39. Turkistonda sovet hukumatiga qarshi qurolli harakatning kelib chiqishi sabablari


Download 18.69 Kb.
Sana18.09.2023
Hajmi18.69 Kb.
#1680509
Bog'liq
39. Turkistonda sovet hukumatiga qarshi


39. Turkistonda sovet hukumatiga qarshi qurolli harakatning kelib chiqishi sabablari

Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha rejimga qarshi harakat 1918 yil fevral


oyining so‗nggi o‗n kunligida boshlandi. Dastlabki guruhlarning tuzilishi Qo‗qon atrofidagi
Bachqir qishlog‗ida boshlangan. Farg‗ona vohasida bu davrda 3 yirik qurolli guruhlar
sovetlarga qarshi kurash olib borgan. Ulardan eng yirigi Marg‗ilonda, militsiyaning sobiq
boshlig‗i Muhammad Aminbek Ahmadbek o‗g‗li — Madaminbek (1892—1920) edi.
«O‗z oldiga sovet hokimiyatini ag‗darish va Farg‗ona muxtoriyatini tiklash vazifasini
qo‗ygan Madaminbek ustomon siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi», deb
tan olinadi 1918 yilga oid arxiv hujjatlarning birida. Farg‗ona vodiysida 1918 yilning
o‗rtalariga kelib taxminan yuzga yaqin guruhlar qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib
bordilar. Bu guruhlarda 15000 yigit bor edi. Bu harakat Qo‗qon fojialaridan keyin boshlangan
bo‗lishiga qaramay, uning ildizlari Rossiya podsholigi tomonidan Turkiston bosib olingan XIX
asrning 60 - 70 yillariga borib taqaladi. 1918 yil 22 fevralida Turkiston xalqlarining milliy
hukumati yo‗q qilinganida ularning milliy g‗ururi ham yanchilgan edi.
Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat vujudga kelishining bosh sababi, sovet
hokimiyatining o‗lkada yuritgan mustamlakachilik siyosati va bolsheviklar tomonidan amalga
oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar, korxonalarning davlat ixtiyoriga o‗tkazilishi, xususiy
mulkning bekor qilinishi, oziq-ovqat razvyorstkasi va g‗alla monopoliyasi, masjid, xususiy
maktab va qozixonalarning bekitilishi bo‗ldi. Vaqf yerlarining tugatilishi, majburiy mehnatning
joriy qilinishi hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchiliklari harakatga
alohida keskinlik va ko‗lam bag‗ishladi, uning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi. U
goh kuchayib, goh pasayib turishiga, unda ishtirok etganlarning tarkibi almashib turganligi va
ikkilamchi manfaatlar o‗zgarib turishiga, ob'ektiv va sub'ektiv omillar kuchlar muvozanatiga
turlicha ta'sir qilganiga qaramay, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo‗lib
24
qolaverdi. Madaminbek Farg‗ona fronti qo‗shinlari qo‗mondoni Madaminbek Safonov nomiga
yo‗llagan maktubida (1919 yil 11 mart) ular qanday maqsad yo‗lida kurashayotganliklarini, bu
harakatning mohiyati va «bosmachi» deb kimni aytish lozimligini yaqqol ko‗rsatib berdi.
Harakatning mohiyatini sovet qo‗mondonligi vakillari ham e'tirof etishga majbur bo‗ldilar.
Turkiston frontining qo‗mondoni Frunze: «Bosmachilikka qarshi kurash tamoman yangi, ayrim
xususiyati bo‗lgan, o‗ziga xos dushman bilan kurash demakdir», deb yozgan edi. Turkiston
XKS raisi Q. Otaboev Turkiston MIQ 4 plenumida (1922 yil iyul) quyidagi haqiqatni oshkora
ta'kidlashdan cho‗chimadi: «...dastlabki davrlarda bosmachilik ruhida bo‗lgan bu harakat
endilikda siyosiy mazmun kasb etdi. Shuni ta'kidlash lozimki, 1919-1920 yillarga kelib
Farg‗onada qaroqchilik, bosmachilik emas, balki o‗ziga xos xalq qo‗zg‗oloni vujudga keldi.
Biz to‗rt yil davomida bu harakatga hatto to‗g‗ri baho berishni ham bilmadik, u xalq
qo‗zg‗oloni bo‗lgani holda bosmachilik deb atadik». Asosiy harakatlanuvchi kuch dehqonlar,
chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar edi. Turkiston respublikasi rahbarlaridan Turor
Risqulovning e'tiroficha, harakatga «asosan dehqonlar va hunarmandlar kelib qo‗shilardi».
Ularning milliy tarkibi asosan tub joy aholisi - o‗zbek, tojik, qirg‗iz, qozoq, turkman,
qoraqalpoq va uyg‗urlardan iborat edi. Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni tashkiliy
jihatdan uyushtirishda Farg‗ona vodiysi, Buxoro va Xorazmdagi guruh rahbarlarining mazkur
davrda bo‗lib o‗tgan o‗ttizdan ortiq qurultoylarining ahamiyati katta bo‗lgan. Ularda rahbarlar
saylangan, yagona qo‗mondonlik ostiga birlashtirilgan. Ammo bunga doim ham amal qilinmas
edi. Turkiston ziyolilari va taraqqiyparvarlari - namanganlik Nosirxon to‗ra, Said Kamolxon
To‗ra o‗g‗li, toshkentlik muftiy Sadriddinxon Maxsum Sharifxo‗ja qozi o‗g‗li, Turkiston MIQ
raisining sobiq o‗rinbosari To‗raqul Jonuzoqov, asli boshqirdistonlik Ahmad Zaki Validiy va
boshqalar bu harakatni qo‗llab-quvvatladilar.
Farg‗ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919 yil yozining oxiri va kuzida o‗zining eng
yuqori cho‗qqisiga chiqdi. Madaminbek boshchiligidagi qo‗shinlar safiga Jalolobodda turgan
rus dehqonlar armiyasining qo‗shilishi vodiyda sovet hokimiyatini ag‗darish uchun real kuch
edi. Sentyabr oyining dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod va O‗sh
shaharlarini egallashdi. Ular 13 sentyabrda Eski Marg‗ilon shahrini qizil bosqinchilardan ozod
qildilar. Shu bilan birga vodiydagi eng yirik strategik shahar - Andijonni qamal qilishga
kirishdilar.
Madaminbek boshchiligidagi qo‗shinning hujumi Farg‗ona vodiysini larzaga keltirdi.
1919 yil 22 oktyabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo‗lgan anjumanda Madaminbek
boshchiligidagi Farg‗ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 yerli
aholi va 8 rus vakili kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig‗i bo‗lish bilan birga, Oliy Bosh
qo‗mondon ham etib tayinlandi. 1919 yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo‗l ostida 30000
ga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar. Madaminbek siymosida
sarkardalik, davlat va siyosat arbobiga xos sifatlar uyg‗unlashgan edi. U vodiydagi sovet
hokimiyati organlariga muqobil ravishda o‗z siyosiy boshqaruv usulini joriy qildi. «U bizning
rahbarlik faoliyatimizda yo‗l qo‗yilgan xato va kamchiliklarimizdan ustalik bilan foydalanardi.
Uning «boshqaruv apparati», o‗zining «tribunali», o‗zining «genshtabi» bo‗lgan; u qonunlar
chiqargan», deb e'tirof etadi Madaminbekka qarshi kurashgan dushmanlardan biri - qizil
komissar Gramatovich.
Tarixchi Ra'no Rajabovaning yozishicha, qizil armiya qo‗mondonligi, bolsheviklar bu
kurashda jiddiy yutuqlarni qo‗lga kirita olmaganliklari oqibatida Farg‗ona vodiysining tinch
aholisidan vahshiylarcha o‗ch ola boshladi. Chunonchi, 1918 yilda qizil askarlar va dashnoqlar
25
Chustda 1500 kishini qatl qildilar. 1918 yil oxiri – 1919 yil boshida bu kuchlar Bozorqo‗rg‗on,
Qo‗qon-qishloq, So‗zoq qishloqlariga bosqinchilik hujumlari uyushtirib, dehqonlarni qirg‗in
qildilar, mol-mulklarini taladilar, qishloqlarga o‗t qo‗ydilar. 1919 yil bahorida rus dehqonlari
sovet hokimiyati siyosati, tinch aholining qirg‗in qilinishidan norozi bo‗lib, krestyanlarning
Monstrov qo‗mondonligi ostidagi armiyasi Madaminbek lashkarlari bilan qo‗shildi. Qizil
armiyaga qarshi janglar olib bordi. Farg‗ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo‗shimcha
kuchlarning tashlanishi natijasida 1920 yil yanvar oyining o‗rtalariga kelib jangovar tashabbus
qizil armiya qo‗liga o‗tdi. Katta Ergash qo‗rboshining qo‗shini mag‗lubiyatga uchragach (u
1921 yil dekabrda Xonoboddagi qarorgohida qizil askarlar bilan bo‗lgan jangda o‗ldirildi),
Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekindi. Madaminbek vaqtdan
yutish uchun Farg‗ona fronti qo‗shinlari qo‗mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni
taklif qildi.
Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o‗qchi diviziyasining boshlig‗i VeryovkinRoxalskiy o‗rtasida 1920 yil 6 martda Farg‗ona shahrida yarash bitimi imzolandi. Shuni aytish
kerakki, ko‗pincha guruh boshliqlari o‗zaro kelisholmasdi, ular orasida jipslik, hamjihatlik yo‗q
edi. Shuning uchun ham bu harakat mag‗lubiyatga uchradi. Bir-birini qo‗llab-quvvatlash
o‗rniga qo‗rboshilar raqobatchilik psixologiyasidan chiqa olmadilar. Shu sababga ko‗ra,
Madaminbek qon to‗kishni to‗xtatish maqsadida sovet qo‗mondonligi tomonidan muzokaralar
olib borish uchun qo‗rboshilar bilan uchrashganda Xolxo‗ja eshon buyrug‗i bilan 1920 yil 14
mayda Qorovul qishlog‗i atrofida u (Madaminbek) xiyonatkorona o‗ldirildi. Madaminbek
o‗rtadan ko‗tarilgach, ertasigayoq bolsheviklar qurolli harakatlarni kengaytirdilar. Ammo
Turkiston xalqlarining sovetlarga qarshi janglari 1920 yilda va undan keyin ham davom etdi.
Farg‗ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi kurashlar bilan bir qatorda, endilikda Buxoro va
Xorazmda ham bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi. Turkistondagi harakat 1920
yilning yozi va kuzida o‗zining yangi bosqichiga kirdi. Kurash yana ham shafqatsiz va
murosasiz tus oldi. Turkiston MIQ raisi Inomjon Xidiralievning keyinchalik yozishicha, «1920
yil sentyabrda bosmachilarning soni 70000 kishiga yetdi va kuchli vahima uyg‗otdi...».
Turkistondagi sovet hokimiyatiga qarshi harakatning 1921-1922 yillarda qaytadan
ko‗tarilishi va avj olishiga sovet hokimiyati tomonidan yuritilgan o‗ziga xos mustamlakachilik
siyosati, tinch aholining ommaviy ravishda qirg‗in qilinishi jiddiy sabab bo‗ldi. 1921 yil 13
sentyabrda Farg‗ona vodiysida favqulodda holat e'lon qilindi. 1921 yil noyabrda Farg‗ona
viloyatida harbiy diktatura o‗rnatildi va Turkfront harbiy inqilobiy kengashi a'zosi P.Baranov
Farg‗ona viloyatining harbiy boshlig‗i qilib tayinlandi. Turkkomissiya, keyinchalik Turkbyuro
qizil qo‗shinlar harakatini boshqarib, Markazga hisobot berib turdilar. Markaz esa harakat
boshliqlariga nisbatan shafqatsiz jazo choralari qo‗llash lozimligini qat'iy talab qildi.
Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston muvaqqat hukumati 1922 yil oxirida tarqalib
ketdi. Uning o‗zi qator janglardan keyin 1922 yil dekabr oyining so‗nggi kunlarida Buxoro
respublikasi hududiga, 1923 yil bahorida esa Afg‗oniston davlatiga o‗tib ketdi. Farg‗ona
vodiysida 1923-1924 yillarda kurashchilarning kichik-kichik guruhlari jang harakatlarini olib
bordilar. Farg‗onada ularning soni 1923 yilda 350-400 atrofida edi. Lekin ular kurashning
mazkur bosqichida turli sabab va mahalliy shart-sharoitlar natijasida doim ham bir-birlari bilan
kelishib ish ko‗rmadilar.
Bu harakat sovet totalitar tuzumi, o‗zbek xalqiga va butun Turkiston xalqlariga
o‗tkazgan zulmi, istibdodiga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham biz uni milliy-ozodlik
harakati deb baholaymiz. Lekin uning rahbarlari hammasi ham progressiv fikr yurituvchi
26
bo‗lgan, deyish mumkin emas. Ayrimlari (masalan, Madaminbek) dunyoviy taraqqiyotga
intilgan davlat qurmoqchi bo‗lsa, boshqalari (masalan, Ibrohimbek) Buxoroga amir
hokimiyatini qaytarish tarafdori edi. Ularning ayrimlari dunyoqarashlari tor, bir-biridan ustun
bo‗lishni xohlar edilar. Shuning uchun ham ular orasida jipslik, hamjihatlik yo‗q edi. Shu bilan
birga sovet hokimiyati zo‗ravonlik usuli bilan xalqni o‗ziga og‗dirolmaganligini tushunib,
ayrim islohotlarga yo‗l ochib berdi. Masalan, yangi iqtisodiy siyosatning (YaIS) kiritilishi,
vaqflarning qaytarilishi, eski maktablarning qaytadan ochilishi urushlardan charchagan xalqni
chalg‗itdi. Ammo bu islohotlar vaqtincha nayranglar bo‗lganligi qurolli harakat tugatilishidan
keyin ayon bo‗ldi va ular yo‗qqa chiqarildi. Ammo shubhasiz, sovet hokimiyatiga qarshi
qurolli harakatni xalq qo‗llab-quvvatladi va uning tarixi bolshevizm mafkurasining Turkiston
xalqlari turmush tarziga zidligini ko‗rsatib beradi. Xo‗jalikning vayronligi, qahatchilik,
jamiyatning barcha qatlamlari, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, guruhlar faoliyati, manfaatlari,
qarashlari, kayfiyatiga jiddiy ta'sir ko‗rsatdi.
Ular iqtisodiy inqirozdan chiqishni qat'iy talab qilish bilan birga, buning yo‗llari
to‗g‗risida ham mushohada qildilar. Turkistonda aholining ko‗pchiligini tashkil qilgan
dehqonlar razvyorstka asosida ortiqcha mahsulotni tortib olishni to‗xtatishni, majburiy
mehnatga jalb qilishni, savdo, mol ayirboshlashni tartibga solishni talab qildilar. Hunarmandkosiblar materiallar olish, tayyor mahsulotlarni sotish uchun sharoitlar bo‗lishi talabi bilan
chiqdilar. Ishchilar, idora xodimlari, ziyolilar xo‗jalikni oyoqqa turg‗izish asosida ishsizlikka,
qahatchilikka barham berish, hayot darajasini ko‗tarishga intildilar, madaniy-ma'rifiy
muammolarga diqqatni qaratdilar. Nihoyat, sobiq korxonalar egalari, tijorat ahli iqtisodiyotdagi
inqirozli ahvoldan qutulish uchun mulkdorlar faoliyati, moddiy manfaatdorlik tamoyillari, pultovar munosabatlarining tarixan hal qiluvchi rol o‗ynaganiga jamoatchilik diqqatini tortdilar.
Download 18.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling