\376\377\000J\000i\000s\000m\000o\000n\000i\000y\000 \000t\000a\000r\000b\000i\000y\000a\000 \000d\000a\000r\000s\000i\000n\000i\000 \000b\000o\000s\000h\000l\000a\000n\000g\000`\000i\000c\000h\000.\000


Download 115.19 Kb.
bet1/10
Sana28.12.2022
Hajmi115.19 Kb.
#1011099
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Esonturdiyevv


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT YO’NALISHI
KURS ISHI
MAVZU: JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA ÒQUVCHILARDA XULQ ATVOR VA IRODAVIYLIK XISLATLARINI SHAKLLANTIRISH
Bajardi: Esonturdiyev Samandar
Ilmiy rahbar:


JIZZAX -2022
I.BOB JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA
JISMONIY MASHQLARNING TA’SIRI

    1. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli.…………….……………….

    2. Yoshlarning irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish i…………………



II.BOB HARAKATNI BO'LAKLARGA AJRATISH BILAN O'RGATISH VA O'QITISHNI INDIVIDUALLASHTIRISH PRINTSIPI

    1. O'quvchilar jismoniy tarbiyasining o'quv ishlari shakli…………………

2.2.Jismoniy tarbiyani sog‘lomlashtirishga yo‘naltirish tamoyili…………….
XULOSA…………………………………………………………………..
ADABIYOTLAR…………………………………………………………..
KIRISH
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi 1997 yildagi, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi 2000 yil 26 maydagi Qonunlarida, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da 1997 yil 29 avgustdadi jismoniy tarbiya darslariga zarur tuzatishlar kiritish, ularning samaradorligini oshirish asosiy maqsad qilib qo'yilgan.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta'limni isloh qilishda quyidagi yo'nalishlar ko'zda tutilgan:
-Ta'lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma'naviy hamda axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda jamoat tashkilotlari, jamg'armalarning rolini kuchaytirish hamda takomillashtirish.
O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi Qonunida (yangi tahrir) jismoniy tarbiya bo'yicha majburiy darslar, darsdan tashqari mashg'ulotlar va test sinovlari barcha ta'lim muassasalarida o'quvchilarning fiziologik imkoniyatlariga mos ravishda o'tkazilishi ko'rsatilgan.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarining I-IV sinflarida o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilimni o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-ahloqiy fazilatlar, mehnat ko'nikmalari, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lish hamda kasb tanlashni shakllantirish Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan.
Jumladan, boshlang'ich sinf o'quvchilari o'quv dasturiga kiritilgan uloqtirish mashqlarining texnika asoslariga o'rgatishni ilmiy-uslubiy asoslash shu yoshdagi o'g'il va qizlarning dasturdagi mezonlarni bajarishlariga juda katta yordam beradi, aks holda ular umumiy o'rta ta'lim maktablarini bitirish oldidan ham uloqtirish mezonlarini talab darajasida bajara olmasliklari mumkin.
Mazkur ishda uloqtirish harakatlarini ilmiy tomondan tahlil qilish jismoniy tarbiya bo'yicha boshlang'ich sinflar dasturida ko'zda tutilgan kichik to'pni joyidan turib uloqtirish misolida amalga oshiriladi.
Dastlabki o'rgatish jarayonida harakat faoliyati malakasini shakllantirishdan kelgusida tarkib topadigan stereotipni sindirib tashlashni talab qilmasdan, balki uloqtirishning boshqa turlarini [granata, nayza, disk, bosqon, yadro] o'rgatish va takomillashtirishda foydalanish katta ahamiyatga ega.
Hozirga qadar 7-10 yoshli bolalarni uloqtirish asoslariga o'rgatishning samaradorligini oshirish masalasi kam o'rganilgan. Mavjud ilmiy izlanishlarda asosiy e'tibor uloqtiruvchi qo'lni keyingi final kuchlanishiga va yugurib borishdan sakrashga o'tishning turli xil usullarini o'rgatishga qaratilgan.
Shuningdek, kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida joyidan turib kichik to'pni uloqtirishda harakatlantiruvchi ta'sirning izchilligi etarli darajada o'rganilgan emas.
Kichik to'pni uloqtirish texnikasini (kinematik va dinamik tavsifdan) tahlil qilish, uni 7-10 yoshli bolalarning o'zlashtirishidagi qiyinchiliklar sabablarini o'rganish va shu asosda vazifalarni oydinlashtirish, shuningdek, ularni hayotda qo'llash uchun vositalarni tanlash va asoslash, tayyorgarlikning miqdor va sifat mezonlarini ishlab chiqish uloqtirishda o'rgatish jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Shu boisdan kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya darslarida kichik to'pni uloqtirish mashqlari texnika asoslariga o'rgatishning eng samarali uslublarini aniqlash dolzarb masalalardan biridir.
Jismoniy tarbiyada (ayniqsa, boshlang'ich sinflarda) kichik to'pni uloqtirish mashqlarining texnika asoslarini o'rgatish muhim muammolar qatoriga kiradi.
Shuning uchun ham jismoniy tayyorgarlik masalasi ko'pchilik olimlar tomonidan (V.K.Bal'sevich, Yu.V.Verxoshanskiy, T.S.Usmonxo'jaev, Sh.X.Xankel'diev va boshqalar) nazariy jihatdan o'rganilgan bo'lsa, ba'zi tadqiqotchilar (N.B.Bernshteyn, B.G'.Boyboboev, G.V.Goshupkin, R.S.Salamov, A.T.Sodiqov, V.V.Semenov, T.S.Usmonxo'jaev, G.Yu.Fokin, Sh.X.Xankel'diev, D.D.Sharipova va boshqalar)ning ilmiy izlanishlarida I-IV sinf o'quvchilarini turli xil sport mashqlari umumiy texnika asoslariga o'rgatishning maqsadga muvofiqligi va uning imkoniyatlari masalasi tadqiq qilingan.
Bir qator tadqiqotchilar - E.R.Andris, R.Q.Qudratov, N.D.Ivanov, K.M.Mahkamjonov, K.T.Shakirjonova, A.Shakirov va boshqalarning ilmiy ishlarida katta yoshdagi sportchilar uchun (granata, nayza, bosqon, disk, yadro) uloqtirishning uslubiy asoslari etarli darajada ishlab chiqilgan bo'lsa-da, kichik yoshdagi o'quvchilarni kichik to'pni uloqtirishga o'rgatish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilmagan. Natijada, kichik yoshdagi o'quvchilarga kichik to'pni uloqtirish mashqlarining texnika asoslarini o'rgatishda kamchilik va xatolar yaqqol ko'zga tashlanadi.
Ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, uloqtirish harakatini o'rgatayotganda o'qituvchi tomonidan harakat ta'sirining izchilligi asosiy fazasida oyoq, gavda, uloqtiruvchi qo'l harakati uyg'unligiga etarlicha e'tibor berilmaydi, bularning hammasi uloqtirishni boshlang'ich o'rgatish uslubining jiddiy kamchiligidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur ishning dolzarbligi kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya darslarida uloqtirish mashqlarining texnika asoslariga dastlabki o'rgatish jarayonini optimallashtirish orqali dastur materiallarining to'liqligicha o'zlashtirilishiga erishish, shu bilan birga ularni kelgusida granata, nayza, bosqon, disk, yadro uloqtirishga tayyorlashdan iborat. Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga quyilgan talablar Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan o'quv
tarbiyaviy ishlarning sifatiga bog'liq. Bunga har bir dars zamiridagi qator vazifalarni hal etish bilan erishiladi.
Jismoniy tarbiya darslari ta'lim berish (o'qitish) tarbiyalash va sog'lomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayonining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq «tanishtirish», «uzlashtirish», «mustahkamlash», «takomillashtirish»dek mazmunga ega bulgan xususiy vazifalarni qo'yish va uni hal qilishni nazarda tutadi.
Ta'lim berish vazifalalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, urganilgan mashqlarni mustahkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishga hamda urganilgan mashqlarni turli sharoitda amalietda qo'llashga urgatishga yunaltiriladi. Ta'lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturadiga butun o'quv materiallarini izchil va mustakam urganishga olib keladi.
Sog'lomlashtirish vazifalari ham tarbiya vazifalari kabi har bir darsda hal etilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini to'g'ri uyushtirish va o'tkazish tegishli kiyim bosh bilan shug'ullanishni, mashg'ulotlarning joylarida zaruriy sanitariya- gigiena holatini saqlash va rioya qilish, darslarini ochiq havoda o'tkazilishi, sog'lomlashtirish vazialarini hal etish imkoniyatini beradi.

Download 115.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling