O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR
MAHKAMASINING
QARORI
OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR
O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH
TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuniga
,
Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida belgilangan vazifalar hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga
qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va
o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror
qiladi:
1. Quyidagilar:
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga
qabul qilish tartibi
to‘g‘risida Nizom
1-ilovaga
muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom
2-ilovaga
muvofiq;
Oldingi
tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan
chetlashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom
3-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-
apreldagi 360-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y.,
09/19/360/3030-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-
apreldagi 360-sonli
qaroriga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-
y., 09/19/360/3030-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul
qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi
nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 18-iyundagi 118-son
qarori
(“O‘zbekiston
Respublikasi
QHT”, 2010-yil, 24-25-son, 195-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni
ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil
departamentiga
yuklansin.