38-mavzu: Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish


Download 15.23 Kb.
bet3/5
Sana31.08.2023
Hajmi15.23 Kb.
#1671884
1   2   3   4   5
Bog'liq
40-MAVZU

Lekin barcha odamlarni shu to‘rt xil asosiy temperamentlarga ko‘ra ajratish mumkin deb o‘ylash xatodir. Faqat ba’zilargina bu tiplarning sof vakillari bo‘lib hisoblanadi; ko‘pchilik odamlarda esa biz temperamentlarning aralash tiplarini kuzatamiz.

  • Lekin barcha odamlarni shu to‘rt xil asosiy temperamentlarga ko‘ra ajratish mumkin deb o‘ylash xatodir. Faqat ba’zilargina bu tiplarning sof vakillari bo‘lib hisoblanadi; ko‘pchilik odamlarda esa biz temperamentlarning aralash tiplarini kuzatamiz.
  • SHuni ta’kidlash lozimki, temperament insonning qobiliyatliligini va iste’dodini belgilamaydi. Ko‘zga ko‘ringan iste’dod egalaridan faoliyatning turli sohalarida turlicha temperament sohiblarini topish mumkin. Masalan, A.S. Pushkin – xolerik, A.I. Gersen – sangvinik, N.V. Gogol va V.A. Jukovskiy – melanxoliklar, I.A. Krilov va I.A. Goncharov – flegmatiklar. Ikki rus yirik sarkardalari A.V. Suvorov – xolerik, M.I. Kutuzov esa – flegmatik.

Individuallik xususiyatlari differensial psixologiyaning predmeti sifatida.

  • Individuallik– bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi.
  • Individuallik– bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi.U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi.
  • Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.[2][3]
  • Individualism giving priority to one's own goals over group goals and defining one's identity in terms of personal attributes rather than group identifications.
  • Shunday qilib, bizlar ko‘rib chiqqan «odam, individ, shaxsvaindividuallik» tushunchalari hajmiga ko‘ra turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama esa – «individuallik» tushunchasi.

Download 15.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling