3D-printerlar: Kecha tasavvurga sig‘magan narsalar bugun haqiqatga aylanmoqda


Download 167.5 Kb.
bet1/3
Sana18.07.2023
Hajmi167.5 Kb.
#1660940
  1   2   3
Bog'liq
printerlar


3D-printerlar: Kecha tasavvurga sig‘magan narsalar bugun haqiqatga aylanmoqda

Foto: all3dp.com
So‘nggi yillarda fan-texnika jadal rivojlanib, shunday ixtirolar, innovatsion ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar yaratildiki, ular hayotimizdan chuqur o‘rin olib, yashash sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Binobarin, avvallari xayolimizga ham kelmagan narsalar bugun haqiqatga aylanib, jamiyatimizning barcha jabhasida rivojlanishga yo‘l ochmoqda.
Uzoqqa borishning hojati yo‘q. 1961 yili 12 aprel kuni Yuriy Gagarin fazoga uchgan edi. Bu insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan voqea bo‘lgandi o‘shanda. Bugun esa xalqaro kosmik kemada fazogirlar jamoasi navbatma-navbat koinotga safar uyushtirishi oddiy holga aylanib ulgurdi. To‘g‘ri, ularning ismini hamma ham yoddan aytib bera olmasligi mumkin, biroq, eng asosiysi, fazoni o‘zlashtirishda yangidan-yangi yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Sir emas, hozir hayotimizni muntazam ravishda takomillashtirib borilayotgan kompyuter va internetsiz tasavvur etish mushkul. Yaqin-yaqingacha odamlar ishxonada zamonaviy kompyuterlarda ishlashni orzu qilgan bo‘lsa, bugun nafaqat ofislarda, ayni paytda noutbuklar, netbuklar, planshetlar va “gadjyet”lar, deb ataladigan boshqa qurilmalar har bir xonadondan o‘rin oldi.
Hozirgi davr odamlari kompyuterlaru noutbuklarga, smartfonlarga bog‘lanib qolgan. Chunki ushbu qurilmalar shunchaki muloqot vositasi emas, balki ko‘p qirrali vazifalarni bajarmoqda. Ular orqali qo‘ng‘iroq qilish, xabar yoki rasm yuborish/qabul qilish, onlayn xaridni amalga oshirish, yangiliklar bilan tanishish, kerakli ma'lumotlarni olish, foto yoki video olish, tomosha qilish, musiqa eshitish, turli o‘yinlarni o‘ynash mumkin.
Bugungi kunda dunyoda shunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng tatbiq etilmagan bo‘lsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari odamlar turmushining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Ana shunday kashfiyotlardan biri shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida bot-bot tilga olinayotgan 3D-printerlardir.

Download 167.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling