3D-printerlar: Kecha tasavvurga sig‘magan narsalar bugun haqiqatga aylanmoqda


Download 167.5 Kb.
bet3/3
Sana18.07.2023
Hajmi167.5 Kb.
#1660940
1   2   3
Bog'liq
printerlar

Foto: thewallmagazine.ru
Yoki odamdek yuradigan robotni olaylik. “Servo” motoridan foydalanilgani tufayli u bemalol harakatlanib, yo‘ldagi to‘siqlarni aniqlaydi va ularni hatlab o‘ta oladi. Qolaversa, bu robot hatto to‘p o‘ynashi ham mumkin. Qurilma dasturlashtirilgan topshiriq hamda harakatlarni bajaradi, odam kirishi qiyin bo‘lgan yoki aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajarishda qatnashish xususiyatiga ega. Kimyo sanoati korxonalarida yoxud favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda ham uning xizmatidan foydalanish mumkin.
— Talabalar, universitet xodimlari hozircha ikkita 3D-printerdan faol foydalanishmoqda, — deydi Jonibek. — Hamkasblarimiz ushbu sohaga shu darajada sho‘ng‘ib ketishganki, har kuni turli innovatsion ishlanmalar ustida bosh qotirishadi, mazkur qurilmaning imkoniyatlarini turli sharoitlarda sinab ko‘rishmoqda. Biz 3D-printerlardan modellashtirish uchun foydalanamiz. Bunday qurilmalar bir qator oliy ta'lim muassasalaridagina ishlatiladi, xolos. Vaholanki, dunyoning turli mamlakatlarida ulardan keng foydalanilayapti. Biz hozircha tibbiyot sohasida, aniqroq aytadigan bo‘lsak, zamonaviy protezlar tayyorlashda 3D-printerlardan foydalanishga ko‘proq urg‘u berayapmiz. Kelajakda istiqbolli yo‘nalishlarda ham ushbu qurilmani jadal qo‘llash choralarini ko‘ramiz.
Haqiqatan ham, respublikamizda 3D-printerlar ayrim oliy ta'lim muassasalaridagina mavjud bo‘lib, ular tor doirada ishlatilayapti. Ammo mutaxassislarning fikricha, 3D-modellashtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlash haqida bugundan bosh qotirish lozim. Zero, ushbu sohada dunyo miqyosida talab tobora o‘sib borayapti. Tabiiyki, yaqin istiqbolda yurtimizda ham unga ehtiyoj yuksaladi. Binobarin, innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalarni yaratish hamda hayotimizning barcha jabhasiga joriy qilish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ham bejiz emas.
Download 167.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling