tomoni teng.
- (D) o‘z-o‘zini kesmaydigan yopiq siniq chiziq.
- (E)ketma-ket kelgan ikkitasi bir to‘g‘ri chiziqda
- yotmagan A1A2 , A2A3, ... , An-1Ankesmalardan
- tashkil topgan.
- (F) uchala tomoni yig‘indisi.
- (G) hamma burchaklari o‘tkir.
- (H) uchburchak burchagi bissektrisasining uchburchak uchki sohasida yotgan qismi.
- (I) uchburchak uchidan shu uch qarshisidagi
- tomon yotgan to‘g‘ri chiziqqa tushirilgan perpendikulyar.
- (J) kesma o‘rtasiga tushirilgan perpendikulyar.
O’tilganlarni mustahkamlash 5. Testlar. 1. .Teng yonli uchburchakning ikki tomoni 8 va 3 ga teng. Uning uchinchi tomonini toping. 2. Teng yonli uchburchakning bir tomoni ikkinchisidan 3 cm qisqa va perimetri 36 cm bo‘lsa, uning yon tomonini toping. - Teng yonli uchburchakning perimetri 48, yon tomoni 18 ga teng. Uning asosini toping.
- Teng yonli uchburchakning perimetri 48 ga teng. Uning tomonlaridan biri 12 ga teng bo‘lsa, qolgan tomonlarini toping.
- Teng yonli uchburchakning perimetri 36 ga, tomonlaridan biri esa 16 ga teng. Uchburchakning qolgan ikki tomonining uzunliklarini toping.
- A) 5 B) 8 C) 11 D) 9
- A) 11 B) 12 C) 14 D) 18
- A) 18 B) 12 C) 16 D) 14
- A) 12; 12 B) 16; 16 C) 18; 24 D) 18; 18
- A ) 16 v a 4 B ) 10 v a 10 C)10 v a 10 yok i 16 v a 4 D) Bunday uchburchak mavjud emas.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |