370 Teri Kasalliklari
Zamburug‘li infeksiyalarning oldini olish
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
uz la wtnd 2015 15
Zamburug‘li infeksiyalarning oldini olish:
Temiratki va boshqa zamburug‘li infeksiyalar yuqumlidir (oson tarqaladigan). Bitta boladan boshqalarga tarqalishining oldini olish uchun: ♦ Zamburug‘li infeksiyasi bor bola boshqa bolalar bilan uxlamasin. ♦ Bolalarning bitta taroqdan foydalanishi yoki bir-birlarining sochiq va kiyimlarini ishlatishlariga yo‘l qo‘ymang. Sochiq va kiyimlar yuvilganidan so‘ng ishlatilishi mumkin. ♦ Infeksiyalangan bolani tez davolang. TANA VA BETDAGI OQ DOG‘LAR Rangli har xil temiratki - yengil zamburug‘li infeksiya bo‘lib, odam ular bilan kasallanganda kichik qoramtir yoki ochroq tusli, notekis yoki aniq qirg’oqli dog‘lar paydo bo‘ladi. Ular ko‘pincha bo‘yin, ko‘krak va orqada bo‘ladi. Dog‘lar aksari, biroz po‘st tashlab tur- adigan bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha qichishmaydi. Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 390 Davolash: ♦ Oltingugurt va quyuq o‘simlik yog‘i qo‘shilgan „Sernaya maz”- ga o‘xshash krem suring (1 qism oltingururtga 10 qism o‘simlik yog‘i qo‘shing) va ushbu kremni dog‘lar yo‘qolib ketgunga qadar har kuni sur- kab turing. Yoki zamburuqqa qarshi Klotrimazolga o‘xshash kremlardan ishlating(672-bet). ♦ Dog‘lar qayta paydo bo‘lishining oldini olish uchun ko‘pincha ush- bu davolash usulini har 2 haftada qaytarishga to‘g‘ri keladi. ♦ Selen sulfi d (672-bet) ham yordam berishi mumkin. Qazg‘oqqa qarshi ba’zi shampunlar tarkibida ana shu modda bo‘ladi. Shuningdek, oftobda ko‘p yuradigan qo- ra-to‘ri bolalar yuzida paydo bo‘ladigan kichik oqish dog‘lar ham bor. Ularning qirg‘oqlari rangli temiratkidagidan farq qilib, bilinar-bilin- mas bo‘ladi. Ushbu dog‘lar infeksiya emas va ularga ahamiyat bermang. Ular odatda bola katta bo‘lgan sari yo‘qolib ketadi. Maxsus davo usullarining keragi yo‘q. Umumiy fi krga qarshi bo‘lsa ham aytaylik, ushbu oq dog‘lar badan- da qurt yoki kamqonlik borligidan nishona emas. Quvvat beruvchi dori yoki vitaminlar yordam bermaydi. Bolalar badanidagi tarqoq umumiy yoki ola-bula dog‘lar, qisman teri va soch rangi yo‘qolishining sababi ovqatga yolchimaslik bo‘lishi mumkin (kvashiorkor 226-bet, pellagra 392-bet). Agar bolaning oq dog‘lari bo‘lsa, og‘zining chetlari bichilsa va vazni ortmay qo‘ysa, siz unga ko‘proq oqsilga boy ovqatlar berishingiz kerak (11-bobga qarang). Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling