393-sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi
Download 16.69 Kb.
|
Bakalavr haqida. 2
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi 393-sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi. Unga ko’ra, Oliy ta’lim muassasalari qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar. Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakllariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish tillari va shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. Abituriyentlarni ro’yxatga olish 2022-yil my.dtm.uz platformasi yoki my.gov.uz sayti orqali onlayn amalga oshirildi. Ro‘yxatga olish 2022-yil 20-iyundan 20-iyulga qadar amalga oshirilgan. Abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori va 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq quyidagi abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etilgan: − test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar; −nogironligi bo‘lgan shaxslar; − to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari); − “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari; − “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar; − imtiyoz asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan abituriyentlar. Qolgan abituriyentlar uchun test sinovi pullik sanaladi(2022-yil uchun 150000 so’m). Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan. Ushbu fanlar majmuasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://t.me/dtmuzb/4673. Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha: Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball beriladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha: 1-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. 2-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball beriladi. Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt beriladi. Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi. Test sinovining bunday shakli sirtqi, kechki va xorijdan ko’chirayotganlarga ham bir xil shaklda bo’ladi. Download 16.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling