Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
370
Teri Kasalliklari
15
BOB
Ba’zi teri xastaliklari teri zamburug‘i, chov bichilishi va so‘gal
kabilar natijasida kelib chiqadi va faqat teriga ta’sir qiladi. Ba’zilari esa
qizamiq toshmasi va pellagra(vitamin yetishmasligining bir turi) kasallig-
ining natijasida og‘riqli va quruq dog‘lar singari o‘zgarishlar
boshlanib,
ular butun tanaga ta’sir qiladi. Ma’lum turdagi yaralar yoki teri muammo-
lari esa sil, zaxm yoki moxov kabi jiddiy kasalliklar belgisi bo‘lishi mum-
kin.
Bu bobda biz qishloq sharoitida ko‘proq
uchraydigan oddiy teri
kasalliklari haqida fikr yuritamiz, xolos. Lekin teri
kasalliklarining yuzlab
turlari mavjud. Ularning ba’zi turlari bir-birlariga shunchalik o‘xshaydi-ki,
ularni ajratish qiyin, lekin sabablari va davolashlari turlicha bo‘lishi mum-
kin.
TERI XASTALIKLARINI DAVOLASH BO‘YICHA
UMUMIY QOIDALAR
Ko‘pgina
kasalliklarga mahalliy, ya’ni faqat terining o‘ziga mo‘ljal-
lab davo qilinsa-da, lekin ba’zan umumiy davolash
usullari ham yordam
beradi:
Agar teri xastaligi jiddiylashsa yoki davolasangiz ham,
yomonlashib borsa, tibbiy yordamga murojaat qiling.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
371
1- Qoida
Agar terining biror joyi qizarib og‘rib
turgan yoki yiring to‘playotgan bo‘lsa,
uni
issiqlik bilan davolang.
Issiq,
namlangan sochiqni ustiga qo‘ying
(issiq kompres)
2 - Qoida
Agar
terining biror joyi qichishsa,
sanchisa yoki undan toza suyuq-
lik oqsa, sovuqlik bilan davolang.
Do'stlaringiz bilan baham: