3D modellashtirish


Download 1.33 Mb.
bet1/3
Sana27.03.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1300579
  1   2   3
Bog'liq
12-mavzu3D modelni xosil qilish instrumentlar paneli


Mavzu: 3D modelni xosil qilish instrumentlar paneli
Reja:
  1. 3D modellashtirish

  2. “Uzaytirilgan blok” vositasi - «Вытянутая бобышка»

Eskiz yaratilgandan va to'liq aniqlangandan so'ng, uni 3D holatiga o'tkazish mumkin. Elementlarni modellashtirishning barcha vositalari Elementlar panelida mavjud.


E'tibor bering, ushbu panelda aksariyat vositalar avval faol emas. Ushbu vositalar asosiy element yaratilgandan so'ng faollashadi.
SOLIDWORKS-da quyidagi vositalardan foydalanib asosiy model elementini yaratish mumkin:

  • Uzaytirilgan blok/asos («Вытянутая бобышка»);

  • Aylantirilgan blok/asos;

  • Blok/trayektoriya bo'ylab;

  • Blok/bo’limlar ustida;

  • Blok/chegaralar bo’yicha.

Ushbu vositalar asosiy elementlarni modellashtirish uchun yaratilgan.
Lekin, barcha asosiy vositalar, jumladan Blok / trayektoriya bo'ylab, Blok / bo’limlar ustida, Blok / chegaralar va boshqa vositalar faol emas. Bu vositalar faqat ular
tomonidan talab qilinadigan tegishli profillarni yoki eskizlarni yaratgandan so'ng faollashadi.

“Uzaytirilgan blok” vositasi - «Вытянутая бобышка»


Quyida “Uzaytirilgan blok/asos” (cho'zilgan) vositasi yordamida asosiy elementni qanday yaratish o’rganiladi.
Dastlab yangi bo’lim yaratiladi.

Uzaytirilgan blok” (Вытянутая бобышка) - buyrug'ini ishlatish uchun avval ushbu buyruqni tanlash kerak, so'ngra tekislik tanlanadi yoki avval eskizni chizib olib va keyin Uzaytirilgan blokni tanlanadi.


2D eskizini yaratish uchun Спереди/Front tekisligini tanlanadi. Eskiz paneliga o'tib, O'rta nuqta bo'ylab tekis uya/Прямая прорезь через центральную точку buyrug’ini tanlang.



Markaziy nuqtani tanlang, gorizontal, vertikal ravishda chizilishi tasdiqlanadi. O'lchamlar qo'l bilan qo'yiladi. Gorizontal ravishda o'lchamni 200 ga, vertikal ravishda 100 ga tenglashtiriladi.


Eskiz to'liq aniqlanadi. Eskiz to'ldirishi va keyin elementlar tanlanishi mumkin


Agar biron bir eskiz tanlanmasa, “Uzaytirilgan blok” (Вытянутая бобышка) ushbu eskiz uchun tekislik yoki mavjud eskizni talab qiladi. Ya'ni, tekislikni tanlash kerak, keyin eskizni qurish kerak.
Eskizni uzaytirish yoki mavjud eskizni tanlash kerak bo'ladi.
Mavjud eskiz tanlanadi. Ushbu eskizda bitta yopiq kontur mavjudligi sababli, dastur avtomatik ravishda ushbu aniq ob’yektni cho'zilishini ta’minlaydi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling