3d internet texnologiyasi reja


Usenet telekonferensiyalari


Download 22.1 Kb.
bet5/6
Sana10.03.2023
Hajmi22.1 Kb.
#1256944
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3D INTERNET TEXNOLOGIYASI

5. Usenet telekonferensiyalari
Butun dunyodagi millionlab kishilar suhbatlashish, maslaxatlashish hamda bahslashishni xohlaydilar. Internetda bunday joy bor. Bu shunday joyki, u erda odamlar gʻoyalar va fikrlar almashadilar, jamoa e’lonlarini osib qoʻyadilar yoki yordam qidiradilar. Internetda ular Usenet konferensiyalari yoki shunchaki, konferensiyalar deyiladi. Microsoft Netvorkda ular BBS (Bulletin Board System - e’lonlar taxtasi) deyiladi. Lekin konferensiyalar forumlarga, BBS va e’lonlar taxtalariga nisbatan murakkabroq tuzilgan. Texnik ma’noda emas, madaniy ma’noda.
Konferensiyalar rasmiy qoidalarga ega emas, maxsus kishilar nazorat qilishligi uchun. Ular norasmiy qoidalarga boʻysunadi, konferensiya qatnashchilarining oʻzi tomonidan qoʻllabquvvatlanadi. Bundan tashqari, konferensiyalarda butun dunyoning har xil madaniyatli vakillari uchrashishadi. Bu Siz va bizga oʻxshagan, dunyoning millionlab kishilari muloqot qilish usullaridan biridir.
Shunday qilib, Usenet foydalanuvchilarga turli mavzularga xos hammabop xabarlar bilan almashish imkoniyatini beruvchi, kompyuterlar majmuidir. Bunday xabarlar shaxsiy almashuvga emas, ochiq muhokama uchun moʻljallangan.
Telekonferensiyalarning asosiy rubrikalari.

Nomi

Mavzuviy sohasi

Comp

Kompyuterlar bilan bogʻliq barcha mavzular

Misc

Hech qaysi guruhga mansub boʻlmagan mavzular

News

Usenet bilan bogʻliq axborotlar va yangiliklar

Rec

Boʻsh vaqt va qiziqish

Sci

Ilmiy izlanishlar sohasidagi turli xil mavzular (yuqori bilim darajasi)

Soc

Cotsial mavzu

Talk

Turli xil mavzular boʻyicha tortishuvlar

Bu telekonferensiyalar butun dunyodagi foydalanuvchilar uchun ochiq. Lekin shuni e’tiborga olmoq kerakki, lokal tarmoqlarning hammasi ham bu guruhlarning hammasiga kirishni ta’minlayvermaydi. Kelishmovchiliklarni oldini olish uchun u yoki bu xizmat koʻrsatuvchi qanday telekonferensiyalar bilan aloqani tavsiya qilayotganligini oldindan aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Download 22.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling