3Astronomiya bilan bogʻliq sahifalar


Download 19.67 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi19.67 Kb.
#1106056
Bog'liq
Astronomiya


Astronomiya (ostro… va yunoncha nomos– qonun) – Koinot jismlari va ularning sistemalari paydo boʻlishini, taraqqiyoti va tuzilishini, koʻrinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, Koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Astronomiya yulduzlar, sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini, sayyoralararo va yulduzlararo mayda jismlar (asteroidlar, kometalar, meteor jismlar va hokazo)ni, gaz va chang tuman liklarini, ulardagi fizikaviy muhitni, sunʼiy kosmik jismlarni (vaziyatlari, harakatlari, orbitalarini) oʻrganadi, shuningdek osmon jismlarini kuzatish natijalarini insonning moddiy hayotiy talablariga qoʻllash usullarini ishlab chiqadi. Jumladan, vaqtni aniqlash, joyning koordinatalarini topish, sayyoralarning harakatini, sunʼiy yoʻldoshlarni kuzatish asosida tekshirish va uning asosida zilzilalar qonuniyatlarini oʻrganish, kosmik apparatlarni Koinot jismlariga nisbatan oriyentirlash va boshqa qator ishlar shular jumlasiga kiradi.

Mundarija

  • 1Boʻlimlari

  • 2Tarixi

  • 3Astronomiya bilan bogʻliq sahifalar

  • 4Manbalar

Boʻlimlari[tahrir]
Astronomiya hozir tadqiq sohasi va usuliga koʻra 7 boʻlimga ajratiladi: astrometriya, astrofizika, radioastronomiya, osmon mexanikasi, yulduzlar astronomiyasi, kosmogoniya va kosmologiya. Bularning har biri oʻz navbatida bir qancha sohalarni oʻz ichiga oladi.
Download 19.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling